Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 4,93 Mb.
bet79/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

P = D/(k-g), (7)
Bunda:
P aksiyaning bozor narxi;
k — daromadlar bo‘yicha joriy bozor foizi;
g — dividend to‘lovlarining yillik doimiy o‘sishi.
Bunda k koeffitsientining kapital qiymatini tavsiflaydigan ko‘rsatkich, ya’ni korxona mavjud bo‘lgan butun davr davomida jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish uchun to‘lanadigan foiz sifatida ifodalash mumkin:
k = D/P+g, (8)
Bunda:
g — ko‘rsatkich noma’lum bo‘lib qolaveradi, chunki hozirgi paytda biron-bir korxona yaqin kelajakda doimiy o‘sishni kafolatlashi amrimahol, shu sababli «bir vaqtdalik», to‘lovlarning o‘ziga xosligini hisobga olib, soddalashtirilgan ifodani, ya’ni V/R nisbatini taklif etish mumkin. Gordon formulasining kamchiligi shundaki, unga muvofiq aksiyalar narxi dividendlarning o‘sishida chiziqli ravishda o‘sadi. Biroq bu doim ham shunday emas, chunki taqsimlanmagan foydaning kamayishi korxona istiqbolda qarzga mablag‘lar olishga majbur bo‘lishidan darak beradi.
Aksiya narxini aniqlash uchun asos sifatida boshqa formulani ham tanlash mumkin. Gap shundaki, hissadorlik jamiyati rivojlanishining turli bosqichlarida uning daromadlari turlicha bo‘ladi. Xususan, jadal rivojlanish davrida daromadlar favqulodda tez o‘sishi mumkin. SHunda supernormal o‘sishli dividendlar paydo bo‘ladi. Keyinchalik korxona normal rivojlanish bosqichiga o‘tadi va o‘sish normallashadi. Super­normal o‘sishli dividendlar zamonaviy hissadorlik jamiyatlari uchun xos emas deb hisoblaymiz, shu sababli ularga asosiy e’tiborni qaratmaymiz.
Agar g hajmini hisobga olish zarurati vujudga keladigan bo‘lsa, eng yaxshisi ko‘rib chiqish amalga oshiriladigan vaqt oralig‘ini o‘sish ko‘rsatkichini o‘zgarmaydigan deb hisoblash mumkin bo‘lgan kichik vaqt oraliqlariga taqsimlash maqsadga muvofiq.
Imtiyozli aksiyalarning egalari asosan korxona xodimlari hisoblanishini e’tiborga olib, xulosa chiqarish mumkinki, bu holatdan maqsad mehnat jamoasini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. «Hissadorlik jamiyatlari to‘g‘risida»gi Qonun hissadorlik jamiyatini boshqarish imkoniyati nuqtayi nazaridan imtiyozli aksiyalar jalb etuvchanligini sezilarli oshiradi. SHu sababli bu turdagi aksiyalarning katta paketlari tashqi yirik investorlarning mulkiga o‘tib ketadi.
Hissadorlik kapitali narxini hisob-kitob qilishning keltirilgan usuli faqat daromad olish bilan bog‘liq bir tomonnigina hisobga oladi. Muhim siyosiy qarorlar qabul qilishga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bu erda e’tiborga olinmaydi, chunki bu kapitalga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarning o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Hissadorlik kapitalining arzonligi ko‘plab korxonalar rahbarlarini aynan uni oshirish yo‘li bilan jamiyatning rivojlanishini moliyalashtirish maqsadga muvofiq degan fikrga olib keladi. Biroq bu umuman noto‘g‘ri. Turli hissadorlik jamiyatlari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni yangi chiqarish va joylashtirish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, emissiyaning muvaffaqiyatli bo‘lib chiqishi uchun juda ko‘p kuch va jiddiy mablag‘­lar sarflash kerak. Bunda olinadigan samara doim ham kutilganday bo‘lib chiqavermaydi.
«Hissadorlik jamiyatlari to‘g‘isida»gi Qonunda kumulyativ imtiyozli aksiyalar kabi qimmatli qog‘ozlar turlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi. Ular shunisi bilan xarakterliki, ular bo‘yicha dividendlar belgilangan muddat davomida jamg‘ariladi va shundan keyingina to‘lanadi. SHu sababli bu erda narxni hisob-kitob qilish uchun dividendlar hajmi o‘rniga oddiy imtiyozli aksiyalardagi kabi keltirilgan davrga, faqat bozor foiz stavkasi orqali barcha to‘lovlar hajmidan foydalanish kerak.
Bir qarashda dividend to‘lovlaridan tashqari kapitalga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa hech qanday to‘lovlar yo‘qday ko‘rinadi. Biroq zarur hollarda hisob-kitoblarni birmuncha murakkablashtirish mumkin.
Masalan, xarajatlar tarkibiga emissiya prospektini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, reklama qilish va joylashtirish bo‘yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Agar emissiya uchun soliq to‘lash zarur bo‘lsa, bu ham kapitalga xizmat ko‘rsatishga kiradi. Ehtimol, ba’zida asosiy fondlarni qayta baholash natijalari bo‘yicha nizom kapitalini oshirish bo‘yicha o‘ziga xos holatlarni ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelar.
Bunday vaziyatda nizom kapitalining o‘zgarishi mulk solig‘ining o‘sishi bilan birga kuzatiladi, bu esa bilvosita mavjud xarajatlarga kiritilishi mumkin.
Professor S.V. Zagorodnikovning fikricha, rivojlangan fond bozorlarida hissadorlik kapitali narxining o‘zgarishi korxona farovonligining sezgir bir ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Bunda qoidaga ko‘ra, oddiy Gordon formulasiga qaraganda murakkabroq bog‘liqlikda bo‘lsada, aksiyalarning bozor narxida o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Investor uchun aksiyalarga egalik qilish bilan bog‘liq risk darajasi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, imtiyozli kapital oddiy kapitalga nisbatan kamroq risk bilan tavsiflanadi. Uni uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarning turlaridan biri sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ehtimol, shu sababdan imtiyozli aksiyalar likvidligi oddiy aksiyalarga nisbatan birmuncha pastdir.
Bu masala bo‘yicha ayrim ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan. Bu erda real raqamlar arizadagi raqamlardan biroz farq qiladi, biroq mavjud tendensiyani etarli darajada haqqoniy aks ettiradi.
Imtiyozli kapital uchun xos bo‘lgan yana bir jihat uning spekulyativ jalb etuvchanligining pastligi hisoblanadi. Biroq hisobot yili natijalari bo‘yicha dividendlar to‘lanmaganda bunday jalb etuvchanlik jiddiy ortadi. SHu tariqa aksiya o‘zining sifatlari bo‘yicha amalda oddiy aksiyalar bilan tenglashadi.
Kapitalning risk kabi tavsifidan foydalanadigan bo‘lsak, doimo uning qanday topilishini aniqlashtirib olish zarur. Hissadorlik jamiyatlari uchun imtiyozli kapital mavjudligi bilan bog‘liq risk obligatsiyalar uchun riskdan biroz pastroq. Hissadorlarning o‘ziga keladigan bo‘lsak, bu erda ahvol umuman boshqacha. Ular uchun imtiyozli aksiyalarga egalik qilish riski obligatsiyalarga nisbatan yuqoriroq.
Oddiy aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividendlarni ta’riflashda ko‘pincha ikki xil tarzda to‘langan dividendlar miqdorining sof foyda hajmiga nisbati sifatida yoki to‘langan dividendlar hajmining balans foydasi hajmiga nisbati sifatida aniqlash mumkin bo‘lgan foydani taqsimlash me’yori kabi ko‘rsatkichdan foydalaniladi.
Birinchi holatda me’yor noldan birgacha o‘zgarishi mumkin. Ikkinchi holat uchun belgilanganki, ushbu ko‘rsatkich uchun chegara korxonaning o‘z mablag‘lari rentabelligi qiymati hisoblanadi.
Jamiyatning qarz majburiyatlari narxi. Qarzga olingan mablag‘lar narxini aniqlashning muhimligi shu bilan belgilanadiki, aynan u korxonaning qimmatli qog‘ozlari bozor ko‘rsatkichlari bilan hech bo‘lmaganda nazariy jihatdan bog‘liq.
Olingan kreditdan foydalanayotgan korxona bankka yoki boshqa kredit muassasasiga foizlar to‘lashga majbur. Aynan shu sababli kapitalning mazkur tarkibiy qismi o‘zining malum bir narxiga egaligi haqida gapirish mumkin. Biroq bu narxni faqat to‘lanadigan foizlar hajmidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilib bo‘lmaydi. Bu erda quyidagilarni bilish zarur:

