Sanoat korxonalarining maishiy xonalarini rejalash va hisoblash
Reja:
Sanoat binolari va inshootlarining texnologik jarayonlari.
Shamollatish tizimlarining konstruktiv elementlari
Shovqin to`suvchi to`siqlarni hisoblash
Sanoat binolari va inshootlarining texnologik jarayonlari.
Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda kushilib eshitilish shovqin deb ataladi. Tovush fizik xolat sifatida havoda, suvda va boshka tarang muxitdan kelib chiqadigan to’lqinsimon xarakatlardan iboratdir. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida xosil bo’ladi va bizning eshitish organimiz tomonidan kabul qilinadi.
Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada ogrik turgizadi va kulok shangib asab sistemasiga xam yomon ta’sir kiladi. Ayniksa fikrni tuplab, akliy ish bilan shugullanishiga imkon bermaydi, bo’tun dikkat-e’tiborni berib ishlash lozim bulsa, ish kobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniksa qattik va kuchli tovushlar, shunigdek to’xtovsiz ravishda bir xilda chikib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir qiladi.Shovqin ta’srida turli a’zorlar va sistemalarning, masalan xazm qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining o’zgarishi), qon aylanishi (qon bosimning ko’tarilishi) va shunga o’xshashlarning normal faoliyati buziladi.
Shovqin kelib chiqishi bo’yicha asosan uch xil bo’ladi:
1. Sanoat shovqini.
2. Transport shovqini.
3. Maishiy shovqinlari.
Shu bilan birga gaz va suyuqliklarning harakati natijasida ham shovqin chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi.
To’qimachilik sanoati korxonalari xam bundan mustasno emasdir. Shovqin darajasi yuqori bo’lgan sehlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy kasallik “shovqin kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga ayrim ish joylarining surunkali titrashni natijasida “vibratsion kasalik” ham uchrab turadi.
Shovqin, titrash va ultra-infratovush kattik jism, gaz hamda suyuklik moddiy qismlarning mexaniq tabranishlaridir. Ruhsat etilgan chekli sanitariya talablaridan ortiq bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrashlari va ultra-infratovushlari muntazam ravishda ta’sir etganda odam organizmiga zararli ta’sir qilib,keyinchalik og’ir kasbiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.Sukunatni buzadigan yoki foydali tovushni eshitishga xalaqit beradigan har qanday tovush shovqin deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar odamning ahvoliga yomon ta’sir qiladi, tez charchatadi, asab va yurak-tomir sistemasi ishini buzadi.
Pilla pishitish fabrikalarida baland shovqin texnologik uskunalar sistemasidagi barabanli MSH-3, M-170 SHL, M-210-SHL, TKM-8, TK-2, TK-136-SHL, KE2-145-SHL, KE-175-SHL, DM-3, MG-2 kalibrlash mashinalari, dvigatellari va konditsioner ishlayotganida yuzaga keladi. Xavfsizlikning umumiy talablari, “GOST 12.1.003-88 MXSM”. Shovqindan himoyalash vositalari va usullariga barcha shovqinlar mexaniq aerodinamik elektromagnit, gidrodinamik, havo va tuzilishdagi shovqinlarga ajratiladi.Eshitish infratovush bilan ogrikning boshlanishi urtasidagi oralik bulib, u taxminan 140 dB ni tashkil etadi.
Shovqin - bu tovushdir. Tovush esa havodagi zarrachalarning mexaniq tebranishidir. Bu tebranishlar to’lqinsimon ravishda tarkalib kishi qulog’iga borib yetadi va quloq pardasini bosadi, natijada tovush eshitiladi. Tovush eshitilishi uchun to’lqin ma’lum kuchga ega bo’lishi kerak. Bu kuch esa tovush to’lqining paskalda (Pa) uchlanadigan bosimi bilan belgilanadi.Kishi qulog’i tovush bosimining 2x10-5 dan 2x102 Pa gacha bo’lgan diapazonini qabul qila oladi. Pastki chegara ya’ni (R0=2x10-5 Pa) kishi qulog’i ilgay oladigan minimal tovush bosimi - eshitish chegarasi deb ataladi. Yuqorigi chegara, ya’ni (Rmax=2x102 Pa), kishi qulog’i ogriq sezguncha chiday oladigan maksimal tovush bosimi ogriq chegarasi deb ataladi. Og’riq chegarasidan yuqorida quloqlardan qon sizib chiqishi va quloq pardasining yirtilishi hollari bo’lishi mumkin. Ikki kishining uzaro suhbati odatda 0,1 Pa bosimda kechadi.
1 – rasm. Shovqinni kamaytirish
Chastotalari bo’yicha kishi qulog’i 20 dan 20000 Gers oraligidagi tovushlarni qabul qiladi. Bu kichik va o’rta yoshdagi odamlarga xos. Kishi qariganda esa yuqorigi chegara 15000 Gs larga tushib qoladi, shuning uchun ko’pchilik kishilar qariganda yomon eshitadigan bo’lib qoladi. Kishi qulog’i ayniqsa 37,5-9600 Gs oraligidagi chastotalar diapazonini yaxshi qabul qiladi. 20 Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta chastotali tovushlar infratovush va ultratovush deyiladi. Bu olastlardagi tovushlarni kishi qulog’i eshita olmaydi.Kishi qulog’ining eshitish qobiliyatini tovush bosimining absolut o’zgarishi bo’yicha emas, balki uning nisbiy uzgarishi bo’yicha olish qabul qilingan. Tovush bosimning bunday nisbiy o’zgarishi shovqin kuchining boshlangich darajasi (nulevoy uroven) deb ataladi va etalon sifatida qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |