Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori:Yangi yilga yangi umidlar !
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,yasatilgan archa,qorbobo,qorg`iz maketlari(sinfdagi o`quvchilardan birini qorbobo va qorg`iz qilib tayyorlash ham mumkin )
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi:
Archa – archa,jon archa,
Yaproqlaring ninacha.
Atrofingga yig`ilib
Qo`shiq aytadi barcha.
Salom senga,ko`k archa,
Qishin-yozin yashnaysan.
Yaproqlaring ninacha,
Yasangansan,go`zalsan.
-Xush bolajonlar,ayting-chi qaysi bayramda biz yasangan,chiroyli archani ko`rishimiz mumkin?
-Yangi yil bayramida.
-Barakalla!Qaysi faslda “Yangi yil” bayrami nishonlanadi?
-Qish faslida.
-Yangi yilda kimlar mehmon bo`lib kelishadi?
-Qorbobo va Qorqiz?
-Siz bu bayramni yaxshi ko`rasizmi? Nima uchun?
-Ha,juda ham yaxshi ko`ramiz.(… … … .)
-Tasanno!
II.Asosiy qism:
-Endi bolajonlar men sizlarga dunyoda bolalar bu bayramni qanday kutib olishlari haqida qiziqarli ma`lumotlar aytib bermoqchiman.Diqqat bilan tinglang.
Yer yuzidagi barcha bolajonlar xuddi siz kabi Yangi yil bayramini birdek yaxshi ko`rishadi. Bayram davlatlarning urf-odatlaridan kelib chiqqan holda turlicha nishonlanadi.
Sharq xalqlari bu bayramni bahor oyida nishonlashadi.
Dekabr polyak bolalari uchun ham bayramlarga boy hisoblanadi. Shu kuni onalar bolalari uchun dasturxonga 12 xil taom pishiradilar.Bu – yil,o`n ikki oy shu uyda to`kin-sochinlik bo`lsin degani.
Germaniyada esa kichkintoylar oyoq kiyimlarini eshik oldiga qo`yib,o`zlari o`rinlari tomon uxlagani ketishadi.Ertalab uyqudan uyg`ongan bolalarning oyoq kiyimlariga Qorbobo sirli sovg`alarni solib ketadi.Buning uchun bolalar orzularidagi sovg`ani qog`ozga yozib,pechka oldiga qo`yishadi.Bu mamlakatda bayram kuni mo`ri tozalovchini ko`rgan kishilar chinakamiga baxtli hisoblanishadi.Mo`ri tozalovchiga tegib ketib,ust-boshlarini kir qilgudek bo`lsalar,yangi yil ularga yil davomida baxt olib kelar ekan.
Biz ham ushbu bayramga o`zgacha tayyorgarlik ko`ramiz. Yil davomida qilgan ishlarimizga yakun yasab,Yangi yilni yangi orzular va yangi rejalar bilan kutib olish xalqimiz uchun odat tusiga aylangan.Yangi yilning boshida beriladigan ta`tilni aytmaysizmi?Ayni muddao.Barcha bolalar ushbu kunlari archa bayramiga boradilar.Yasatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz,ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalarda qatnashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |