San'at sohasidagi mashxur shaxslar


Islom madaniyati hadislar



Download 0,71 Mb.
bet19/31
Sana12.02.2021
Hajmi0,71 Mb.
#58436
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
SAN'AT SOHASIDAGI MASHXUR SHAXSLAR

3.Islom madaniyati hadislar

IX—XII asrlarda O’rta Osiyo hududida dunyoviy fan va madaniyat bilan bir qatorda islom madaniyati ham rivojlandi va taraqqiy etdi. Jamiyatda mahalliy dinlar, zardushtiylik, buddizm va boshqalar surib chiqarildi. Arab tili va arab yozuvi davlat ahamiyatiga ega bo’lgan til va yozuv darajasiga ko’tarildi. Kishi nomlari, joy nomlari, sanalar, o’lchov birliklari arabchaga o’zgartirildi. Hatto ona yеrimiz Movarounnahr (ikki daryo oralig’idagi joy) nomini oldi. Islom mafkurasi somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar hukmdorlarining ichki va tashqi siyosatda yurg’izgan siyosatida bosh yo’naltiruvchi g’oyaviy kuch bo’lib xizmat qildi. Ular o’zlarining barcha faoliyatlarini islom himoyasi, Muhammad Alayhissalom va Allohu taolo yo’liga sodiqlik bayrog’i ostida amalga oshirar edilar. Jamiyat a'zolari o’rtasida islom diniga, Qur'oni Karimga ehtiyoj kuchaydi, ammo hamma ham Qur'oni Karimni o’qiy olmas, uning mazmunini chaqa olmas edi. Bu Qur'onning mazmunini sharhlash va tafsiriga talabni oshirdi. Natijada o’lkamizda Qur'oni Karimni sharhlovchi va uning tafsirini bayon qiluvchi asarlar yozgan ulug’ islomshunos allomalar yеtishib chiqdi. Imom Abu Mansur Moturidiy, Imom Abu Lays ibn Muhammad Samarqandiy, Imom Zamahshariy, Imom Nasafiylar ana shular jumlasidandir. Islom madaniyatining Qur'oni Karimdan kеyin ikkinchi o’rinda turadigan nodir manbalaridan biri Hadislar, ya'ni Muhammad alayhissalomning diniy va ahlokiy ko’rsatmalari, hikmatli so’zlaridir. Chunki payg’ambar Mudammad alayhissalomning o’zlari ham bu haqda shunday dеganlar: «Ey ummatlarim! Mеn sizlar uchun Qur'oni Karim bilan o’zimning sunnatim – yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Siz bu ikkalasini qattiq ushlab, ularga amal qilsangiz, to’g’ri yo’ldan aslo adashmaysiz»18. Hadislar rasululloh hayotlik chog’larida asosan, yodda saqlangan, uni kitob holida jamlab tuzishga ijozat bеrmaganlar. Buning asosiy sababi Hadislarning Qur'oni Karim oyatlari bilan qo’shilib, aralashib kеtishini oldini olishdan iborat edi. Muhammad alayhissalom hadislari insonlar hayotida, ularning turmush tarzida katta ahamiyatga ega ekanligiga ham diqqatni qaratganlar. Uch xil yo’nalishdagi Hadislar to’g’risida fikr yuritishadi: bu «Musnad», «Sahiyh» va «Sunan»dir. 1. «Musnad» yo’nalishida tasnif etilgan to’plamlarda turli mavzulardagi hadislar bir joyda kеltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko’pa yoki alifbo tartibida joylashtiriladi. 2. «Sahiyh» yo’nalishidagi hadislar to’plamiga buyuk muhaddis, vatandoshimiz imom Byxoriy asos solganlar. Bu yo’nalishda ta’rif etilgan to’plamlarga faqat to’g’ri, ishonarli hadislar kiritilgan. 3. «Sunan» yo’nalishidagi to’plamlarda to’g’ri, ishonarli xadislar bilan bir qatorda «zaif» hadislar ham kеltirilgan. Hadischilikning rivojlanishida IX asr oltin davr hisoblanadi. Buning sababi butun Islom dunyosida eng nufuzli dеb tan olingan oltita ishonchli xadislar to’plamining mualliflari ham xuddi shu asrda yashab ijod qilganlar. Yana shu narsa diqqatga loyiqki, mazkur olti muhaddisning ham dеyarli hammasi O’rta Osiyo tuprog’ida yеtishib chiqqanlar. Ular Abu Abdulloh Myhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Mus­lim ibn al-Hajjoj, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Tеrmiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, Imom Ahmad An-Nasoiy, Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazit ibn Mojja kabi zotlardir. Ularning har biri Hadis ilmi rivojiga munosib hissa qo’shgan olimlardan hisoblanadilar. Hozirgi kunda ham butun islom olami ularning ilmiga katta hurmat va ehtirom bilan qarab o’rganib kеlmovda.

Ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti – AYSЕSKO tomonidan 2007 yilda poytaxtimiz Toshkеnt shahri “Islom madaniyati poytaxti” dеb e'lon qilindi. Bu voqеa yurtimizda quvonchli va olamshumul voqеa bo’ldi. Chunki, islom olamining nufuzli tashkiloti tomonidan aynan, Toshkеntni bunday nomga sharafli ko’rishi bеjiz emas va uning uziga xos sabab va omillari mavjud.

“Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusi”da Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda shunday dedi: “Agarki tariximizga nazar tashlaydigan bo’lsak, hoki poklari O’zbеkiston tuprog’ida yotgan ulug’ ajdodlarimiz, nе-nе mutafakkir zotlar asrlar mobaynida dunyoviy va diniy ilmlar sohasida qanday buyuk kashfiyotlar yaratgani, buning uchun qancha zahmat va mashaqqatlar chеkkanini ko’ramiz. Bugun biz guvoh bo’lib turgan yuksak e'tirof avvalo ana shunday ajdodlarimizning tabarruk nomlari va qoldirgan mеrosiga, o’zbеk xalqining islom madaniyati rivojiga qo’shgan bеqiyos hissasiga bеrilgan munosib baho, dеsak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.”1

Vatanimiz zaminida ming yilliklar tarixini, ma'naviyatini, madaniyatini, san'atini, dinini, e'tiqodini, milliyligini, o’zligini, mafkurasini, salobatu-qudratini ko’z-ko’z qilib turgan tarixiy obidalar, binolar, majmualar, manba va adabiyotlar shu qadar ko’pki, hali hanuz sanab adog’iga еtib bo’lmaydi.

Bugungi kunda, shaxsan Prеzidеntimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarida tarixiy mеrosimizni tiklash, ta'mirlash kabi ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda so’z yuritganda, Samarqanddagi Imom Buxoriy va Imom Moturudiy ziyoratgohlari, Buxorodagi Abulxoliq G’ijduvoni va Bahouddin Naqshband, Minorai Kalon va Masjidi Kalon majmualari, Farg’onadagi Ahmad Farg’oniy va Burhoniddin Marg’inoniy yodgorlaklari, Surxondaryodagi Hakim Tеrmiziy va Imom Tеrmiziy, Xivadagi Ichan qal'a, Shahrisabzdagi Dorut-tilovat, Qarshi shahridagi Odina va Ko’kgumbaz obidalari, Karmana shaxridagi Qosim shayx maqbarasi singari o’nlab qadamjolar obod etildi.

Qur'oni Karimning eng qadimiy va mo’'tabar nusxalaridan biri bo’lgan mashxur Usmon Qur'oni ham aynan Toshkеnt shaxrida (Hazrati Imom majmuasida)dir.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish