Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi
”
fanidan kurs ishini bajarish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- Favqulodda vaziyatlarning tasnifi, tavsifi va ularning xususiyatlari.
-Fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari (fuqaro muhofazasi borasida qabul qilingan
huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mohiyati).
- FVDTning tarkibi, vazifalari, kuch va vositalari.
- Terroristik harakatlar, ularning turlari, qarshi kurash usullari. Iqlim o‘zgarishi bilan
bog‘liq muammolar.
- Fuqaro muhofazasi rejalari va ularni tuzish tartibi.
- Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlarining barqarorligini ta’minlash.
- Favqulodda vaziyatlarning zararlangan o‘choqlarida qutqaruv ishlarini tashkil etish.
- Aholini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga
tayyorlash usullari va tartiblari.
- ishlab chiqarish korxonalari va hududlarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'in va
portlash vaqtida tezkor harakat qilish;
- yong'in xavfsizligi talab va xavfsizlik talablarini tez va qat’iylik bilan bajarish
ko'nikmalariga ega bo'ladi.
Har bir talaba kurs ishini bajarishda alohida topshiriq oladi, bunda loyihalashtirish
uchun kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni to‘plab, so‘ng kurs ishini shakllantiradi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil bajariladi, u “
Favqulodda vaziyatlar va aholi
muhofazasi
” fanini o‘rganish jarayonida olgan bilimlarni amalda qo‘llash sanaladi. Talaba
ishni bajarishda mustaqil ijodkorlik elementlarini namoyon qilib, ham texnik ham tashkiliy
yechimlarni ishlab chiqadi, bunda maslahatchi aytib turmaydi.
Kurs ishining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan
nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishda,
kundalik turmushdagi real sharoitlarga mos texnik yechimlar qabul qilish va zamonaviy
texnika va texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarni hosil qilishdir.
Kurs ishi mavzulari bevosita sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar
bilan bog‘liq holda, aniq bir sharoiti uchun belgilanadi. Kurs ishining mavzulari umumiy
talabalar soniga 20-30 % ko‘proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq
beriladi.
Kurs ishining taxminiy mavzulari:
1. Favqulodda vaziyatlarning tasnifi, tavsifi va ularning xususiyatlari.
5
2. Fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari (fuqaro muhofazasi borasida qabul
qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mohiyati).
3. FVDTning tarkibi, vazifalari, kuch va vositalari.
4. Terroristik harakatlar, ularning turlari, qarshi kurash usullari.
5. Fuqaro muhofazasi rejalari va ularni tuzish tartibi.
6. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlarining barqarorligini ta’minlash.
7. Favqulodda vaziyatlarda zararlangan o‘choqlarda qutqaruv ishlarini tashkil etish.
8. Aholini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga
tayyorlash usullari va tartiblari.
9. Qo‘mondon-shtab mashqlari, taktik-maxsus mashqlar va kompleks o‘quv
mashqlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi.
10. FVDTning vazifalari, aholining fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va
majburiyatlari.
11. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo’lmaydigan ishlarni olib borish.
12. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo’lmaydigan ishlarni olib borish.
13. Radiatsiyaviy vaziyatni aniqlash va baholash qoidalari.
14. FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash.
15. Favqulodda vaziyatlar va krizis holatlarda jabrlanganlarni qutqarish uchun zarur
bo’lgan kuch va vositalarni jalb qilish.
16. Favqulodda vaziyatlarda aholiga tibbiy yordamni tashkil etish.
17. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro
muhofazasi sohasida davlat nazorati.
18. O’zbekiston Respublikasi aholisini yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda
vaziyatlardan o’z vaqtida ogohlantirish va xabardor etishda mavjud tizim.
19. Yer atmosferasining tarkibiy qismlari va tuzilishi.
20. Ekologik muhit buzilishining asosiy omillari.
21. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tamoyillari va usullari.
22. Shaxsiy va jamoa muhofaza vositalari, ulardan foydalanish tartiblari.
23. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish choralari.
24. Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro muhofazasini tashkillashtirish.
25.
Aholini
tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga
tayyorlash usullari va tartiblari.
26.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish, sodir bo‘lganda
vaziyatni baholash tartiblari.
27. Sel kelishi munkin bo’lgan hududlarda evakuatsiya tadbirlarini tashkil qilish.
28. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish.
29. Cho‘llanish va suv tanqisligi muammolari, ularning yechimlari.
30. Xorijiy davlatlarda fuqaro muhofazasini tashkillashtirish;
31. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar.
32. Radiatsiyaviy vaziyatni aniqlash va baholash qoidalari.
33. Yer atmosferasining tarkibiy qismlari va tuzilishi.
34. Ekologik muhit buzilishining asosiy omillari.
35. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tamoyillari va usullari.
36. Shaxsiy va jamoa muhofaza vositalari, ulardan foydalanish tartiblari.
37. Aholi muhofazasi tadbirlari rejalari va ularni tuzish.
6
38. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlarining barqarorligini ta’minlash va
oshirish.
39. Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro muhofazasini tashkillashtirish.
40. Aholi va korxona xodimlarini o’qitish tizimi tahlili.
41. Chekka qishloq sharoitlarida aholi tayyorgarligini tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |