III.Yangi mavzu bayoni:
-Bugungi darsimizda biz sizlar bilan sh harfini yozishni o`rganamiz.Bosma va yozma sh harfi ko`rgazma orqali taqqoslanadi. O`qituvchi sinf xattaxtasiga sh harfini yozib ko`rsatadi. Yozuv quyidagicha izohlanadi:kichik: s va kichik h harfini qo`shsak sh harfi hosil bo`ladi.
IV.Mustahkamlash
O`quvchilar havoda mashq qiladilar,bir necha o`quvchi xattaxtada mashq qiladilar.Yozishni o`rganib olgach daftarlariga yozadilar.Yozish vaqtida o`tirish ,chiroyli yozish ,ruchka ushlash qoidalari esga olinadi.Parta oralab yurib qiynalayotgan o`quvchilarga yordamlashib turiladi.
Quvnoq daqiqa o`tkazish.Bunda o`quvchilar qo`l harakatlari bilan birgalikda yoddan she`r aytadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |