Yu
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar – qo’shilgan qiymat solig’i, korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq, aktsizlar, yo’l fondini shakllantirish uchun manba sifatida foydalaniladigan soliqlar, korxona mol-mulki solig’i, yer uchun to’lovlar, reklama solig’i, birjada amalga oshirilgan bitimlardan olinadigan yig’im, mahalliy auktsion va lotereyalarni o’tkazish huquqi uchun litsenziya yig’im, boshqa soliq, yig’im va majburiy to’lovlardan iborat.
Ya
Yashirin soliq - iste’molchi tomonidan bevosita to’lanmaydigan, lekin unga mo’ljallangan mahsulotning bahosi tarkibiga uni ogohlantirmasdan, unga xabar bermasdan, unga bildirmasdan kiritilgan soliq. Masalan, bojlar.
O’
O’zaro sug’urta jamiyati – notijoriy tipdagi sug’urta tashkiloti, o’zlarining mulkiy manfaatlarini sug’urta himoyasi uchun badal asosida vujudga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy birlashmasi sifatida amal qiladi (faoliyat ko’rsatadi).
Q
Qayta sug’urtalash – balanslashtirilgan (muvozanat-lashtirilgan) sug’urta portfelini yaratish maqsadida sug’urta ob’ekti bo’yicha sug’urtalovchi majburiyatlarining bir qismini boshqa sug’urtalovchiga berish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar tizimi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining byudjeti – Davlat byudjetining Qoraqalpog’iston Respublikasi pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, byudjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Qimmatli qog’ozlar – o’zining egasiga divident va foiz ko’rinishida daromad olish huquqini beruvchi mulk tituli. Ularning tarkibiga aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqalar kiradi.
Qo’shilgan qiymat – sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulotlar, ishlar va xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning qiymati o’rtasidagi farq.
Qo’shilgan qiymat solig’i - ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qo’shilgan qiymat bir qismining byudjetga olish shakli. Egri (bilvosita) soliqlarning tarkibiga kiradi. Mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya va import qilish oboroti qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan ob’ekt hisoblanadi. Realizatsiya bo’yicha soliq solinadigan oborot realizatsiya qilinadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, qo’llaniladigan narxlar va tariflarni inobatga olgan holda, aktsiz solig’ini hisobga olib ularga qo’shilgan qiymat solig’ini kiritmasdan belgilanadi. Bu soliqni to’lovchilar qatoriga mulkchilik shakli va kimga tegishli ekanligidan qat’iy nazar ishlab chiqarish va tijoriy faoliyat bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar (xorijiy investitsiyali korxonalar ham) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |