Sanitariya nazorati to’g’risida


-modda. Bosh davlat sanitariya vrachlari va o‘rinbosarlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish



Download 40,28 Kb.
bet20/21
Sana01.01.2022
Hajmi40,28 Kb.
#304862
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Davlat sanitariya

28-modda. Bosh davlat sanitariya vrachlari va o‘rinbosarlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish

Ma’muriy jarima belgilash haqidagi qarorlar ustidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat beriladi



 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 24-bobiga qarang.

V BO‘LIM. SANITARIYA QONUNLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

29-modda. Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik

Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor va boshqa shaxslar quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortiladilar:

1) tuproqni, atmosfera havosini, oziq-ovqat mahsulotlarini, ish olib boriladigan joy havosini, suv bilan ta’minlashning ochiq va yerosti manbalarini, aholi tomonidan madaniy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan suv havzalari hamda suv omborlarining qirg‘oqlarini kimyoviy, fizikaviy biologik va boshqacha tarzda ifloslantirganlik uchun;

2) sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlarini hisobga olmagan holda aholining salomatligini muhofaza qilishni, sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini va radiatsiya xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqqanlik uchun;

3) yangi xomashyo turlarini, texnologiya uskunalarini, jarayonlari va asboblarini, oziq-ovqat mahsulotlari hamda oziq-ovqat xomashyosini, sanoat buyumlarini, binokorlik materiallarini, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar va mahsulotlarni, biologiya vositalarini, oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mollari va dori-darmonlar bevosita tegib turadigan idishlar, boshqa materiallarni, bu materiallardan tayyorlanadigan buyumlarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini hamda boshqa xalq iste’moli mollarini, tibbiyot va immunobiologiya dori-darmonlarini ishlab chiqarish va qo‘llanishga doir normativ-texnika hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishmagan holda ishlab chiqqanlik uchun;

4) binolar va inshootlarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalariga, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etmagan holda va davlat sanitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib loyihalaganlik, qurganlik, qayta qurganlik uchun;



(29-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)

5) yer uchastkasidan davlat sanitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib yangi qurilish, obyektlarni qayta qurish, kengaytirish uchun foydalanganlik uchun;



Oldingi tahrirga qarang.

(29-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

7) oziq-ovqat xomashyosi va mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etmaganlik, tarkibida inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lgan radionuklidlar, zaharli, biologik, kimyoviy va boshqa moddalar va birikmalar belgilangan gigiyena normativlaridan yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ovqatga ishlatganlik uchun;

8) oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish chog‘ida sanitariya normalari, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;

9) oziq-ovqat xomashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga va dori-darmonlarga tegib turadigan idishlar, boshqa materiallarni, yem-xashakka qo‘shib beriladigan oziqa moddalarni davlat sanitariya nazorati idoralarining ruxsatisiz qo‘llanganlik uchun;



(29-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)

10) chet eldan olinadigan texnologiyalar, materiallar, xomashyo va mahsulotlarni yetkazib berishda, sotishda va ulardan foydalanishda sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;

11) xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti markazlashtirilgan tizimlari orqali berilayotgan suvning sifati gigiyena talablariga mos kelmasligi uchun;

12) suv havzalaridan ro‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda foydalanganda, suvning sifati sanitariya normalari va talablariga mos kelishini ta’minlamaganlik uchun;

13) aholi punktlari va hududlarini saqlashning, sanoat, qishloq xo‘jalik va xo‘jalik ro‘zg‘or-chiqitlarini, shu jumladan radioaktiv va zaharli moddalarni to‘plash, saqlash, tashish va qayta ishlashning sanitariya qoidalarini buzganlik uchun;

14) atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;

15) barcha tipdagi ta’lim muassasalarida, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot muassasalarida va boshqa muassasalar hamda korxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va normativlariga rioya etmaganlik uchun;

16) radioaktiv moddalar, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlashda, shuningdek radioaktiv chiqitlarni ko‘mib tashlash chog‘ida radiatsiya xavfsizligi normalari va sanitariya qoidalarini buzganlik uchun;

17) yuqumli, parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni tugatish chora-tadbirlarini bajarmaganlik uchun;

18) davlat sanitariya-epidemiologiya idoralari va muassasalarining yo‘llanmalari bilan sanitariya-gigiyena, tibbiy, biologik, texnikaviy, sotsiologik va boshqa maxsus ekspertizalar o‘tkazishdan asossiz bosh tortganlik uchun;

19) tibbiy ko‘riklardan o‘tmagan yoki salomatligi tufayli mehnatga yaroqsiz deb topilgan shaxslarga ishlashga ruxsat berganlik uchun;

20) ayrim toifadagi fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi yoki ko‘rikdan o‘tish muddatlarini buzganligi uchun;

21) davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalarning ko‘rsatmalarini, xulosalarini hamda qarorlarini bajarmaganlik uchun;

22) obyektdagi sanitariya gigiyena holatini, epidemiya vaziyatini va radiatsiya holatini aniqlash uchun zarur bo‘lgan materiallarni berishdan bosh tortganlik uchun;

23) davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalar tomonidan yopib qo‘yilgan obyektlarda muhrlarni uzib tashlaganlik va ishni qayta boshlaganlik uchun;

24) ishchi va xizmatchilarning ayrim toifalari, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning majburiy gigiyena ta’limidan o‘tish to‘g‘risidagi qonun talablarini buzganligi uchun.



Oldingi tahrirga qarang.


Download 40,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish