Sanitar gigienik xolatlarini o’rganish Reja



Download 16,85 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi16,85 Kb.
#820745
Bog'liq
Sanitar - gigienik xolatlarini o’rganish


Sanitar - gigienik xolatlarini o’rganish

Reja:
1.Ishlab chiqarish korxonalari chiqindilarini turlari.
2.Chiqindilardan foydalanish yo’llari.
3. Ishlab chiqarish korxonalarida sanitar – gigienik xolat.
Solod va donli maxsulotlardan pivo va pivo sharbatini tayyorlash jarayonida quyidagi chiqindilar chiqadi: don turpi ( don turpi), qulmoq turpi, oqsil cho’kmalari, qoldiq achitqilar, korbonat angdrid (SO2 gazi), kizilgur cho’kmasi va shisha (butilka) siniqlari.
Don turpi – pishirish bo’limining chiqindisi xisoblanib xar 100 kg qayta ishlanayotgan donli maxsulotdan tarkibida quruq modda miqdori 20-25 % bo’lgan 125-130 kg suvli don turpi yoki namligi 12% li 27 kg quruq don turpi olinadi. Bu chiqindi chorva mollari uchun qimmatbaxo ozuqa xisoblanib, uning tarkibida (quruq modda miqdoriga nisbatan % xisobida) azotsiz ekstraktiv moddalar 41, oqsilli moddalar 28, moy 8,2 ,kletchatka 17,5 va kul 5,2 miqdorda bo’ladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida don turpini quritish maqsadga muvofiq emas, chunki mavjud sharoitda quritish iqtisodiy jixatdan samarador emas. Olingan xamma don turpi suvli xolicha (namligi 80-85% ga) yaqin jamoa xo’jaliklariga tsisternali avtomashinalarda etkazib beriladi.
Qulmoq turpi – bu chiqindidan shu vaqtgacha foydalanilmaydi, chunki qulmoqningsh o’tkir taxir ta’mi undan foydalanishga imkon bermaydi. Uning oz miqdorini xam chorva mollarining ozuqasiga qo’shimcha qilib qo’shib bo’lmaydi.
Pivo sharbatini pishirish uchun ishlatiladigan 1 kg qulmoqdan namligi taxminan 85% li 4 kg qulmoq turpi olinadi. Ayrim korxonalarda uni ko’mirga qo’shib yoqib yuboriladi boshqalarida esa qulmoq turpidan qishloq xo’jaligida chorva mollarini tagiga to’shama sifatida solinadi yoki uni chiritib organik o’g’it o’rnida ishlatiladi.
Oqsilli cho’kma - bu chiqindi pivo sharbatini tindirish apparatida yoki separatorda sovitilayotgan va tiniqlashtirilayotgan vaqtda olinadi. Solingan xar 100 kg solod va donli maxsulotdan o’rtacha 2-3 kg namligi 80% li oqsil cho’kmasi olinadi. Oqsil cho’kmasi juda taxir bo’lganligi uchun chorva mollariga berib bo’lmaydi. Xozirgi vaqtgacha bu chiqindi kanalizatsiyaga oqizib yuboriladi.
Qoldiq achitqilar – bu chiqindi yuqori sifatli ozuqa maxsulot bo’lib , u engil xazm bo’ladigan oqsillar, uglevodlar,moy va vitaminlarga boy. Bularning xammasi V vitaminini ishlab chiqarishda eng yaxshi tabiiy man’ba xisoblanadi. Antinevritga qarshi bo’lgan vitamin V achitqilar tarkibida shpinat va salat tarkibidagiga nisbatan 60 marta, vitamin V2 esa sut tarkibidagidan 2 marta, shpinat va salat tarkibidagiga nisbatan 50 marta ko’p bo’ladi. Pivo achitqilari tarkibi vitaminlarga boy bo’lganligi sababli yuqori fiziologik qiymatga ega va undan davolash maqsadida keng foydalanilmoqda.
Taxir moddalardan yuvib tozalangan pivo achitqilari yuqori ozuqaviy qiymatga ega. Ishlab chiqarilayotgan o’rtacha 100 l pivodan quruq modda miqdori 0,15 kg ga yaqin 1,2 kg quyuq achitqi massasi qoladi. Bu achitqilar korxonadan xar xil usulda realizatsiya qilinadi. Uning bir qismini axoli bevosita iste’mol qilishi uchun suyuq xolda sotiladi. Achitqilardan tibbiyotda foydalanish maqsadida ularni quritib tabletka yoki kukun shaklida ishlab chiqariladi. 1 litr suyuq achitqidan 80-85 % quruq tozalangan achitqi chiqadi.Chorva mollariga berish uchun tavsiya qilingan achitqilarni quritmasdan to’g’ridan –to’g’ri xo’l xolicha realizatsiya qilinadi.
SO2 gazi –bu chiqindi bijg’ish jarayonida xosil bo’ladi. Uni tovar maxsulotga:suyuq yoki quruq muzga aylantirish mumkin.Pivo ishlab chiqarish korxonasiningichki talabini ta’minlash uchun korbonat angidridning gaz xolatidan foydalaniladi. Bijg’ish jarayoni yopiq bijg’itish apparatlarida olib borilsa xar 100 litr chiqayotgan pivodan 1,2 -1,5 kg tovar xoldagi suyuq korbonat angidrid olinadi.
Kizilgur shlami – 100 litr (1 gl) pivo filtrlangandan so’ng 500 grammga yaqin kizilgur shlami qoladi.Shunga asoslangan xolda xar 10000 gl tovar xoldagi pivoga 5 tonna kizilgur shlami to’g’ri kelar ekan.
Ishlatib bo’lingan kizilgur kukunini ikkinchi marta ishlab chiqarishga qo’llash tovar kizilgurga nisbatan qimmatga tushadi. Shlamga Termokis usulida qayta ishlov berish yo’li bilan uni termik regeneratsiyalash judda kata majburiy sarflarga bog’liq bo’lib ammo tovar kizilgurni sarfini kamaytirib 50% qayta ishlov berilgan kizilgurni ishlatish mumkin.
Ko’pchilik pivo ishlab chiqarish korxonalarida ishlatib bo’lingan kizilgur axlatga tashlab yuboriladi. Axlat tashlanadigan joylarga suyuq xoldagi kizilgurni tashlash ma’n etiladi. (chunki ko’p joyga oqib ketadi) ammo namligi kam bo’lgan pasta shaklidagi kizilgurni qabul qiladilar.
Suv tindirish xavzalarida yoki kanalizatsiya quvirlarida qolib ketgan kizilgur shlami shunday qotib qolishi mumkinki bunda betonning mustaxkamligi xam xech gap emas, uni qiyinlik bilan olib tashlanadi. Shu sababga ko’ra olib tashlash uchun ketadigan xamma xarajatlarni inobatga olib kizilgur shlamini arzon baxoda yo’q qilish yo’llarini izlab topish kerak.
Mumkin bo’lgan usullardan biri bu kizilgur shlami sochiluvchan struktura xosil qilishi uchun uning tarkibidagi suvni presslash yo’li bilan namligini 50% dan oshirmaslik kerak. Kizilgurni preslash uchun tasmali filtr yoki kamerali filtr-presslar tavsiya etiladi.
Kizilgur sochiluvchan xolatda qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan texnika yordamida dalalarga sochiladi. Ishlatib bo’lingan kizilgur tarkibidagi azotga boy bo’lgan moddalar ekinlarga o’g’it sifatida foyda beradi. Bundan tashqari kizilgur o’zida suvni yaxshi saqlab qolish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun qumli tuproqlarni strukturasini yaxshilash uchun qo’llaniladi. Lekin u er osti suvlariga salbiy ta’sir etmaydi.Ishlatib bo’lingan kizilgur tarkibidagi tez avtolizga uchraydigan achitqilar bo’ladi. Ularnig tarkibidagi oqsillar ammiak xidiga o’xshash keskin xid chiqarib parchalanadi. Agar kizilgurni uzoq muddat saqlash ko’zda tutilsa bu omilni etiborga olish kerak.
Keyingi vaqtlarda ishlatib bo’lingan kizilgurni g’isht, asfalt va beton ishlab chitqarishda qo’shimcha maxsulot sifatida ishlatilmoqda. Tovar kizilgurni narxi qimmat bo’lganligi uchun pivoni filtrlashni boshka usullarini izlab topishga qiziqish uyg’onmoqda.
Yorliqlar – savdo rastalaridan qaytgan butilkalardagi yorliqlar butilka yuvuvchi mashinada yig’iladi. Xar yili 10000 gl tovar pivodan 1,5 t eski yorliqlarni yo’qotish kerak bo’ladi. Yorliqni o’lchamiga qarab uning miqdori ortishi yoki kamayishi mumkin. Butilka yuvish mashinasidagi yorliqlar ishqor eritmasi bilan xo’l bo’lganligi uchun ularni siqib olinadi. Ularni qayta ishlov berib bo’lmaganligi uchun axlatga tashlanadi. Qeyingi yillarda eski yorliqlardan foydalanish imkoniyati yuzaga keldi,ya’ni ularni g’isht ishlab chiqarishda yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
Shisha siniqlari – pivo ishlab chiqarish korxonalarida shisha siniqlarining miqdori butilkaning sifatiga bog’liq xolda ortib boradi. Agar shishaning sifati o’rtacha bo’lib 10000 gl pivodan qaytgan butilkalardan xar yili 0,5% shisha sinig’i xosil bo’ladi, ya’ni 3,5 t yaqin singan shisha chiqadi. 1,5 % shisha sinig’i chiqadigan shishadan yiliga 11t gacha singan shisha chiqadi. Singan shisha bo’laklari doimiy ravishda shishani qayta ishlash korxonalariga yuboriladi va undan yangi butilkalar ishlab chiqariladi.
Download 16,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish