IV. Mustahkamlash.
375-misol mustaqil yechiladi. Shu bilan birga o'quvchilar misolni doskada ham yechadilar.
376-masala quyidagicha yechiladi:
1-usul. 1) sotish uchun qolgan yashiklar -6-4 = 2 (ta);
2) sotish uchun qoldi - 13 • 2 = 26 (kg).
2-usul 13 • (6 - 4) = 26 (kg).
377-topshiriqdagi kesmalaming uzunligi: AB = 1 dm 1 sm 8 mm; CD = 6 sm 8 mm.
378-topshiriqdagi boshqotirmaning javobi: 35.
V. Uyga vazifa:
379-misol va 380-topshiriq uyga berilib, ularni bajarish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beriladi.
380-topshiriqdagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin: Do'konga 3 ta qadoqda 27 ta koka-kola keltirildi. Tushgacha 2 ta qadoqdagisi sotildi. Tushgacha nechta koka-kola sotilgan?
Yechilishi: 1) 1 ta qadoqda - 27 : 3 = 9 (ta);
2) sotildi - 2 • 9 = 18 (ta).
Do'stlaringiz bilan baham: |