III.Yangi mavzu bayoni:
-Bugungi darsimizda biz sizlar bilan e harfini yozishni o`rganamiz. Bosma va yozma e harfi ko`rgazma orqali taqqoslanadi. O`qituvchi sinf xattaxtasiga e harfini yozib ko`rsatadi. Yozuv quyidagicha izohlanadi:Kichik e harfi unsurlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi.Kichik e harfi boshqa harflar bilan oson bog`lanadi.
IV.Mustahkamlash:
O`quvchilar havoda mashq qiladilar,bir necha o`quvchi xattaxtada mashq qiladilar.Yozishni o`rganib olgach daftarlariga yozadilar.Yozish vaqtida o`tirish ,chiroyli yozish ,ruchka ushlash qoidalari esga olinadi.Parta oralab yurib qiynalayotgan o`quvchilarga yordamlashib turiladi.
Quvnoq daqiqa o`tkazish.Bunda o`quvchilar qo`l harakatlari bilan birgalikda yoddan she`r aytadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |