2-topshiriq. Berilgan so‘zlarning qaysi kasb-hunarga oidligini aniqlang. O‘zingiz ham shunday so‘zlarga misollar keltiring.
Qolip, betlik, poshna, charm, shirach; sandon, dam, ko‘ra, bosqon, bolg‘a; andava, mola, chaplama suvoq; iskana, randa, shovun, tesha. Terminlar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir. Ular ilmiy uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi. Terminlar badiiy va publitsistik uslublarda tasviriy-uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-texnik jarayon, ishlab chiqarish manzaralarini tasvirlash, muayyan soha bilan bog‘liq shaxsning nutqiy xarakteris tikasini yaratish kabi badiiy maqsadlar bilan terminlar mazkur uslublarda qo‘llanishi mumkin. Mamlakatimizning turli hududlarida qadimdan kulolchilik, duradgorlik, etikdo‘zlik, gilamchilik, kashtachilik, tikuvchilik, naqqoshlik, temirchilik, pichoqchilik kabi bir qancha kasb-hunar tarmoqlari rivojlanib kelgan. Bu sohalarga oid maxsus tushunchalar, tabiiyki, o‘ziga xos so‘zlar bilan nomlangan, bunday so‘zlar kasb-hunar leksikasi nomi bilan umumlashtiriladi. Ana shunday leksika, albatta, kasbiy-ilmiy matnlarning asosiy unsurlaridir.
37-mashq. Berilgan matndagi terminlarni aniqlab, ularning qo‘llanilish holatlariga e’tibor bering.
Mexanika – tashqi kuch ta’sirida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan. Moddiy nuqta mexanikasi, moddiy nuqtalar tizimi mexanikasi, mutlaq qattiq jism mexanikasi, gruntlar mexanikasi va tutash muhit mexanikasi kabi bo‘limlarga, bularning har qaysisi dinamika, kinematika va statika bo‘limlariga bo‘linadi.
(«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»)
38-mashq. Abdulla Qodiriyning «Uloqda» hikoyasidan olingan parchani o‘qing. Ot bilan bog‘liq atamalarni toping va ularga izoh bering.
Ulug‘ hayitdagi hayitlikka oldirgan mo‘g‘ul egarcha bilan g‘alaticha qilib toychamni egarladim. Tog‘amga yalinib-yalpog‘lanib oldirgan o‘rus yuganni artib-surtib soldimda, o‘zim chetroqdan turib kam-ko‘stini tuzatdim: quyushqoni ham o‘rnida, egar ham yaxshi qo‘ngan, qorinbog‘I ham jips, yugan ham to‘ralarnikidek! Lekin umuldirig‘ining yo‘qligi biroz ko‘nglimni g‘ash qildi.
39-mashq. Gaplarni o‘qing. Iboralar o‘rtasidagi ma’nodoshlik va zid ma’nolilikka e’tibor bering.
1. Bu ishni kim qilsa-da, o‘ziga to‘q odam qilibdi! Qo‘li uzun odam qilibdi! (Tog‘ay Murod) 2. Uylanay desa, ba’zilarining qo‘li kalta: ota-ona qari, chimildiq osguncha, ularni boqib turish kerak. (Erkin A’zam) 3. Endi mulla Faz liddin bo‘yni yo‘g‘on beklardan ko‘rgan yomonliklarini aytib bersa, Bobur uni himoyasiz tashlab qo‘ymasligi kerak. (P. Qo di rov)
40-mashq. Berilgan iboralarning so‘z yoki ibora shaklidagi ma’nodoshlarini toping va ulardagi uslubiy bo‘yoqni izohlang.
Aqldan ozmoq, bino qo‘ymoq, bir shingil, almisoqdan qolgan, miridan sirigacha, ichi qora, ko‘zini yog‘ bosgan, mazasi qochdi, payini qirqmoq, oyog‘ini tirab olmoq, podadan oldin chang chiqarmoq, «san-man»ga bormoq, joni halqumiga keldi, yuragini yormoq, qo‘ldan ketmoq, «hashpash» deguncha.
Tilimizda yangi paydo bo‘lgan quyidagi faol so‘zlarga e’tibor qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
BRIFING Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan masala dagi xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |