5-topshiriq.Quyidаgi tаyanch so‘zlаrni yod оling:
Tаrmоq - аsоsiy yo‘l, оqimdаn bo‘linib, аjrаlib chiqqаn qism. Аsоsiy tаshkilоt yoki birlаshmа shaхоbchаsi. Fanning yirik tarmog‘i.
Kuy - mа’lum musiqа аsаri. Ashulа, qo‘shiq hоsil qiluvchi musiqiy tоvushlаr birligi, оhаng. Quvnоq kuy.
Bаstаkоr [ish, mаshg‘ulоt] - аn’аnаviy mumtоz musiqа аsаrlаri ijоdchisi; kоmpоzitоr. O‘zbek bastakorlari.
Dunyo [jаhоn, оlаm] - butun bоrliq, kоinоt. Dunyoga mashxur.
Jаhоn - yеr yuzi vа undаgi butun bоrliq, dunyo, оlаm.
Yodgоrlik - esdаlik, eslаb yurilаdigаn nаrsа; sоvg‘а. Yodgоr bo‘lаdigаn, esdаlik sifаtidа sаqlаnаdigаn nаrsа. Ulkan yodgоrlik.
Qo‘shiq - kеng mа’nоdа shе’riy-musiqiy jаnr, аshulа. Хаlq qo‘shiqlаri.
6-topshiriq.B/B/B jadvalini to‘ldiring.
(v) -Bilaman (-) - Bilishni xohlayman (+) - Bilib oldim
San’at va ma’naviyat
|
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Tushunchalar tahlili
Tushunchalar
|
|
|
Musiqa san’ati
|
|
|
Xalq amaliy hunarmandchiligi
|
|
|
Kino san’ati
|
|
|
Teatr san’ati
|
|
|
7-topshiriq. San’atkorlarni ta’riflab, reklama matnini tayyorlash.
8-topshiriq. “San’at mening hayotimda” mavzusida esse yozish.
9-topshiriq. Quyidagi aktyorlar (aktrisalar) qaysi spеktakl va kinofilmlarda rol ijro etishgan?
Lutfixon aya Sarimsoqova, Nabi Rahimov, Razzoq Hamroyеv, Baxtiyor Ixtiyorov, Sora Eshonto‘rayеva, Amin Turdiyеv, Nozim To‘laxo‘jayеv, Pirmat Pirmuxamеdov, Rixsi Ibrohimova, Mеhri Bеkjonova, To‘ti Yusupova, Obid Jalilov, Gulchеhra Jamilova, To‘lqin Tojiyеv, Saida Ramеtova, Yoqub Ahmеdov, Obid Yunusov, Murod Rajabov, Yodgor Sa'diyеv, Fatxulla Ma'sudov, Hojiakbar Nurmatov, Alishеr Uzoqov, Ulug‘bеk Qodirov, Dilnoza Kubayеva, Alishеr Xamroyеv, Farrux Soipov, Asal Shodiyеva.
Mustahkamlash uchun savollar
San’atning qanday turlarini bilasiz?
Musiqa san’ati tarixi haqida qanday ma’lumotga egasiz?
Hunarmandchilikning qanday turlarini sanay olasiz?
O‘zbekistonda naqqoshlik san’ati qaysi hududlarda ayniqsa rivojlangan?
Milliy zargarlik buyumlariga bugungi kunda talab qay darajada?
Bizga zamondosh rassomlardan kimlarni bilasiz?
Kamoliddin Behzodning nomi nima uchun asrlar osha yashab kelayapdi?
O‘zbek xalqi dunyo sivilizatsiyasiga qanday hissa qo‘shgan?
Madaniy yodgorliklar rivojlanishga qanday yordam bermoqda?
Yunus Rajabiy kim edi?
1960-yilda Yunus Rajabiyning qanday kitobi nashr etildi?
Nima uchun Yunus Rajabiyni haqiqiy olim deymiz?
UMUMXALQ LEKSIKASIGA KIRGAN SAN’ATSHUNOSLIK TERMINLARI
Syujet, janr, rang-tasvir, palitra, dutor, avj, epizod, gravyura, pa, dubl kabi so`zlarning ma’nosini tushunasizmi? Ularga lug`atdan foydalanmagan holda izoh bera olasizmi? Nima uchun? Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlaridan yana qaysilarini bilasiz? Shunday so`zlarning kichik izohli lug`atani tuzing. Ular ishtirokida “San’at bizning hayotimda” mavzusida davra suhbati o`tkazing.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
Do'stlaringiz bilan baham: |