Investorning talabiga binoan unga qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z xizmatlarini taklif etayotgan investitsiya instituti quyidagi hujjatlar va axborotni taqdim etadi
Investorning talabiga binoan unga qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z xizmatlarini taklif etayotgan investitsiya instituti quyidagi hujjatlar va axborotni taqdim etadi:
qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning nusxasi;
investitsiya institutining yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
investitsiya institutining ustav kapitali, o‘z mablag‘larining miqdori va zaxira fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
undan investor sotib oladigan yoki investorning topshirig‘iga ko‘ra u sotib oladigan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va bu chiqarilishning ro‘yxatdan o‘tkazilish raqami;
undan investor sotib oladigan yoki investorning topshirig‘iga ko‘ra u sotib oladigan qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi prospektida bayon etilgan ma’lumotlar;
undan investor sotib oladigan, investorning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi yoki qimmatli qog‘ozlar sotilayotganda investor sotib oladigan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi hamda investor tomonidan axborot taqdim etish haqida talab qo‘yilgan sanadan oldingi olti hafta davomida qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan narxlarni belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
undan investor sotib oladigan, investorning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi yoki qimmatli qog‘ozlar sotilayotganda investor sotib oladigan, investor tomonidan axborot taqdim etish haqida talab qo‘yilgan sanadan oldingi olti hafta davomida u sotib olgan va sotgan qimmatli qog‘ozlarning narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoxud bunday operatsiyalar o‘tkazilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shartnomada qayd etilgan muddatlarda investorlarning manfaatlarini ko‘zlab, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan bitimlarning natijalari bo‘yicha hisobot;
investitsiya instituti yilning bir choragi davomida bir emitentning bir turdagi qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni hamda bir emitentning bir turdagi qimmatli qog‘ozlari bilan bir marotabalik operatsiyani amalga oshirgan hollarda, basharti bu operatsiya bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning soni mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida o‘n besh foizini tashkil etgan bo‘lsa, o‘zi qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Investitsiya instituti investorlarni ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni olishga haqli ekanliklaridan xabardor qilishi shart.
Investitsiya instituti ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni yozma shaklda investorga taqdim etganlik uchun undan nusxa ko‘chirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.