T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish,
o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.
Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
313-mashq. O‘qing va ko‘chiring. Fe’l yasovchi qo‘shimchalarni belgilang.
Salomlashib sizlashamiz,
Bir-birimiz izlashamiz.
(Obid Rasul)
Fe‘llarni aniqlang, asos va fe‘l yasovchi qo‘shimchalarini tegishlicha belgilang
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
314-mashq. O‘qishni sevaman“ mavzusida insho yozing. Mavzuni yoritishda qaysi turkumdagi so‘zlardan ko‘proq foydalandingiz? Qaysi turkumdagi so‘zlar gapingizni tugallashingizga yordam berdi?
315-mashq. Matnni o‘qing. Fe’llarni tahlil qiling.
Yer yuzida tinchlik, xavfsizlik, osoyishtalikni saqlash uchun 1945-yilning 24-iyunida xalqaro tashkilot tuzildi. U Birlashgan Millatlar Тashkiloti deb nomlandi. U xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni o‘rnatadi. („Gulxan“dan)
Namuna: nomlandi – nima qilindi?, fe’l, bo‘lishli fe’l, nom – asos, -lan – fe’l yasovchi qo‘shimcha.
Yechim:tuzildi-nima qildi? Fe’l bo’lishli fe’l ,tuz –asos ,il-shakl yasovchi qo’shimcha .o’rnatadi-fe’l, bo’lishli fe’l ,o’rin asos –a qo’shicha –t ottirma nisbat.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
316-mashq. O‘zingiz haqida taqdimot tayyorlang.
Bilimingizni tekshiring!
Fe’llar qanday ma’nolarni bildiradi? Misollar
keltiring. J:Harakat va holatni
Fe’llarning gapdagi o‘rni va ahamiyatini misol-
lar bilan tushuntiring. J:gapning asosiy bo’lagi
Fe’l yasovchi qo‘shimchalarni ayting. Ular qaysi so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi? -la,-sa,-illa,-lan. Ishla ,suvsa.
O`IBDO`:_________ ____________________
Do'stlaringiz bilan baham: |