Sana: sana: Sinf: 9-a 9-b fan: Informatika va at. 40– dars. Mavzu: Paskalda ekranni grafik holatga o'tkazish Maqsad



Download 58,5 Kb.
bet1/3
Sana01.07.2022
Hajmi58,5 Kb.
#727142
  1   2   3
Bog'liq
9-40 dars


Sana: ______________ sana: _____________
Sinf: 9-A 9-B
Fan: Informatika va AT. 40– dars.
Mavzu: Paskalda ekranni grafik holatga o'tkazish
Maqsad:
1) ta’limiy: O`quvchilarga Paskalda ekranni grafik holatga o'tkazish operatorlari haqida ma’lumot berish;
2) tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik va ekologik tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning dasturlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: Paskalda ekranni grafik holatga o'tkazish va undan chiqish operatorlarini, ekranda nuqta va kesma chizish operatorlarnini bilsh.
Darsni borishi:
I. Tashkiliy davr: 1) salomlashish; 2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash

  1. Concat funksiyasining vazifasi nimadan iborat? Misollar keltiring.

  2. Qaysi funksiya satr uzunligini aniqlaydi? Misollar keltiring.

  3. Pos funksiyasi qanday vazifani bajaradi? Pos funksiyasining qiymati qachon nolga teng bo 'ladi?

  4. Copy funksiyasi nima uchun qo'llaniladi?

  5. Copy funksiyasining qiymati sonli bo 'lishi mumkinmi?

  6. Paskalda satming qismini o'chiradigan qanday protsedura bor?

  7. Paskalda berilgan satr ichiga boshqa satrni joylashtirishning imkoni bormi?

  8. Sonli miqdorni satrli miqdorga о 'tkazib bo 'ladimi?

  9. Paskalda ixtiyoriy belgili yoki satrli miqdorni sonli miqdorga о 'tkazib bo 'ladimi?

  10. Ord funksiyasining vazifasini aytib bering.

  11. Chr funksiyasi qanday vazifani bajaradi?

III. Yangi mavzuni o`rgansih.
Hozirgacha biz kompyuter ekraniga faqat matnli axborotni chiqarish bilan tanishdik. Ammo kompyuter ekranida turli rasmlar ham hosil qilish mumkin. Buning uchun Paskalning Graph (graf) modulida nuqta, to‘g‘ri chiziq, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana kabi bir qancha shakllarni chizishga mo‘ljallangan operatorlar mavjud.
Shakl chizish operatorlaridan foydalanish uchun dastur boshida Uses Graph; ko‘rsatmasi beriladi. Bu ko’rsatma uning tarkibidagi operator va funksiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi, xalos. Mazkur operatorlarning ishlashi uchun esa, ekran grafik holatga o‘tkazilishi zarur.
G rafik holatda kompyuter ekrani mayda nuqta (piksel) lardan tashkil topadi. Grafik holatda ham matnli holatdagi kabi yurgich mavjud bo‘lib, u nuqtadan iborat. Ekranda hosil bo‘ladigan barcha chizmalar yurgichning ekranda iz qoldirib yoki iz qoldirmasdan siljishi natijasida hosil bo‘ladi. Yurgichning ekranda turgan o‘rni uning koordinatasi bilan aniqlanadi. Koordinata boshi bo’lgan (0,0) nuqtasi ekranning chap yuqori burchagida joylashgan. Ekran grafik holatga o‘tkazilganda yurgich koordinata boshida joylashadi. Koordinata o‘qlari X va Y koordinata boshidan mos ravishda o‘ngga va pastga qarab yo‘nalgan, ya’ni qiymatlar shu yo’nalishlarda o‘sib boradi. Ekranning yurgich turgan nuqtasi joriy nuqta deyiladi. Ekrandagi nuqtalar soni ko’pi bilan 640x480 ta (0..639x0..479) bo’ladi.
Ekranni grafik holatga o‘tkazish uchun Graph modulining InitGraph(GD,GM,); ko‘rsatmasidan foydalaniladi, bu yerda GD (GraphDriver) va GM (GraphMode) – butun sonli o‘zgaruvchilar. Ularning qiymati kompyuterning grafik imkoniyatlariga va tanlangan grafik holatga bog’liq. Agar GD:=0; (yoki GD:=Detect;) deb olinsa, dastur tomonidan eng samarali grafik holat avtomatik aniqlanadi. – grafik holatda ishlashni ta’minlovchi BGI kengaytmali maxsus fayl joylashgan BGI katalogi adresi bo’lib, zamonaviy kompyuterlarda EGAVGA.BGI fayli qo’llaniladi. Bu fayl joriy katalogda joylashgan bo’lsa o‘rnida bo’sh satr yoziladi.
Grafik holatdan chiqish, ya’ni matn holatiga qaytish uchun CloseGraph operatoridan foydalaniladi. Grafika bilan bog’liq dasturlar, asosan, quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Uses Graph;
Var Gd, Gm : Integer;
{Grafika bilan bog’liq masalaga mos o’zgaruvchilar tavsifi }
Begin
Gd := 0; { Grafik drayverni avtomatik ravishda aniqlash }
InitGraph(Gd,Gm, ‘‘); { Grafik holatga o‘tish }
{Grafika bilan bog’liq masala yechimi yoziladigan qism}
Readln; CloseGraph; { Grafik holatdan chiqish }
End.
Paskal tilida 16 xil rangdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu ranglar 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir rang uchun maxsus o‘zgarmas (konstanta) ajratilgan bo’lib, ular matn holatida ishlatiladigan ranglar bilan bir xil (ekran bilan ishlash mavzusidagi ranglar jadvaliga qarang).
Graph modulida 80 ga yaqin operator va funksiyalar mavjud. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishamiz.

Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish