SHAHZODANING BOLALIGI
Erkin Samandar
Kuzbor Malik kelib, malika Oychechak huzurida ehti- rom ila bosh egdi.
Yo‘qlagan ekansiz, malikam!
Oychechak unga yonidan joy ko‘rsatib, o‘tirishga imo qildi.
Siz yaqinimsiz, Kuzbor og‘a, — dedi malika nigo- hini unga tikib, — shuning uchun sizga ishonaman.
Malikam!
Malik uning qarshisida tiz cho‘kdi.
Buyuring, ne yumush! Nima qilay? Qayga boray?
Oychechak qo‘li bilan o‘tiradigan joyni ko‘rsatdi.
Og‘a, o‘tiring.
Kuzbor sadoqat to‘la nigohini unga tikib so‘z qotdi:
Siz, buyuk Xorazmshoh rafiqasi, men qulingiz- man, xolos.
Oychechak minnatdorchilik bilan unga qarab, dedi:
Sizga, og‘am, zarur yumushim bor. O‘g‘lim Jalo- liddinni qo‘lingizga topshirmoqchiman. Uni tarbiya qiling. Toki u injiq-tantiq shahzoda emas, balki chinakam ba- hodir yigit bo‘lsin!
Oychechak oltin to‘la hamyonni unga uzatdi.
Jaloliddinni o‘z otalig‘ingizga olib, yaxshi tarbiya berasiz.
Oychechak e’tirozga og‘iz juftlamoqchi bo‘lgan Kuz- borga endi amr etdi:
Uni ayamang. Bilgan narsangizni o‘rgating. Alp yigit bo‘lsin. Xudoga shukur, savodini chiqardi. Zehni o‘tkir. Ammo siz unga harbiy ilmni astoydil o‘rgating. Men sizni hozirgi xizmatingizdan ozod qildiraman. Va- zifangiz faqat o‘g‘lim bilan shug‘ullanish! Bu faqat me- ning emas, balki Xorazmshohning ham amridir!
Bosh ustiga, malikam! Oychechak ko‘ziga to‘lgan yoshlarni ko‘rsatmaslikka harakat qildi.
Uni yuzxotir qilmang. Jaloliddin — valiahd, ammo bugundan e’tiboran shogirdingiz, o‘quvchingiz. Kuzbor ta’zim ila chiqib ketgach, Oychechak o‘zini yig‘idan to‘xtata olmadi. Ona uchun o‘g‘lining o‘zidan uzoqlashishi naqadar og‘ir edi.
Mamlakatning ko‘rkam viloyatlaridan birida Kuz- bor Malik shahzoda uchun qarorgoh hozirladi. Bu yer- da uning asl zotli mingga yaqin yilqilari boqilar edi. U shahzodaga birinchi navbatda otda yurishni o‘rgatdi.
Yilqilarning orqasidan borsangiz, tepadi, — dedi Kuzbor, — oldindan borsangiz, tishlaydi. Bunday otni yonboshidan borib, chap tomondan bo‘lsa, chap qo‘l bi- lan, o‘ng tomondan bo‘lsa, o‘ng qo‘l bilan uning yo‘li- dan tutib, tezlik bilan o‘zingizni ustiga oling. Otning yo- lini qo‘ldan chiqarmang. Agar yol qo‘ldan chiqsa, yerga qattiq yiqilishingiz mumkin. Oyoq ostida qolish xavfi bor. Otning ustida o‘rnashib olgandan keyin ikki tizzalab otni siqib turib, yolini qo‘yib yuboring. Ot minilmagan bo‘lsa ham, chopib-chopib o‘zi yuvoshlanib qoladi.
Ular har kuni ovga chiqishar edi. Jaloliddin ot chop- tirib, yoydan otmoqni: o‘ngdan, so‘ldan, oldindan va or- qadan mo‘ljalga urmoqni o‘rgandi.
Kuzbor Malik unga ikki qo‘lda qilich ishlatish va chavandozlik mahoratini namoyish qildi. Kuzbor ten gi yo‘q chavandoz edi. U uch otni yondoshtirib, birin- chisidan uchinchisiga, uchinchisidan birinchisiga, so‘ng ikkinchisiga epchillik bilan sapchib o‘ta olar, chopib bo- rayotgan otda egarning ustidan uning yonboshiga egi- lib, ko‘zdan g‘oyib bo‘la olardi. Jaloliddin ham shunday mashqlar qila boshladi.
Kuzbor jang-jadallar ko‘rgan bo‘lib, Jaloliddin uning hikoyalarini zavq bilan tinglar, ayniqsa, xorazmshohlar tarixiga oid voqealarga juda qiziqar edi. U Kuzbor Ma- likdan bobosi Takishning jasurligi haqida ham ko‘p hi- koyalar eshitdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |