Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Korporatsiyalarda moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilar va hisobot shakllari talablari



Download 4,93 Mb.
bet121/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Korporatsiyalarda moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilar va hisobot shakllari talablari

Tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishi va taraqqiyotini samarali tashkil etishda eng muhim tarkibiy qismlardan bo‘lmish moliyaviy axborot tuzish, taqdim etish va ulardan foydalanish alohida ahamiyatga ega.
Moliyaviy axborotlar korxona ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida va moliyaviy faoliyati natijalarini baholash, tahlil etish hamda moliyaviy boshqaruv tizimi boshqaruvi va investitsion faoliyat bo‘yicha qarorlarni ishlab chiqishda tuziladigan axborotlarni o‘z ichiga oladi. Kompaniya belgilangan maq­sadlariga erishishi davomida:

  • o‘tgan hisobot davridagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyat natijalarini, tahlil qilishlari va baholashlari;

  • ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun o‘zining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtirilgan ma’lumotlarni yig‘ib aks ettiruvchi bir tizimga keltirgan holda yig‘ib taqdim qilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘iga ko‘ra moliyaviy axborotlar shakllari tarkibi tasdiqlangan.
Bozor sharoitida korxonalar o‘z tasarrufidagi barcha resurslarni moliyaviy, moddiy va pul resurslari harakati hamda ulardan samarali foydalanish jarayonini boshqarishida moliyaviy axborotlar muhim o‘rin tutadi.
SHunday ekan, kichik tadbirkorlik sub’ektlari yillik moliyaviy axborotlari tarkibida «Pul oqimlari to‘g‘risida»gi hisobotni ham tuzishlari tavsiya etiladi. Unda korxonalarning pul mablag‘lari aylanishi va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatiladi.
Korxonalar moliyaviy ma’lumotlardan foydalangan holda o‘z moliyaviy faoliyatlariga aniq baho berishlari va bu ma’lumotlarni buxgalteriya axborotlarida aks ettirishlari muhim vazifalardan sanaladi. Korxona balansi uning ma’lum davrdagi mablag‘lari va bu mablag‘larning manbalari holatini ko‘rsatadi. Buxgalteriya balansi hisobot davri boshi va oxirida korxonaga tegishli bo‘lgan mulkning mavjudligi va harakatini aks ettiradi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlardan iborat. Aktiv qismida korxona mablag‘larining turlari va joylanishi, passiv qismida esa, bu mablag‘laming tashkii topish manbalari va tayinlanishi aks ettiriladi. Korxona aktivlari va passivlarining o‘zgarishi mablag‘lar hamda ularning tashkil topish manbalari oshishi yoki kamayishiga olib keladi.
Balansning aktiv qismi uzoq muddatli aktivlar va aylanma aktivlarni o‘z ichiga oladi.
Uzoq muddatli aktivlarga korxonaga tegishli asosiy vositalar, ya’ni, xizmat muddati bir yildan ortiq va bir donasi (komplekti)ning bahosi sotib olish sanasida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan aktivlar kiradi. Korxona rahbari tomonidan eng kam miqdor belgilanishi mumkin.
Nomoddiy aktivlarga korxonaga daromad keltiruvchi yoki uning ishlab chiqarishini yuritishga shart-sharoit yaratuvchi, moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan patent, mualliflik huquqi, savdo markalari, dasturiy ta’minot va boshqalar kiradi.
Korxonaning uzoq muddatli aktivlari bundan tashqari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, moliyaviy investitsiyalar, kapital qo‘ilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlarini ham o‘z ichiga oladi.
Joriy aktivlarga korxona mablag‘larining operatsion sikli yoki bir yil davomida to‘liq ishlatiladigan aktivlar kiritiladi. Balansning aktiv qismi joriy aktivlari korxona moliyaviy qarorlarini qabul qilishida umumlashtirilib quyidagicha tarkibda keltiriladi:

  • pul mablag‘lari;

  • qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar;

  • debitorlik qarzlar;

  • tovar-moddiy zaxiralari;

  • kelgusi davr xarajatlari.

Korxona aktivlari tarkibidagi pul mablag‘lari asosiy va yuqori likvidli mablag‘lar tarkibiga kiradi. Bunday mablag‘larga hisob-kitob, valyuta raqami, bankdagi maxsus schyotlar va kassadagi pul mablag‘lari kiradi. Ular korxonada birlamchi to‘lov vositasi hisoblanadi. Balansning passiv qismida korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari aks ettiriladi.
Bu qism mablag‘larning manbalari va majburiyatlar bo‘limlariga ajratiladi.
Balans passiv qismining o‘z mablag‘lari manbalari bo‘limiga ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar, kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun rezervlar kiradi.
Balans passiv qismining majburiyatlar bo‘limida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar, mol etkazib beruvchilarga qarzlar va boshqalar aks ettiriladi.
Korxona balansini o‘rganishda asosiy e’tibor yil boshida o‘tgan davrda mulk va mablag‘lar qanchalik o‘zgarganligi hamda aktivdagi har bir band passivdagi manbalarni qanchalik ta’minlanganligiga qaratiladi.
Balansning passiv qismi ham aynan aktivlar kabi mablag‘lar harakatiga ko‘ra, qarzlarni qaytarish muddatiga qarab, quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • qisqa muddatli passivlar;

  • uzoq muddatli passivlar;

  • doimiy passivlar.

Qisqa muddatli majburiyatlar — aylanma aktivlar hisobidan qoplanadigan qisqa muddatli yangi majburiyatlarning shakllanishi natijasida uziladigan majburiyatlardir. Qisqa muddatli majburiyatlar tarkibiga boshqa tashkilotlardan bir yilgacha bo‘lgan muddatga olingan kreditorlik qarzlari va bankning qisqa muddatli kreditlari kiradi.
Uzoq muddatli majburiyatlarda korxonaning bir yildan ortiq muddatga olingan kredit va kreditorlik qarzlari ifodalanadi.
Korxonada inqirozning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini hisoblashda mahsulotning bozordagi sotilish darajasi, korxona xarajatlarining iqtisodiy nochorlikka ta’siri va rentabellik ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Buni Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 2-sonli hisobot shaklini tushunmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot bo‘lib, uning asosiy maqsadi korxonaning pirovard natijasi – sof foydani aniqlash hisoblanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklidan korxonaning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan xarajat turlarini ajratish imkoniyati vujudga keladi. Xarajatlarni bu tartibda turkumlash iqtisodiy nochorlik yoki zarar ko‘rib ishlashning asl sababini aniqlashga va xarajatlarning samarali boshqaruvini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
Hisobotda korxona tomonidan muayyan davr mobaynida topilgan daromadlarning ham manbaalari aks etgan bo‘lib, sof foydaga erishishga asosiy faoliyat yoki boshqa faoliyat daromadlari qanchalik darajada ta’sir qilganligini ham tahlil qilish mumkin. Buning muhim jihati shundan iboratki, amaliyotda ba’zi korxonalar iqtisodiy nochor bo‘lgani holda sof foyda bilan yilni yakunlashlari mumkin. SHunda moliyaviy atijalar to‘g‘risidagi hislbtni chuqurrov tahlil qilish foydaning manbaini aniqlab beradi.
Mazkur shaklni tuzishda qatorlarning o‘zaro kombinatsiyalarini to‘g‘ri tushunib olish moliyaviy natijalarning mantig‘ini tushunish uchun xizmat qiladi.


  1. Download 4,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish