Mashg`ulot rejasi:
1. Oliy o`quv yurtlarida talabalarni o`qitishning o`ziga xos-hususiyatarini o`rganish.
2.Oliy o`quv yurtlarida o`quv jarayo`nini tashkil etish tartibini o`rganish
3. Oliy o`quv yurtlarida qo`laniladigan mehyo`riy hujjatlar va ularning mazmunini o`rganish
4. Mutaxassislikning malakaviy tavsifi.
5. Mutaxassis tayyo`rlashning o`quv rejasi va uning mazmunini o`rganish.
Uslubiy ko`rsatmalar
Oliy o`quv yurtlariga kirib o`qish har bir fuqaroning konstitutsion huquqi hisoblanadi. O`zbekiston Res’ublikasining 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Res’ublikasi konstituttsiyasining 41-moddasida shunday deyilgan: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Be’ul umumiy ta`lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir». Lekin, talaba oliy o`quv yurtiga kirgandan keyin yaxshi o`qish va oliy o`quv yurtining hammma talablariga javob berish uning birdan bir burchi hisoblanadi.
Oliy o`quv yurtlarida o`quv yili ikki semestrga bo`linadi va ularning har biri talabalar bilimini reyting nazorati asosida baholash bilan tugallanadi.
Oliy o`quv yurtlarida o`quv axborotlari talabalarga intensiv va zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar asosida yetkazib beriladi. O`quv rejasida ko`rsatilgan hamma fanlardan talabal mahruza, amaliy va laboratoriya darslariga qatnashishi zarur.
Oliy o`quv yurtlarida talabalar ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyo`tini ilg`or korxona va tashkilotlarda o`tadilar.
Oliy o`quv yurtlarida bilim olish va amaliy ko`nikmalarini shakllantirish talabalarning mustaqil ishlariga ham asoslanadi.
Kunduzgi o`quv shakli bo`yicha o`qitayo`tgan talabalarga quyidagi o`quv darslari belgilanadi: mahruza, laboratoriya darslari, amaliy darslar, seminar darslari, amaliyo`t (tanishuv, ishlab chiqarish, bitiruv oldi), kurs ishlari, konsulg’tatsiya, talabalar mustaqil ishi.
Mahruza va laboratoriya amaliy darslar maxsus jihozlangan auditoriyalarda o`tkaziladi. Bularni auditoriyadarslari deb ataladi.
Mehyo`riy hujjatlar bakalavriat yo`nalishlari va fanlar bo`yicha bo`ladi.
Mutaxassisliklar bo`yicha mehyo`riy hujjatlar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- mutaxassisning kvalifikatsion tavsifi;
- mutaxassisning namunaviy o`quv rejasi (1-jadval);
- mutaxassislikning ishchi o`quv rejasi (2-jadval);
- muhim fundamental va umumkasbiy falardan uzluksiz ta`lim rejasi;
- talaba amaliy tayyo`rgarligining uzluksiz dasturi;
- auditoriya darslari taqvim jadvali;
- auditoriyadan tashqari mustaqil ishlash jadvali;
- bitiruv ishlarini bajarish bo`yichauslubiy ko`rsatmalar;
- magistrlik dissertatsiyalarini bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar;
- fanlar bo`yicha mehyo`riy hujjatlarni ko`rib chiqish va tasdiqlash jadvali va hokazolar.
Fanlar bo`yicha mehyo`riy hujjatlar esa o`z ichiga quyidagilarni oladi:
- fanning namunavaiy o`quv dasturi;
- fanning ishchi o`quv dasturi;
- asosiy darslarni o`tkazish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar;
- reyting tizimining mohiyati va uni o`tkazish tartibi;
- fanlardan mustaqil ish bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar’;
- talabalar bilan individual ishlash jadvali va boshqalar.
Mutaxassisning kvalifikatsion tavsifi asosida mutaxassislikning namunaviy o`quv rejasi, fanlarning namunaviy o`quv dasturlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalar va boshqa o`quv-uslubiy adabiyo`tlar yaratiladi va tasdiqlanadi. SHuningdek, o`quv fanlaridan dars o`tishga talablar, talabalar bilim darajasini baholash mezonlari ishlab chiqiladi, o`qitishning mazmuni aniqlanadi va laboratoriya va kabinetlar kerakli o`quv va ilmiy jarayo`nlar uchun zarur bo`ladigan uskunalar va ‘riborlar bilan jihozlangan bo`lishi kerak.
O`quv rejasi – bu davlat hujjati hisoblanib, oliy ta`lim muassasasi shu asosda oliy malakali kadrlarni tayyo`rlashni amalga oshiradi. O`quv rejalari har bir mutaxassislik uchun alohida-alohida ishlab chiqiladi.
Bugungi kunda yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyo`rlash O`zbekiston Res’ublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasi asosida olib boriladi.
Namunaviy o`quv rejasida jami o`qitiladigan fanlar majburiy va qo`shimcha o`qitiladigan fanlarga bo`linadi. Majburiy o`qitiladigan fanlar zbekiston Res’ublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi tomonidan belgilab boriladi. Qo`shimcha fanlarni esa bakalavriat yo`nalishlarining turiga qarab oliy ta`lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Institut tomonidan kiritiladigan qo`shimcha fanlarning hajmi talabaning jami o`quv vaqtining 15% dan ortiq bo`lmaslgi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |