San'at va jamiyatning badiiy madaniyati Reja: San'at va jamiyatning badiiy madaniyati Madaniyat va san’at


milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati



Download 26,99 Kb.
bet6/7
Sana04.06.2022
Hajmi26,99 Kb.
#634726
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
San\'at va jamiyatning badiiy madaniyati

milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan „Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi“, markazning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda. 1992-yilda Toshkentda „Asrlarga tengdosh navolar“ va „Boqiy ovozlar“, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazdi. 1994-yil may oyida Parijda bo‘lib o‘tgan „Sharq musiqasi“ festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar. 1996-yil aprel oyida Òurkiston saroyi, Bahor majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan „O‘zbeknavo“ gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni amalga oshirdi. Musiqa-raqs san’atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiqlar bayrami to‘g‘risida“gi farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1996-yil ko‘rik tanlovini o‘tkazish barcha viloyat, shahar va tumanlarida „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiq tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda 54 mingdan ziyod qo‘shiqchilar qatnashdi. Òanlovning yakunlovchi bosqichi avgust oyida o‘tdi. 700 ta qo‘shiqchi qatnashdi, ulardan 10 tasi mukofotlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1996yil 27-avgustdagi farmoni bilan bunday ko‘rik tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida yuzlab Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yangi qo‘shiqlar yaratildi. „O‘zbekiston — Vatanim manim“, „Men seni sevaman — O‘zbekiston“, „Vatan yagonadir“, „Mustaqillik gullari“, „Ona yurtim“, „O‘zbekiston askarlari“ qo‘shiqlari shular jumlasidandir. 1997- yil 11- martda qabul qilingan Respublika hukumatining „Sharq taronalari“ Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida“ qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997- yil 25- avgust — 2- sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan „Sharq taronalari“ birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdilar, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Ozarbayjonlik Simara Imonova oliy mukofot — Granpriga sazovor bo‘ldi. 1- o‘rin Munojot Yo‘lchiyeva va hindistonlik Shainu Khulanaga nasib etdi. Har ikki yilda Samarqandda „Sharq taronalari“ Xalqaro festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi. 

Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda 
Download 26,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish