III.Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati. 2. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari. 3. Qizil armiyaning Buxoroga hujumi hamda amir hokimiyatining ag‘darilishi. 4. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi.
Buxoro hukmdori Amir Sayid Olimxon (1881 – 1944) e’tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro davlatining mustaqilligini tan olgan. Amir hukumati Afg‘oniston va boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatgan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi Rossiya hukumatining rezidenti deb ataladigan bo‘ldi. Shuningdek, Buxoro amirligi hududidagi rus manzilgohlarida ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari paydo bo‘lib, siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar kelib chiqqan. Bu holat Buxoro amirligidagi siyosiy ahvolga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.Yosh buxoroliklar partiyasi dastlab mavjud amirlik tuzumi doirasida
demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimiyatini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan. Petrogradda 1917-yili bo‘lgan Fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi. Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan eski jadidlarga Abdulvohid Burhonov-Munzim (1875 – 1934) va Sadriddin Ayniy (1878 – 1954) hamda islohot sohasida faol harakatlarni qo‘llovchi yosh jadidlarga Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) va Fayzulla Xo‘jayev (1896 – 1938) yetakchilik qildi. Buxoro amiri Sayid Olimxon 1917-yil 7-aprelda Buxoroda turli islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Biroq, farmonni quvvatlash maqsadida Yosh buxoroliklar tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 8-aprelda bo‘lgan namoyish amir tomonidan bostiril-di. 14-aprelda farmon bekor qilindi. Yosh buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga olindi.1917-yil 2-dekabrda Yangi Buxoro (hozirgi Kogon)da bo‘lib o‘tgan amirlik hududidagi rus manzilgohlari ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining II syezdida Buxoroda amirlik tuzumini ag‘darib tashlab, hokimiyatni Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklarga berishga qaror qilindi. Turkiston o‘lkasi XKS raisi Fyodor Kolesov boshchiligidagi 3500 kishidan iborat harbiy kuchlar 1918-yil 1-martda Yangi Buxoroga yetib keldi. 1921-yil 18 – 23 sentyabrda bo‘lgan Butunbuxoro xalq vakillarining II qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Markaziy Revkom o‘rniga qonun
Do'stlaringiz bilan baham: |