Rivojlantiruvchi: hamkorlikda ishlash malakasini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: 90:30 ko‘rinishdagi misollarni yechishni puxta egallaydilar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni tekshirish
Darsning maqsadini aytish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.
III.Yangi mavzu bayoni:
99-misolning yechilishi asosida o‘nlik sonni o‘nlik songa bo’lish qoidasi tushuntiriladi.
100-misol o‘quvchilar bilan birgalikda og‘zaki yechiladi.
101-topshiriqdagi qisqa yozuv bo‘yicha quyidagicha masala tuzish mumkin: Do‘kondan pardalar tikish uchun 60 m gazlama sotib olindi. Bitta parda uchun 20 m gazlama sarflansa, 5 ta parda tikish uchun necha metr gazlama yetishmaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |