Zootsenoz
Зооценоз
Zoocenosis
– biotsenozning bir qismi bo‘lib, o‘zaro va atrof-muhit bilan bo‘lgan
barqaror munosabatlari bilan tavsiflanuvchi ma’lum hayvon turlarining majmui.
Populyasiya
Популяция
Population
– ma’lum hududni egalagan, uzoq muddat mobaynida (bir necha o‘nlab
avlodlar davomida) o‘zidan ko‘payishi orqali nasl-nasabini barqaror saqlab qolishga
qodir bo‘lgan bir turga mansub zotlar yig‘indisi.
Antropogen omil
Антропогенные факторы
Anthropogenic factors
– atmosfera, gidrosfera va litosfera tarkibi va rejimning
o‘zgarishi, havo, daryolar, dengizlar va okeanlarning shuningdek tuproqlarning
sanoat texnologiyalari maxsulotlari va radiaktiv moddalar bilan ifloslanishi, ekotizm
tarkibi va tuzilishining buzilishi va boshqalarni keltirib chiqaradigan inson faoliyati,
uning atrof muhitiga ta’siri bilan yuzaga keltirilgan omil.
Do'stlaringiz bilan baham: |