  • korxonaga kredit ajratgan sub’ektni;

  • kredit vositalarining maqsadli vazifalarini;

  • kreditdan real foydalanishni;

  • moliya sohasida davlat siyosatini;

  • kredit olingan valyuta turini.

SHartnomaga muvofiq korxona kredit tashkilotiga foizlar to‘lashi lozim. Uning uchun to‘lov muddatlari hajmi va o‘z vaqtidaligi muhim. Biroq korxonaning o‘zida to‘lov uchun mablag‘larni olish mumkin bo‘lgan .turii «manbalar» mavjud. SHunga qarab kapitalning qarzga olingan qismi narxi ham o‘zgaradi. Real foizlar faqat korxona foydasidan to‘lanishi yoki qisman cliiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilishi mumkin.
Kapitalning qarzga olingan qismi narxini shakllantirish zamonaviy qonunchifikning ko‘plab xususiyatlariga, soliq organlari faoliyatiga va korxonaning o‘ziga bog‘liq. Hozirgi paytda kredit bo‘yicha foizlarni mahsulot tannarxiga kiritish masalasini tartibga soladigan bir nechta me’yoriy hujjatlar amal qilmoqda. Foizlarning qaysi qismi tannarxga kiritilishiga jamiyatning foyda hajmi bog‘liq bo‘ladi. Demak, kreditga xizmat ko‘rsatish jarayoni taqsimlanmagan foyda hajmiga ham, hissadorlik kapitaliga xizmat ko‘rsatish hisoblangan dividend to‘lovlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Jamiyatning qarz majburiyatlari qatoriga u tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni ham kiritish lozim. Jamiyatning obligatsiya chiqaruviga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarini quyidagi turlarga taqsimlash mumkin:

  • emissiya tayyorlash bo‘yicha xarajatlar;

  • emissiyani joylashtirish bo‘yicha xarajatlar;

  • foiz to‘lovlari;

  • to‘lov va qaytarib berish jarayonlari o‘tkazish xarajatlari.

Obligatsiyalar narxini faqat foiz to‘lovlaridan kelib chiqib aniqlash uchun klassik formulani taklif etish mumkin. Agar obligatsiyalar belgilangan vaqt muddatida to‘lanadigan bo‘lsa, bunda ularning egalariga to‘lanadigan obligatsiyalar nominalini ham hisobga olish zarur.
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar soliqqa tortiladi, shuning uchun ularning narxi stavkaga qarab o‘zgarib turadi. Obligatsiyalarni joylashtirishda shuni hisobga olish kerakki, bu turdagi qimmatli qog‘ozlar nominaldan qimmatga ham sotilishi mumkin. Ba’zida hisob-kitob uchun quyidagi formula qo‘llanadi:



Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish