11. Adabiyotlardan foydalanish tartiblari
Hisobotni yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbaalar albatta «Adabiyotlar ro’yxati» qismida keltirilishi shart.
Har bir manba bo`yicha:
foydalanilgan adabiyotning ro`yxat bo`yicha tartib raqami;
muallifning familiyasi hamda ismi, sharifining bosh harfi;
adabiyotning nomi;
nashr qilingan joyning nomi;
nashriyot nomi;
chop etilgan yili ko`rsatilishi shart.
Adabiyot deyilganda, odatda, Qonunlar, Prezident Farmonlari va hukumat qarorlarining to`plamlari, darslik, o`quv qo`llanmalar, broshyura, ma'ruza matnlari, hamda davriy nashrlar (gazeta, jurnallar) tushuniladi.
Adabiyotlar ro`yxatiga gazeta va jurnallar kiritilganda gazeta yoki jurnalning nomi, nashr sanasi, nomeri va albatta sahifasi raqami (bet) keltiraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |