Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Korporativ obligatsiyalar



Download 4,93 Mb.
bet128/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Korporativ obligatsiyalar - ochiq aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilgan tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar.
Xazina majburiyatlari-ularning egalari byudjetga pul mablag‘lari berganliklarini tasdiqlovchi hamda bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida qayd etilgan daromadni olish huquqini beruvchi, taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar turidir.
Xazina majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:

  • uzoq muddatli-besh yil va undan ko‘proq muddatga mo‘ljallangan xazina majburiyatlari;

  • o‘rtacha muddatli-bir yildan besh yilgacha muddatga mo‘ljallangan xazina majburiyatlari;

  • qisqa muddatli-bir yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan xazina majburiyatlari.

Uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Qisqa muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarda daromadlarni hamda majburiyat qarzlarini to‘lash shartlari belgilab qo‘yiladi.
Veksel - veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Veksel beruvchining yohud vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lash yuzasidan qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz veksel hisoblanadi.
Veksellar oddiy va yuboriladigan veksellarga bo‘linadi.
Veksel beruvchining muayyan summadagi pulni veksel oluvchiga yohud uning buyrug‘iga binoan belgilangan muddatda yoki uning talabiga ko‘ra to‘lashdan iborat qat’iy majburiyatini o‘z ichiga olgan hujjat oddiy veksel hisoblanadi.
Veksel oluvchining muayyan summadagi pulni oluvchiga yohud uning buyrug‘iga binoan boshqa shaxsga belgilangan muddatda yoki uning talabiga ko‘ra to‘lash to‘g‘risidagi qat’iy buyrug‘idan iborat to‘lovchiga qaratilgan hujjat yuboriladigan veksel hisoblanadi. Bunda to‘lovchi veksel bo‘yicha belgilangan muddatda to‘lovlarni amalga oshirishga (akseptni bajarishga) roziligini yozma ravishda tasdiqlashi shart.
Veksellarni (xazina veksellaridan tashqari) chiqarish, ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari, ularni chiqarish va muomalada yuritish shartlarini Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilaydi. Xazina veksellarini chiqarish va muomalada yuritish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
Veksel oluvchining soliqlar bo‘yicha va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha byudjetdan qarzi mavjud bo‘lsa, u faqat pul mablag‘larini olish tarzida vekselning haqini to‘lashga kirishadi va byudjet bilan hisob-kitob qilib bo‘lgach, qolgan summani boshqa hisob-kitoblarga sarflashi mumkin.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish