V Yangi mavzu bayoni
l eritmaning tarkibida erigan moddani ekvivalent miqdoriga shu eritmani normal konsentratsiya deyiladi.
Normal konsentratsiyani o‘rganishdan oldin, erigan moddani ekvivalent miqdori nima ekanligini va qanday aniqlanishi haqida tushunchaga ega bo‘- lib olishimiz kerak.
Erigan moddani ekvivalent miqdorini (nekv) aniqlash uchun erigan moddaning massasini (m) erigan moddani ekvivalent massasiga (E) bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.
n ekv - erigan moddaning ekvivalent miqdori(g/ ekv); m - erigan moddaningmassasi(g);
E - erigan moddaning ekvivalent massasi (ekv).
masala: 24,5 g H2SO4 ni ekvivalent miqdorini (g/ekv) aniqlang.
Dastlab H2SO4 ning ekvivalent massasini topib olamiz:
E k-ta- kislotaekvivalent massasi (g);
M k-ta - kislota molyarmassasi (g); n (H) - metallga o‘rnini beraoladigan vodorodlar soni.
Endi ushbu formula asosida H2SO4 ning ekvivalent miqdorini topamiz:
Javob: 0,5 g/ekv
Normal konsentratsiyani (Cn) o‘lchov birligi N (normal)dir. Normal kon- sentratsiyada eritma hajmini l da o‘lchanadi.
Shu formuladan erigan moddaning ekvivalent miqdorini (nekv) aniqlash uchun, eritmani normal konsentratsiyasini (Cn) eritma hajmiga (V) ko‘pay- tirish kerak bo‘ladi. Shu formuladan eritma hajmini (V) aniqlash uchun, erigan moddaning gramm ekvivalent miqdorini (nekv) eritmani normal konsentratsiyasiga (Cn) bo‘lish kerak.
masala: 5 l eritma tarkibida 3 g/ekv HCl bo‘lsa, shu eritmani normal konsentratsiyasini aniqlang.
Masalaning yechimi:
Eritmaning hajmi hamda erigan moddaning ekvivalent miqdorini qiymat- laridan foydalanib eritmaning normalligini aniqlaymiz:
masala: 5000 g suvga 68,4 g Ba(OH)2 qo‘shilishidan hosil bo‘lgan eritmaning (p=1,267 g/ml) normal konsentratsiyasini (N) aniqlang. Masalaning yechimi:
Dastlab, Ba(OH)2 ning ekvivalent massasini topib olamiz:
E asos - asos ekvivalent massasi M asos - asos molyar massasi (gr) (g) n - OH guruh soni
5000 g suvda 68,4 g Ba(OH)2 eritilganda 5068,4 g (5000+68,4=5068,4) eritma hosil bo‘ladi.
Eritmaning massasi va zichligining qiymatlari bizga ma’lum, bu ma’lu- motlar yordamida eritmaning hajmini aniqlaymiz:
Demak, biz tayyorlagan eritmaning normal konsentratsiyasi 0,2 N ga teng ekan.
Javob: 0,2 N
masala: 9,8 g H2SO4 ning 0,2 N li eritmasining hajmini ( l ) aniqlang. Masalaning yechimi: Dastlab H2SO4 ning ekvivalent massasini topib ola- miz: Endi H2SO4 massasidan foydalanib, uning ekvivalent miqdorini topamiz:
Topilgan ekvivalent miqdorini shu eritmaning normal konsentratsiyasiga bo‘lib, H2SO4 eritmasining hajmini topamizJavob: 1 l
Do'stlaringiz bilan baham: |