2 -,,Oltin kuz” guruhi Xazonrezgenlik
O’zbekiston sharoitida kuz kelishi bilan yashil bargli o’simliklarning tashqi qiyofasi o’zgarib boradi, Kuzda juda ko’pchilik mevali va manzarali darxtlar hamda butalarning yashil barglari to’kilishi oldidan sarg’ish,-qizg’ish, sarg’ish-qizil va qo’ng’ir qizg’ish rangga kirishini ko’p marta kuzatgansiz. Bunda ulardagi xlorofillda qabday o’zgarishlar sodir boladi? Degan savollar tug’iladi. Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan yerga kelayotgan yorug’lik va issiqlik kamayadi. Bu omillar yetishmasligi tufayli xlorofill yemiriladi. Natijada barg hujayralarida sariq ,qizil va binafsharangdagi bo’yovchi moddalar sezilarili bo’lib qoladi. Kuzgi barglarning hujayralarida plastidalardan tashqari ,o’simliklarni hayotiy uchun zarur bo’lmagan zarali moddalar to’planadi. Ular hujayralarda yil bo’yi turli jarayonlar davomida yig’ilib qolgan chiqindi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |