San’atshunoslik fakulteti



Download 26,95 Kb.
Sana28.06.2021
Hajmi26,95 Kb.
#103468
Bog'liq
Xoldorov Sherzodjon Mustaqil ish Fayli


O’zbekiston Respublikasi

Oliy va O’rta maxsusta’lim vazirligi

Farg’ona Davlat Universiteti

“San’atshunoslik fakulteti”

Sirtqi Musiqa Ta’lim

19.67 guruh talabasi



Musiqa Nazariyasi fanidan

Mustaqilishi



Dilorom Omonullayeva

Hayoti Va Ijodi

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, kompozitor Dilorom Omonullayeva O’zbekiston Bastakorlar uyushmasi safiga 1989 yili estrada qo’shiqlari va boshqa asarlari bilan kirib keldi. Dilorom Omonullayeva Darvinovna Toshkentda 1959 yilning 1 oktyabrida musiqachilar oilasida tug’ildi. Diloromning qalbiga ona allarai bilan musiqiy mo’jizalar kirib  keldi. Qobiliyatli qizcha V. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabining fortepiano sinfi bo’yicha o’qiy boshladi. 12 yoshidan esa qo’shimcha professor B.I. Zeydman sinfida kompozitsiyadan ham saboq ola boshladi. Dilorom Omonullayeva 1978 yil maktabni muvaffaqiyatli bitirib, Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida professor B. I. Zeydman sinfida o’qishni davom ettirdi.  B.I. Zeydman vafotidan so’ng O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi, kompozitor R.D.Vildanov sinfida o’qishni davom ettirdi. 1984 yil simfoni № 1 va fortepiano uchun sonata №2 taqdim etib, konservatoriyani imtiyozli diplom bilan bitirdi. Yosh mutaxassis yo’llanma bilan guliston san'at bilim yurtida 1984-86 yillarda musiqa fanlaridan dars bera boshladi. 1985 yilning iyul oyida Moskvada o’tgan XII xalqaro yoshlar festivalida kompozitorlarning fleyta va fortepiano uchun yozgan “Pomir eskizlari” pyesasi ijro etildi. 1986-90 yillarda D. Omonullayeva konservatoriyada professor T.Qurbonov sinfida assistent - stajyor sifatida saboq oldi,

1990-93 yillarni konservatoriyada “Bastakorlik va cholg’ulashtirish kafedrasi”da o’qituvchi bo’lib ishladi. D. Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo’shiqchilik san'ati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U.Azimov, Z.Obidov, J.Jabborov, Yo,Mirzo, P.Mo’min, U.O’tamov, M.Omon, B.Rajab, N.Narzullayev, Yu.Suyunov, E.Madraximov, Z.Mo’minova va H.Xudoyberdiyeva va boshqalarning so’zlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qo’shiqlar yaratdi. Ular orasida “Men seni hech kimga bermayman”, Yomg’r yog’di”, “Saraton”, “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Ikki daraxt”, “Sen qaydasan”, “Azizim”, “Baxtiyorim”, “Yashnayver O’zbekiston”, “Qora atlas”,

Armon bo’lmasin”, “Ko’nglim qushi qo’lingda”, “Yig’lama”, “Yolg’on dunyo”, “Otash zamon”, “Bilsang edi” va boshqalar, estrada xonandalari K.Razzoqova, K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova, R. Bo’ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur bo’ldi.Uning qo’shiqlari teleradio to’lqinlarida doimo yangrab kelmoqda. U 1997 yilda U Azimov she'riga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali madhiyasiga musiqa bastalagan. O’zbek milliy teatri ochilishiga “Milliy teatr madhiyasi”-U.Azimov she'ri, 2001 yil; Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi madhiyasi (N. Komilov she'ri) 1988 yil; Vatanparvarlik mavzuida 30ga yaqin qo’shiq;,

Zarralari zar vatan”,

Tug’ilgan kuning muborak bo’lsin”,

Bir-biringni asra,

O’zbegim!”

Sen mening Vatanim”,

To’ylaring muborak”,

Azizi bo’ston-O’zbekiston”,

Humo qushim”,

O’zbekiston vatanim manim”.

Dilorom Darvinovna Omolullayeva 1998 yili “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan. U O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “Ofarin” mukofoti sohibi, “O’zbekiston-Vatanim manim” va boshqa tanlovlar sovrindori.
Download 26,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish