Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib horijiy investitsiyalarni jalb qilishga talab va ehtiyojlarni
ortib borishi hududlarda investitsiya siyosatini bozor munosabatlariga mos ravishda amalga
oshirish, ya‘ni investitsiya jarayoni qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab
berish, hududlarda investorlar uchun to‗laqonli shart-sharoitlar yaratishni talab qiladi. Hududlar
iqtisodiyotiga katta miqdorda horijiy investitsiyalarning jalb qilinishi iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohalarini zamonaviy texnikalar
bilan ta‘minlash, raqobatbardosh va jahon standartlariga mos sifatli tovarlar ishlab chiqarish,
aholining bandlik darajasini oshirish, eng asosiysi hududlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini
ta‘minlash imkonini beradi. Bunga erishish uchun hududlarda qulay investitsion muhitni
O‗zbekiston Respublikasida qulay investitsion muhitni yaratish, mamlakat iqtisodiyotini
muhim sohalarini rivojlantirish bo‗yicha qabul qilingan uzoq va o‗rta muddatli davlat dasturlari
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalo,
ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal
modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikasiyalarini
yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor
yo‗nalishga aylandi.
Turkmanistondan O‗zbekiston hududi orsali Xitoyga o‗tadigan gaz quvurini tortish ishlari
yakunlandi. Bu o‗z navbatida, mamlakatimizning tranzit imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Endigi vazifa xorijiy investitsiyalar uchun real investitsion muhitni yaratish, davlat
hokimiyat organlarida byurokratiya va sansolarlikka chek qo‗yish, xorijiy investitsiyalarni,
birinchi navbatda, to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni jalb etish ishlarini barcha choralar bilan
kuchaytirish lozim.
Xorijiy investorlar O‗zbekiston mintaqalariga sarmoya kiritish uchun mavjud bo‗lgan
imkoniyatlar, shuningdek, investorlar uchun yaratilgan har tomonlama keng, qulay shart-sharoit
va kafolatlar bo‗yicha zarur, kerakli ma‘lumotga ega bo‗lishlari muhim ahamiyatga egadir.
O‗zbekiston iqtisodiyotiga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalar oqimini yanada
kengaytirish, xorijiy investorlarga aniq ma‘lumotlar berish, mahalliy tadbirkorlarga xorijdagi
potensial investorlar haqida ma‘lumot berish ularga ko‗maklashish maqsadida tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida ―Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan
ta‘minlash va ko‗maklashish agentligi‖ tashkil etildi. Ana shu agentlikning faol faoliyat yuritishi
mamlakatimiz hududlariga xorijiy investitsiyalar oqimining yanada oshishida ulkan ko‗mak
bo‗ladi.
Innovatsiyalarni moliyalashning manbaalari. Innovatsiyalarni moliyalash turlari va
shakllari. Venchur fondlari tomonidan moliyalash. Korporativ boshqaruvga asoslangan
korxonalarda innovatsiyaon jarayonlarni amalga oshirishning o‗ziga xos xususiyatlari.
Innovatsion jarayonlarni moliyalashning mexanizmlari. Innovatsiyaon jarayonlarni moliyalash
usullari va tamoyillari. Innovatsiyalarni moliyalashning xorijiy tajribalari.
Do'stlaringiz bilan baham: