Sana:
Mavzu: Fialka gulini yasash.
Darsni olib borish texnologiyasi.
O’quv mashg’ulotining shkli
|
Nazariy, amaliy.
|
O’quv mashg’ulotining tuzulishi
|
1. Mavzu haqida ma`lumot.
2.Texnika xavfsizilik qoidalari.
3.Ishlatiladigan asbob-uskunalar.
4.Amaliy mashg‘ulot.
|
O’quv mashg’ulotning maqsadi
|
O’quvchilarga bisserdan fialka gulini tayyorlashni o`rgatish. Bisserdan gul tayyorlash usullari ketma ketligi bo`yicha bilim ko`nikma malakasini shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar
1.Mato qoldiqlari bilan ishlash hamda yostiq tikish ketma ketligi ish jarayonlari haqida ma`lumot berish
2. Texnika xavfsizilik qoidalarini
yod olidirish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
1.Bisserdan fialkan gulini tayyorlash ketma ketligini o`rganishadi.
2. Texnika xavfsizilik qoidalarini yodga oladilar.
|
Ta’lim metodi
|
Og’zaki, ko’rgazmali.
|
Ta’limni tashkil etish shakli
|
Nazariy, amaliy.
|
Didaktik vositalar
|
Slayd - prezentasiya
|
Ta’limni tashkil etish sharoiti
|
Mehnat ta’limi maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan “Servis xizmati” o’quv ustoxonasi.
|
Nazorat
|
Bajarilayotgan ish ketma ketligini nazorat qilib turish
|
Darsning texnologik xaritasi.
Ish jarayonlari vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O`qituvchi
|
O’quvchi
|
1 bosqich.
Tashkiliy qism
(5 daqiqa)
|
1.1.Salomlashish.
1.2.Davomatni aniqlash.
1.3.Navbatchi tayinlash.
|
|
2 bosqich.
Yangi mavzu bayoni
(15 daqiqa)
|
2.1.Yangi mavzu e’lon qilinadi.
2.2.Mato qoldiqlari bilan ishlash hamda buyumlar tayyorlash haqida tushuncha beriladi.
|
Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi.
|
3 bosqich.
Asosiy jarayon. Amaliy mashg`ulot
(60 daqiqa)
|
3.1. Texnika xavfsizilik qoidalarini yodga olishadi.
3.2. mato qoldiqlaridan yostiq tikishni o`rganishadi.
|
Fialka gulini tayyorlashadi.
|
4 bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
4.1.Mavzu bo`yicha umumiy xulosa qilinadi.
4.2. Uyga vazifa beriladi.
|
Tinglaydilar.
|
Mashg’ulotning borishi:
1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash
3. Navbatchi tayinlash.
Fialka gulini yasash.
Kerakli mahsulotlar: Noz munchoq 3 xil rangli siyoh rang,olov rang, yashil rang.
-
Maxsus ingichka sim.
-
Yashil rang ip.
-
Katta munchoq har bir gul shodasi uchun.
Maxsus simni 20 sm uzunlikda kesib tayyorlab olinadi. Sigma 8 dona siyoh rang nozmunchoq terib chiqiladi va aylana shakl berib buraladi.
Simning bukilgan qismidan boshlab yana siyoh rang nozmunchoq terib chiqiladi birinchi aylana nozmunchoqni aylantirib boshlangan joyga kelib burab qo`yiladi. Manashu jarayon 3 ta aylana hosil bo1lgunicha takrorlanadi. Bajarilish jarayoni rasmda ko`rsatilgan.
Xuddi manasu gul bargidan 5 dona tayyorlanadi
manasu gul bargidan kattaroq shaklda 35 dona tayyorlab olinadi
simga yana 8 dona nozmunchoq terib olinadi, aylana shakl hosil qilinib burab qo`yiladi.
Tugilgan qismdan boshlab yana nozmunchoq terib chiqiladi aylana shaklni aylantirib ikkinchi qator ham boshlanish qismiga kelib burab olinadi. Bajarilish jarayon ketma ketligi rasmda ko`rsatilgan.
Manasu bajarilgan gul bargidan 3dona tayyorlanadi
Ikki qatorli gul barglaridan kattaroq shaklda 21 dona tayyorlab olinadi . Tayyorlash jarayoni yuqorida ko`rsatib o`tilgan gul barglaridek, faqat unga nisbatan kattaroq ko`rinishda bajariladi.
Sim rasmda ko`rsatilgan holda burab olinadi.
10 dona yashil nozmunchoq terib olinadi.
Simning ikkinchi tomonidan ko`proq nozmunchoq terib olinadi.
10 donalik nozmunchoqga biriktiriladi.
Burab biriktirilgan joydan boshlab yana aylana shaklda qolgan qismi biriktiriladi
.
o`rta markazdagi simning ikki yon tomonidan 5 marta aylana hosil qilinadi. Yani nozmunchoq qatorlar soni 11 qator bo`ladi.
Barglardan jami 7 dona tayyorlanadi.
Sariq rangli nozmunchoqdan 3 dona terib birlashtiriladi
So`ng katta 1 dona munchoq teriladi.
Xuddi shunday 7 dona tayyorlanadi.
Munchoq tugagan joydan boshlab yashil ip bilan o`raldi
So`ngsiyoh rangli tayyor kichkina gul barglaridan boshlab o`rta siga 3 dona ip yordamida biriktiriladi.
Kiyin 5 dona katta gul barglari ip yordamida biriktiriladi.
barcha bajarilish jarayoni ketma ketliklari rasmda batafsil ko`rsatilgan.
Gulning yashil barglarini ketma ketlikda birlashtirib chiqamiz.
Fialka gulini tayyorlab oldik
albaster suv bilan aralashtirilib gul tuvak ichiga solinadi tayyorlab olingan gulllar shodasini gul tuvak markaziga solib alibastr qotgunicha ushlab turamiz.
Gul tuvak ichini yani alabaster ustini munchoqlar bilan yasatishimioz mumkin.
Mana dekarativ gulimiz ham tayyor.Bayramlarda quvonchli kunlarimizda yaqinlarimizga sovg`a sifatida taqdim etishimiz mumkin.
Keraksiz mato bo`laklaridan dekoratuv bezak qovoqcha tayyorlash.
Bu mahsulotni tikuv mashinasiz ham tayyorlasak bo`ladi.Tayyorlagan mahsulotni bolalar uchun o`yinchoq yoki biror buyumni , joyni yasatishda ishlatishimiz mumkin. Bu jarayonni bajarish uchun 30-35 daqiqa ketishi mumkin. Boshlang`ich sinf o`quvchilari dars jarayonida bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |