Guruh topshiriqni “QANDAY” diagrammasi orqali tushuntiradi.
Avstraliya biogeografik viloyatiga Avstraliyadan tashqari Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Poinezia, Tasmaniya orollari kiradi. Bu viloyatda boshqa biogeografik viloyatlarda uchramaydigan sutemizuvchilar sinfining tuban vakilari tuxum qo’yib ko’payuvchi – o’rdakburun, yexidna, qopchiqli hayvonardan kengru, qopchiqli krot, qopchiqli tiyin, qopchiqli bo’ri, qopchiqli ayiq tarqalgan.
Yo’ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam. Ular sichqonsimon kemiruvchilar, ko’rshapalaklar, dingo itidan iborat bo’lib, keyingi ikki hayvon turi o’zga qit’alardan o’tgan, deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi qushlar nihoyatda rang – barang: jannat qushlari, xashaki tovuqlar, kapachi qushlar. Lira qushi, qanotsiz kivi, tuyaqushlardan yirik gavdali emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilar tuzilishi jihatdan paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoatda o’xshash. O’rmonlarda evkaliptlar, janubiy qora qayin, daraxtsimon poporotniklarni ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |