YAXSHI NIYAT
Habib Rahmat
Bir kun oʻgʻlim soʻrab qoldi:
Bobolarim boʻlganmi?
Bor boʻlsalar qani ular,
Elga xizmat qilganmi?
Nе dеyishga qoldim hayron,
Boʻlmasdi shu turishda:
Katta bobong shahid boʻlgan
Tengsiz jangda, urushda!
«Urush» soʻzin eshitdi-yu,
Oʻgʻlim birdan oʻzgardi.
Koʻzlarida gʻazab chaqnab
Bir nimalar soʻzlardi.
Urush muncha yomon ekan,
Oʻylab topgan kim buni?
Yalmogʻizdan battar ekan
Odam, olam dushmani.
Mеhr bilan tikildim shod
Shu murgʻak polaponga.
Hayajondan oʻgʻilchamni
Dast koʻtardim osmonga.
Sеning jajji yuragingda
Olam orzu ovozi.
Yaxshi niyat oʻlmaydi hеch
Yuksak boʻlur parvozi.
Oʻgʻlim xursand soʻzlar shodon:
Yaxshi niyat oʻlmaydi!
Yashasin-ay,
Yashasin-ay,
Endi urush boʻlmaydi!
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Shoir «yaxshi niyat» deganida nimani nazarda tutadi?
2. Jahon xalqlarining ezgu niyati nima deb o‘ylaysiz?
V. Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash. Savol-javob:
O’quvchilar javoblari tinglanib, dars xulosalanadi.
O’quvchilar darsda ishtirokiga ko’ra baholanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |