55-mashq. Kichraytirish shakllarining qo‘llanilishiga e’tibor bering.
1. Yigitcha, tushmaysizmi? – dedi kimdir orqadan. (O‘. Umarbekov) 2. Kundoshlarning eng kichigi – bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak – ganjiravonlik Unsinoy chilim solib tutdi. (Abdulla Qahhor)
56-mashq. Erkalash shakllarining qo‘llanilishiga e’tibor bering.
1. Abdurazzoq ota dadam edi-yu, Onaginam edi Sharifaniso. (E. Vohidov) 2. Ammo... shunday joyga, bir musofir muslima, manavi bolakayning mushtipar onaginasi qanday tushib qoldi ekan? (Murod Mansur) 3. Voy sho‘rpeshona-ye, voy sho‘rpeshonagina-a! – dedi Qimmat momo. (Tog‘ay Murod)
Do'stlaringiz bilan baham: |