III.Yangi mavzu bayoni:
-Bugungi darsimizda biz sizlar bilan q harfini yozishni o`rganamiz. Bosma va yozma q harfi ko`rgazma orqali taqqoslanadi. O`qituvchi sinf xattaxtasiga q harfini yozib ko`rsatadi. Yozuv quyidagicha izohlanadi:Kichik q harfi kichik o harfiga osti tugunchakli unsurini qo`shib yozish orqali hosil bo`ladi.
IV.Mustahkamlash
O`quvchilar havoda mashq qiladilar, bir necha o`quvchi xattaxtada mashq qiladilar.Yozishni o`rganib olgach daftarlariga yozadilar.Yozish vaqtida o`tirish, chiroyli yozish, ruchka ushlash qoidalari esga olinadi.Parta oralab yurib qiynalayotgan o`quvchilarga yordamlashib turiladi.
Quvnoq daqiqa o`tkazish.Bunda o`quvchilar qo`l harakatlari bilan birgalikda yoddan she`r aytadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |