Darsning borishi:
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; snow - qor, colours - ranglar.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
1. Shoir Vatanni nima uchun «ko‘zlarimning gavhari» deb ataydi?
2. Vatanni «jondek asrash» deganda nimani tushunasiz?
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
NAJMIDDIN KUBRO
Yo‘q emaskan, bor ekan, och emaskan, to‘q ekan. Qadim zamonda, Amudaryo tomonda gul-u bo‘ston bir yurt bo‘lgan ekan. Tabiati g‘oyat so‘lim, eli halim ekan.
Tuprog‘i shu qadar hosildor ekanki, yolg‘ondan cho‘p qadasangiz, chindan daraxt bo‘lib o‘sarkan. Bu o‘lkaning donolari ham ko‘p ekan. Shayx Najmiddin Kubro donolar donosi sanalarkan. Xalq biror ishga qo‘l urmoqchi bo‘lsa, avvalo, u kishining maslahatini olarkan. Shuning uchun bu o‘lka urush-janjalga begona ekan. Yurtning nomi Xorazm ekan.
Xullas, bir kuni mo‘g‘ul degan bosqinchi Xorazmga yurish boshlabdi. Yo‘lida uchragan bog‘-u rog‘larni vayron qilibdi. Uylarga o‘t qo‘yib, qo‘y-qo‘zilarni haydab ketib, shaharni o‘rab olibdi. Bosqinchilarning niyati bu go‘zal yurtga o‘zlari hukmron bo‘lib, uning xalqini qul qilib sotish ekan.
Ahli Xorazm qayg‘uga tushibdi. Botirlari jangga hozirlik ko‘ra boshlabdi. Shahar atrofida izg‘ib yurgan dushman esa qal’ani yorib kirish yo‘llarini izlarkan. Ayg‘oqchilardan biri mo‘g‘ullar sardoriga:
— Onhazrat, bir qoshiq qonimdan kechsangiz, fikrimni ayturman, — deb ta’zim qilibdi.
— So‘yla!
— Shohim, bu yurtning donolari ko‘pdir. Donolar donosi shayx Najmiddin Kubro erur. Bu qonli jangda ul hazratning ko‘ngillari ozor topsa, zinhor g‘alabayi
munavvarga yetmasmiz. Farmon bering, shayx biz tarafga o‘tsinlar. Ondin so‘ng biz yeng shimarib jang boshlaylik.
Shoh ko‘p o‘ylabdi. Nihoyat, taklifni qabul aylabdi. — Maktub tayyorlang! Chopar yuboring! Shayx hazratlari biz tomonga o‘tsinlar!
Chopar maktubni olib, qal’a darvozalaridan ichkari kiribdi. Najmiddin Kubroga xatni tutqazibdi. Bir qancha muridlari bilan o‘tirgan shayx maktubni ovoz chiqarib o‘qibdilar:
«Shayx hazratlari, sizga bo‘lgan kamoli ehtiromimiz haqqi, oilangiz va yana o‘n kishi birla biz tarafga o‘ting! Farog‘atda osuda umr ko‘rursiz!»
— Boring, yetkazing! Mening yaqinlarim o‘n kishidan ko‘pdur.
Ertasi kuni chopar yana xat keltiribdi: «Hazrat, mayli, yuz kishi birla o‘ting!» Shayx debdilar:
— Yetkazingkim, ular yuz kishidan ham ko‘pdur. Uchinchi kuni chopar yana maktub keltiribdi: «Mayli, ming kishi birla o‘ting», — deyilibdi xatda. Hazrat shunday debdilar:
— Mening yaqinlarim ming kishidan ham ko‘p erur. Butun xalq mening yaqinlarimdur.
To‘rtinchi kunning tongi otmabdi. El-u yurtning oromi yo‘q, yotmabdi. Quyosh hali boshin ko‘tarmay turib, dushman qal’a ichiga ot surib kiribdi. Kimning qo‘lida tayoq, kimning qo‘lida o‘roq, dushmanga hamla qilishibdi. Shayx Najmiddin Kubro ham qonli jangga kiribdilar. Dastlab bayroqqa tashlanibdilar. Zero, bayroqning egilgani — raqibning yengilgani. Ana shunda shayx Kubro dushman bayrog‘ini pastga tortib turganlarida, bir bosqinchi shayxning o‘ng qo‘liga qilich solibdi. Qora qonga bo‘yalgan shayx ot ustidan qulab tushibdilar. Yov bayrog‘ida qolib ketgan o‘ng qo‘llari esa hamon bayroqni changallab, pastga tortar ekan. Harchand urinmasin, yov shayxning
qo‘llarida g‘ijimlanib turgan bayroqni sug‘urib ololmabdi. Dushman yengilibdi.
Shayx Najmiddin Kubro esa Vatan uchun bo‘lgan jangda shahid bo‘libdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |