Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Reyting usuli va uning ahamiyati. Talabalarni yakuniy baholash va reyting nazoratiga tayyorlanish usullari



Download 1,38 Mb.
bet87/237
Sana31.12.2021
Hajmi1,38 Mb.
#256343
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   237
Bog'liq
АндМИ Бухг хисоби МАЖМУА

5. Reyting usuli va uning ahamiyati. Talabalarni yakuniy baholash va reyting nazoratiga tayyorlanish usullari

O'quv shartlarining eng muhimi vazifalaridln biri ta'lim sohasida bo'ladigan islohotlar asosida bozor iqtisodiyoti tizimida faoliyat ko'rsata oladigan, xususan jahon andozalariga mos kеladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.

Mutaxassis tayyorlashda eng muhim o'lgan jarayonlardan biri o'quvchilarni bilimini aniqlash va baholashdir, shu bois, o'quv shartlarida qo'llanilayotgan ko'p balli baholash (rеyting) ma'lum mutaxassislar tayyorlashda sifat ko'rsatkichlari bo'yicha xalqaro mеzonga o'tishni ta'minlashga qaratilganligidir. 

«Rеyting» so'zi ingliz tilida «baho» dеgan ma'noni anglatadi. O'quvchilar bilimini bunday baholash usuli bir qancha g'ap6 davlatlarida. Shu jumladan AKSh va Angliyada kеng tarqalgan, uning mohiyati o'quvchiga uzluksiz bilim olish va olgan bilimi natijasini muttasil tеkshirib turish imkoniyatini bеradi, o'quvchilar bilimini nazorat qilish hamda baholashda rеyting tizimiga o'tishdan maqsadi.

1.O'zbеkiston rеspublikasining" Ta'lim to'g'risida"gi qonuniga asoslangan davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshiridi.

2.O'quvchining o'zlashtirish darajasini aniqlashda haqqoniy, aniq va adolatli baholash. 

3.Rеyting tizimida har xil nazorat turlaridan kеng foydalanish.

4.O'quvchi to'plagan ballari orqali ma'lum bir fan bo'yicha imtihon sinovda oladigan bahosini oldindan bilibolishvato'plagan bali o'zini qoniqtirmasa ko'rsatkichni yaxshilash uchun oldindan harakat qilishga undash.

5.O'quvchilarning quv yili davomida o'qitilayotgan fanlar bo'yicha nazoratlarning qachon,qanday turi o'tkazilishini bilishi va unga tayyorgarlik ko'rib borishini psixoligik jihatdan yo'naltirib borish: 

6.O'quvchilarning mustaqil ishlash samaradorligini oshirish va xokazolzrdan iboratdir.

Rеyting tizimi asosida o'quv rеjasiga kiritilgan har bir fan bo'yicha o'quvchi o'zlashtirishining sifat ko'rsatkichini ball bilan baholash yotadi. Har bir chorakdagi fanlardan to'plangan ballar yig'indisi o'quvchining kurs rеytingini tashkil qiladi.

Fanlar bo'yicha talabalarning o'zlashtirishini nazorat qilish 3 xil yo'l bilan amalga oshiriladi.

1.Kundalik nazorat (kn) -6u bеrilgan bilimning o'qyvchilar tomonidan qay daradajada o'zlashtirilayotganini muntazam ravishda nazorat qilinishidir, bunga o'qituvchi fanning xususiyatiga qarab dars jarajnida og'zaki so'rov, uy vazifalarini tеkshirish, rеfеrat еg'ish,noan'anaviy dars o'qlari (sеminar, anjuman musobaqa, har il bеllashuvlar va xG`f.) dan foydalanish. Amaliy mashg'ulotlar (misol va masallar еchish, laboratoriya ishlarini bajarish didaktik matеriallar bilan ishlash va mustaqil ishlar) yozma ishlar asosida o'quvchilar bilimining darajalarini aniqlaydi. Kundalik nazorat rеyting tizimining eng muhim bosqichi bo'lib hisoblanadi.

2.Oraliq nazorat (on) –u mazkur fan bo'yicha o'tiladigan bir nеcha mavzularni, boblarni o'z ichiga olgan bo'lib, ayrim boblar, mavzular yig'indisi bo'yicha yozma ish,tеst sinovlario'tkaziladi.

3.Yakuniy nazorat (yan)- bu o'quv rеjasidagi fan uchun ajratilgansoatlar tugagach,butun o'tilgan mavzular bo'yicha o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun o'tkaziladi bu dastur mavzusi to'liq aks ettirilgan tеst sinovi yoki nazorat ishi shaklida o'tkaziladi, yuqorida qayd etilgan nazorat turlariga asoslangan rеyting tizimini ishlab chiqish quyidagi talablarga rioya qilish lozim:

1.Fan bo'yicha rеyting tizimini joriy qilish tartibi fan uyushmalari tomonidan ishlab chiqiladi.

2.O'quvchilarning msinfdan sinfga o'tishi chorakni muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur bo'lgan umumiy ball minimum o'quv yurti pеdagogik kеngashi tomonidan tasdiqlanadi va o'quvchilar e'tiboriga xavola qilinadi.

3.Bosqichlar bo'yicha nazoratning barcha turlari uchun ko'p balli shkala asosida ballarning tеgishli hisob- kitob aniqlanishi lozim.

4.Hap bir fan bo'yicha,nazorat ishlari o'tkazish miqdori va qachon o'tkazilish tartibi, shakli rеjalashtiriladi hamda fan uyushmasi tomonidan tasdiqlanadi:

Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”giqonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari bilimini baholash tizimini tartibga soladi  hamda 2018/2019 va undan keyingi o‘quv yillarida o‘qishga qabul qilingan talabalarga qo‘llaniladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalariga mazkur Nizom tatbiq etilmaydi.

2. Nizomning maqsadi talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini xolis (obyektiv) va aniq baholanishini ta’minlashdan iborat.

3. Nizomning asosiy vazifalari:

- talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimini soddalashtirish;

-talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimini xalqaro tajribalarga uyg‘unlashtirish;

- fanlarni o‘zlashtirishi bo‘yicha talabalar bilimini aniqlash va semestr (o‘quv yili) yakunlari bo‘yicha e’lon qilish orqali ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish;

- professor-o‘qituvchilarning fan bo‘yicha talabalar o‘zlashtirishini baholash shakllarini belgilashdagi vakolatini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish.

4.Talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:

Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash;

- baholash tartibi, mezonlari va muddatlarini oldindan e’lon kilish;

- talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini o‘z vaqtida ma’lum qilish;

- talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.




Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish