Sana: mavzu: bilim ol, kasb-hunar tanla! Darsning maqsadi: Ta’limiy



Download 0,77 Mb.
bet4/4
Sana17.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#382303
1   2   3   4
Bog'liq
6-sinf

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, o`quvchilardan kun yangiligini tinglash, darsga tayyorgarlik.

II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib o‘tgan mavzu yuzasidan bahs-munozara ko‘rinishida mavzuni mustahkamlash.

III. Yangi mavzu bayoni.

Bugun quyidagilarni o’rganasiz:

1. Bilim olish qanchalik muhim?

2. Bilim, malaka va ko‘nikma o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

3. Tajriba qanday shakllanadi va to‘planadi?

4. Bizning yurtimiz hunarmandchilikning qanday turlari bilan mashhur?

5. Qanday kasblar bor va ular nima uchun paydo bo‘lgan?

6. Kasbiga umrini bag‘ishlagan qanday yurtdoshlarimizni bilasiz?

Insonga bilim nima uchun kerak?

B iz yashayotgan, o‘sib-ulg‘ayayotgan dunyo ulkan va murakkab, ba’zan hatto xavflidir. Bu

dunyoda o‘z o‘rnimizni topish uchun har birimiz ko‘p narsalarni bilishimiz va o‘rga nishimiz lozim.

Bir necha yildan keyin biz kasb tanlashimiz kerak bo’ladi. Buni maktabdagi barcha fanlardan puxta tayyorlangan holda amalga oshirish mumk in. Tarixiy va adabiy asarlarni, ularning qahramonlarini chuqur o‘rganishimiz, xatti-harakat laridan o‘rnak olishimiz mumkin. Ona tilimizni o’rganish asnosida biz fikr va mulohazalari mizni bayon etishni o‘rganamiz. Xorijiy tillarni o‘rganish esa, dunyo xalqlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishda, ular bilan hamkorlik qilishda asqatadi. Shular qatorida botanika, biologiya, kimyo, fizika, geografiya fan lari tabiat sirlari va uning qonuniyatlarini ochib beradi, ma tematika esa, fikrlash va tasavvurni rivojlantiradi.



Bilim va ko’nikmalar

Buyuk nemis faylasufi Gyote aytganidek: «Bilimning o’zi yetarli emas, uni amalda qo’llay bilish ham kerak; istakning o’zi yetarli emas, harakatlanish kerak». Ya’ni inson uchun shunchaki bilimga ega bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi, bu bilimlarni hayotda qo’llay bilishi ham zarur.

Masalan, siz yaxshi xulq-atvor qoidalarini bilasiz, ammo bu o’zingizni yaxshi xulqli inson, deb hisoblash uchun yetarli emas. Ushbu qoidalarni vaziyatga qarab, qanday qo‘llashni bilish malaka orqali yuzaga chiqadi. Malaka – bu kasb-hunarni, ishni o‘zlashtirish orqali orttirilgan tajriba. Inson muayyan amallarni bilishi va bajara olishi, har safar ularni amalda yaxshiroq hamda aniqroq takrorlashi sababli ko‘nikma paydo bo‘ladi. Ko‘nikma esa, tajriba va mahoratga ega bo‘lishga olib keladi.

Ma’naviyat xazinasidan

Bilim barcha kulfatlarga qalqon.

Odamlar qalbining charog‘i bilim,

Balodan saqlanish yarog‘i bilim.

Abu Abdulloh Rudakiy

BEBAHO SABOQ

Tibbiyot sohasida qator muhim kashfi yotlar qilgan bir olim yoshligida muzlatgichda turgan shisha idishdagi sutni olmoqchi bo‘lganida idish qo‘lidan tushib sinibdi va sut hamma joyga sachrab ketibdi. Onasi oshxonaga kirib, o‘g‘liga baqirish, tanbeh berish yoki jazolashning o’rniga shunday debdi: “Bolam, qanday ajoyib tartib sizlik qilibsan! Nima ham qilardik, bo‘lar



ish bo‘libdi. Agar xohlasang, biroz o‘y nashing mumkin, keyin hammasini yig’ishtirib olamiz”.

U o’ynay boshlabdi, bir necha daqi qadan so’ng onasi unga shunday debdi: «o’g’lim, hamma joyni ifl oslan tirgandan keyin uni tozalash kerak. buni nima yordamida tozalashni xohlaysan, shimgich, sochiq yoki cho‘tka bilan?”.

U shimgichni tanlabdi va birgalikda to‘kilgan sutni artib olishibdi. Keyin onasi unga shunday debdi: «bu kichik qo’lchalaring bilan sutli idishni ko’tarishingni muvaffaqiyatsiz tajriba, deb atash mumkin. kel, tashqariga chiqib, shisha idishga suv solamiz va uni to‘kmasdan ko‘tarishning boshqa usulini sinab ko‘ramiz”.

O‘shanda bo‘lajak olim agar shisha idishni qopqog‘ining tagidan ushlasa, suvni to‘kmay ko‘tara olishi mumkinligini tushungan ekan. Taniqli olim shunday debdi: “Aynan o‘sha payt da xato qilishdan qo‘rqmaslik kerakligini, aksincha, xatolar yangi bilim larni o‘rganish uchun imkoniyat ekanligini va ular ilmiy tajribalarning mohiyatini tashkil etishini tushundim. Hatto tajriba muvaffaqiyat siz bo‘lsa ham.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi

1. «Tajriba» so’ziga o’z ta’rifi ngizni keltiring.

2. Sut to‘kilganini ko‘rgan ona o‘g‘liga nimalar dedi?

3. Olimning fikriga ko’ra, nimadan qo’rqmaslik kerak?



V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.



VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulosa chiqarish.

1. Inson o‘z kasbining mohir mutaxassisi bo‘lishi uchun shu kasb bilan bog‘liq xislatlarga ham ega bo‘lishi kerakmi?



2. Siz tanlamoqchi bo‘lgan kasb uchun qanday xislatlarga ega bo‘lish kerak?
O`IBDO`:________________________________
Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish