Sana__________________________
Mavzu : Geometrik shakllar. Matnli masalalar. Uzunlik va uning birligi santimetr
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash Uzunlik va uning birligi santimetr.Ta’limiy: O’quvchilarning sanoq texnikasini, to’g’ri va teskari sanash qobiliyatlarini boyitish. Sonlarni o’zaro taqqoslash ,. TK3 masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish; FK2 amaliy vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi. Tarbiyaviy: O’quvchilarda jonivorlarga nisbatan mehr uyg’otish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash. TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.TK4 milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llay olish;zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tushuna olish.Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. FK1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism.
a) salomlashish, davomatni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
1.100 sonining ichida nechta birlik va nechta o’nlik bor?
2. 90 sonining ichida nechta birlik va nechta o’nlik bor?
3. 99 sonining ichida nechta o’nlik va nechta birlik bor?
III Yangi mavzu bayoni Sanashni takrorlaymiz
1 -misol
Bizning daftarimizdagi 2 ta katak bir santimetr hisoblanadi.
O’quvchilar javoblarini nazorat qilish xatolar ustida ishlashni o’rgatish.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
2-misol.Qalamning uzunligini o’lchang.
Javob:Bizning qalamimizni uzunligi 7 sm ni tashkil qiladi.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
3-misol.Tasmani o’lchang va uni daftaringizga chizing.
Javob:1-tasma 3 sm., 2-tasma 2 sm., 3-tasma 3 sm., 4-tasma 4 sm ni tashkil qiladi.
Dam olish daqiqasi(Multimediya namoyish etiladi)
Savol -javoblar orqali o’quvchilar bilimini mistahkamlash.
1 .Uzunli o’lchov birliklarini ayting ?
2. 1 sm qanday va qancha chiziladi ?
3. Eng kichik uzunlik o’lchov birligi ni ayting
4. Eng katta uzunlik o’lchov birligini ayting .
V.Darsni yakunlash : Dars davolmida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish
VI.Uyga vazifa : 83-sahifadagi 4 – misol
(30 + 20) + 8= (50 + 20) + 4=
(60 +40) + 5= (90 +30) + 7=
TUZUVCHI:____________.
O’.I.B.D.O’: ____________
Do'stlaringiz bilan baham: |