Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Qо‘shilgan qiymat solig‘i bо‘yicha imtiyozlar



Download 5,22 Mb.
bet99/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

3.Qо‘shilgan qiymat solig‘i bо‘yicha imtiyozlar
Qо‘shilgan qiymat solig‘idan quyidagi realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi:
1) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda davlat organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan kо‘rsatiladigan, davlat boji, patent boji, yig‘im yoki boshqa tо‘lovlar undiriladigan xizmatlar;
2) maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;
3) bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
4) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar о‘tkazishga doir xizmatlari;
5) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mо‘ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek nogironlarga kо‘rsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun mо‘ljallangan inventarlarni ta’mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar bо‘yicha xizmatlar;
6) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan mahsulotlari;
7) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar;
8) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar tо‘lash bо‘yicha xizmatlari;
9) byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari. Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining byudjetdan mablag‘lar ajratish tо‘g‘risidagi xulosasi asosdir;
10) shahar yо‘lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yо‘nalishli taksidan tashqari), shuningdek temir yо‘l va umumiy foydalanishdagi avtomobilь transportida (taksidan, shu jumladan yо‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yо‘nalishlarda yо‘lovchilar tashish xizmatlari.
Shahar yо‘lovchilar transportining xizmatlari jumlasiga yо‘lovchilar tashish bо‘yicha avtomobilь va elektr transporti bilan shahar doirasida muayyan yо‘nalishlar bо‘yicha qatnov jadvaliga binoan kо‘rsatiladigan xizmatlar kiradi. Ushbu qoidalar yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga kо‘ra shahar yо‘lovchilar tashish transportida xodimlarni ishdan va (yoki) ishga tashish bо‘yicha xizmatlarga, tadbirlar о‘tkazish uchun tashish bо‘yicha xizmatlarga, shu jumladan shahar tashqarisiga tashishga ham tatbiq etiladi;
11) oliy, о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar о‘quv yurtlarida, shuningdek kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ta’lim berishning haq evaziga о‘qitishga doir qismi bо‘yicha xizmatlar;
13) tibbiy xizmatlar (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) va veterinariya xizmatlari, dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mо‘ljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar. Ushbu qoidalarni qо‘llash maqsadlarida:
- tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmati kо‘rsatish, diagnostika, profilaktika va davolash xizmatlari, gomeopatik, stomatologik xizmatlar, tish protezlari tayyorlash bо‘limlari va kabinetlari, narkologiya ambulatoriyalari, haydovchilarni tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish komissiyalari, dezinfeksiya stansiyalari, sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash yо‘nalishidagi laboratoriyalar hamda bо‘linmalar, boshqa tibbiy hamda tibbiy-sanitariya yо‘nalishidagi muassasalar tomonidan kо‘rsatiladigan xizmatlar kiradi;
- veterinariya xizmatlari jumlasiga hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, hayvonlar kasalliklari paydo bо‘lishining, tarqalishining oldini olish hamda bu kasalliklarni tugatish, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy bо‘lgan kasalliklardan muhofaza qilish, О‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilish, hayvonlarga veterinariya xizmati kо‘rsatilishini amalga oshirish, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi hududida veterinar osoyishtalikni, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlash kiradi;
14) havo kemalariga xizmat kо‘rsatish yuzasidan bevosita О‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va О‘zbekiston Respublikasining havo bо‘shlig‘ida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati;
15) sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish