Sana: Sinf: 7 I. Mavzu: Baliqlarning xilma-xilligi. Tog’ayli baliqlar sinfi



Download 0,94 Mb.
bet4/6
Sana20.01.2022
Hajmi0,94 Mb.
#392691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
30-maktab Qoraboyeva Dilnoza dars ishlanma

Yangi mavzu bayoni

Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi. Sayyoramizdagi suv havzalari son-sanoqsiz va nihoyatda xilma-xildir. Turli suv havzalarida yashash sharoiti har xil bo’ladi. Hatto bitta suv havzasining turli qismida ham sharoit bir xil bo’lmaydi. Yashash hsaroiti va oziq tarkibining xilma-xilligi, o’zaro raqobat, dushmanlarning ko’p bo’lishi baliqlar tuzilishi va fe’l-atvorining turlicha bo’lishiga olib kelgan. Shuning uchun ham dengiz tubida yashovchi baliqlar sekin harakatlanadi, tanasi yassi bo’lganidan yirtqich hayvonlar ularni sezmaydi. Rang-barang marjon riflari orasida hayot kechiradigan baliqlarning rangi ham xilma-xil va chiroyli bo’ladi.

Denciz va okeanlarning juda chuqur joyida yashaydigan baliqlarning yog’du taratadigan a’zolari bo’ladi. Suvning yuza qismida, ayniqsa ochiq dengizlarda yahsaydigan baliqlarning muskullari va suzgichlari, xususan dum suzgichlari yaxshi rivojlanganligidan ular tez suzadi. Gavdasining suyri shakli esa suzishni osonlashtiradi.Skeletining tuzilish xususiyatiga ko’ra baliqlar tog’ayli va suyakli baliqlar sinfiga bo’linadi.



Tog’ayli baliqlar sinfi. Tog’ayli baliqlarning skeleti tog’aydan iborat bo’lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo’lmaydi. Jabra yoriqlari 5-7 juft bo’ladi. Tog’ayli baliqlar akulalar va skatlar turkumini o’z ichiga oladi.

Akulalar turkumi. Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi ancha kuchli rivojlangan. Terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin plastinkalardan iborat bo’lib, har qaysi tangacha sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o’simtasi bo’ladi. Akula jag’ida bunday o’simtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, jumladan odamning tishlari ham akulalarnikiga o’xshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo’lib, ancha yirik hayvonlarga, shu jumladan cho’milayotgan odamlarga ham hujum qiladi. Ko’pchilik akulalar tirik tug’adi, ba’zi turlari tuxum qo’yib ko’payadi. Akulalarning kattaligi har xil bo’lgan 250 turi ma’lum. Ular orasida uzunligi 40-45 sm bo’lgan tikanli akula eng kichigi, uzunligi 15 m keladigan gigant akula yoki 18 m ga yetadigan kit akulasi eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat akulalarning tishlari juda mayda bo’lib, ular mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi.



Skatlar turkumi. Skatlarning tanasi yassi, rombsimon yoki disksimon bo’lib, suv tubida yashashga moslashgan. Dum suzgichi ingichka xivchinga aylangan. Skatlar yassi tanasi bilan tutashib ketgan ko’krak suzgich qanotlarini to’lqinsimon tebratib asta-sekin suzadi. Ayrim skatlarning himoyalanish a’zosi, masalan, dumining asosida zaharli shilimshiq modda bilan qoplangan tikani bo’ladi. Tropik dengizlarda uchraydigan elektr skatlarda 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan a’zosi ham bo’ladi. Skatlar zaharli nayzasi yoki elektr zaryadi yordamida o’z o’ljasini falajlaydi yoki dushmanini qochishga majbur qiladi. Skatlar boshqa ko’pchilik tog’ayli baliuqlar singari tirik tug’adi. Ular kam pushtli bo’lib, bitta urg’ochi skat 1-3 tadan 20-30 tagacha nasl beradi. Ko’pchilik skatlar dengiz tubidagi mollyuskalar bilan oziqlanadi. Faqat eng yirik, bahaybat manta suv qa’ridagi maydaqisqichbaqasimonlar va baliqchalar bilan oziqlanadi. Skatlarning 350 ga yaqin turi mavjud. Ba’zi turlari vitaminli yog’i uchun ovlanadi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish