IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: o’quvchilarni yangi mavzu yuzasidan bilimlari savol – javob va tarqatmalar orqali mustahkamlanadi.
V.Uyga vazifa: 319-mashq. Mashqning bajarilish tartibi o’quvchilarga tushuntiriladi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________
Sana: __________________ Sinf: _________________________
1____-dars Mavzu: O`quv yilida o`tilganlarni takrorlash. TAKRORLASH
(320-322-mashqlar)
Maqsadlar: Ta’limiy:Nutq va gap. Ona tilining fonetik tizimi: nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuqbelgisi (fonetik tahlil);bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari haqida bilim,ko`nikma va malakalarni shakllantirish. Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi. Tarbiyaviy maqsad:o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish; Rivojlantiruvchi maqsad:o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish. Tayanch kompetensiyalar: K-1:Ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish; televizor, telefondan to‘g‘ri foydalanish. K-2:O‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish. K-3:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish. K-4:Orasta kiyinish; ozodalikka rioya qilish; milliy bayramlarni bilish; Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi. Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
320-mashq. Quyidagi chizma asosida so‘zlari o‘zaro boglangan gap tuzing.
321-mashq. O‘qing.
QALDIRG‘OCH UYASI
Menda zarra qolmadi gumon —
Zo‘r ishlaydi qushlar miyasi.
Hayratlarga soladi hamon,
Qaldirg‘ochning loyli uyasi
Turob Niyoz
Yozing. She’rning ikkinchi qatoridagi gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsating
322-mashq .Ikkita gap yozing.Ulardagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini chizmada ko‘rsating
Do'stlaringiz bilan baham: |