4. Umumiy bo‘lim. Bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘lim- larda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi. Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xil bo‘ladi. Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo‘lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodimlariga ko‘rsatmalar berish, yozma yo‘riq- nomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli hamma tarmoqlarni taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |