III.Yangi mavzu bayoni:
-Bugungi darsimizda biz sizlar bilan i harfini yozishni o`rganamiz. Yozuv daftaridagi rasmlar kuzatiladi. Bosma va yozma i harflari o'zaro taqqoslaniladi. Yozuv daftaridagi namuna asosida ilgakli belgilar yoziladi. i harfini xattaxtaga yozib ko'rsataman. Yozuv quyidagicha izohlanadi: Ruchka uchini yozuv yo'lining tepa chizig'iga qo'yib pastga qarab qiya to'g'ri chiziq chizasiz. Pastki chiziqqa yetkazmay o'ngga burasiz va ilmoqcha hosil qilasiz. Hosil bo'lgan harf belgisi ustiga qiya to'g'ri chiziq, yo'nalish bo'ylab tepasiga nuqta qo'yasiz. O'quvchilar havoda i harfini yozishni mashq qiladilar. Chiziqsiz varaqlarda ham bir necha marta mashq qilinsa, i harfini yozish uchun kerakli ko'nikmani egallab olish mumkin bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |