Ochiq dasr bayonnomasi va qarori
Sana:
Sinf: 6-“A”
Mavzu: Birgalik nisbat
Darsni salomlashishdan boshladim va kun , sana, ob-havo ma’lumotlari va darsdagi davomatni aniqladim. Dars davomida men noan’anaviy usuldan foydalandim. Darsga o’quvchilarni qiziqtirish maqsadida “Domino”, “Venn Diagrammasi”,”Kim bilimdon?”, “O’yla!Izla!Top!” o’yinlaridan foydalandim. “Domino”o’yini orqali o’tilgan mavzu mustahlamlandi.
Yangi mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilarni 4 guruhga bo’lib oldim.
I.“Aniq nisbat “ guruhi
II. sO’zlik nisbat” guruhi
III. “Orttirma nisbat “ guruhi
IV.”Majhul nisbat” guruhi
Mavzuni tushuntirish maqsadida “O’yla!Izla!Top!” o’yinidan foydalandim. Bu usul orqali o’quvchilarning bilim salohiyatlari va tezkorliklarini mustahkamlab bordim.
Mavzuga oid video orqali nisbatlar haqida o’quvchilarda to’liqroq malumot shakllantirdim. Shundan so’ng “Kim chaqqon”o’yinidan foydalanib o’quvchilarni 5 balli sistemada baholadim. Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirib bordim.Dars oxirida o’quvchilarga uy vazifasini berib, faol qatnashgan o’quvchilarni baholadim.
Dars so’nggida g’olib guruhga “Eng faol guruh”, faol qatnashgan o’quvchilarga esa “Eng faol o’quvchi”, “Eng namunali o’quvchi”, “Eng bilimdon o’quvchi”, “Eng topqir o’quvchi”, “Eng zukko o’quvchi”nominatsiyalarini berdim va baholadim.
Darsimga kirgan o’qituvchilar: Jo’rayev Sherali, Najmiddinova Shamsiyabonu, Ibragimova Nargiza, Rahimova Farog’at ustozlar darsning tahlilini aytib o’tishdi. Darsim haqida quyidagi yutuqlarni aytib o’tishdi:
-siyosiy yangiliklar so’ralgani;
-fanga doir yangiliklar aytib o’tilgani;
-guruhlarda ishlash joriy etilgani;
-uyga vazifa so’rab baholangani;
-o’quvchilardagi ijodkorlikka ahamiyat berilgani;
-husnixat doimiy nazorat etib borilgani;
-turli metod va o’yinlarning dars mazmuniga ijobiy ta’siri va o’quvchilarning diqqatini jalb qila olingani;
-darsda AKT vositalaridan samarali va mazmunli foydalanilgani;
-dars bosqichlarining ketma-ketligiga ahamiyat berilgani;
-fan mavzusining zamon hamda boshqa fanlar bilan bog’langanligi.
Tahlil ilgan ustozlar quyidagi kamchiliklarga duch kelishishibdi:
-uyga vazifa doskaga yozib emas og’zaki aytilgani;
-ba’zi o’quvchilarning daftari nazoratdan chetda qolganligi
Ochiq dars qarori: ona tili av adabiyot o’qituvchisi Shahnoza Sharipova tomonidan o’tilgan ochiq dars namunali deb topildi.
Metodbirlashma rahbari: N. Ibragimova
Kotiba: Sh.sharipova
O’qituvchialar: F. Rahimova, N. Bozorova, M.Sadiyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |