Sana __________
Fan: O’qish
Sinf: 4 - sinf
Mavzu: Hunarsiz kishi o’limga yaqin.
Maqsad: DTS talablari asosida bilim berish. Matn mazmunini to’liq qayta hikoyalashni o’rgatish. Oqigan asari yuzasidan mustaqil reja tuza olishni o’rgatish.
Ta’limiy: .XOIda ertaklar o’rni haqida., mavzu yuzasidan rasm chiza olishni o’rgatish.
TK3 turli yo‘nalishdagi (ertak, sarguzasht, hikoya va san’atga doir) kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish;
FK2 o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi; asar qahramonlariga munosabat bildira oladi;
Tarbiyaviy: To’g’ri so’z bo’lishga,barchani hurmat qilishga o’rgatish.
TK4 yovuzlik va xunuklikdan nafratlana bilish; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini o’stirish, fikrini erkin bayon etishga o’rgatish.
FK1 she’r, rivoyat, qissadan parcha, maqol, topishmoqlar, ertak hamda ixcham audiomatn va videotasvirlarni tinglab tushuna oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Dars metodi: Sahna ko’rinishi, ifodali o’qish.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi:
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish
d) ingliz tili daqiqasi ; crown - toj,
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi. Savol va topshiriqlar:
III. Yangi mavzu bayoni:
Hunarsiz kishi o’limga yaqin
I–qism
O‘tgan zamonda bir podshoh yashagan ekan. Kunlarning birida u ovga chiqibdi-da, o‘sha yerdagi bir o‘tinchining go‘zal qizini ko‘rib, sevib qolibdi. Podshoh tomonidan kelgan sovchilarga: — Podshohingizning nima hunari bor, men hunarli kishiga turmushga chiqaman? — debdi qiz. Sovchilar: — Dunyoda podshohlikdan ham katta hunar bo‘ladimi? Podshoh barcha hunarli fuqaroning otasi bo‘ladi, — deyishibdi. Qiz: — Menga h unarlilarning otasi kerak emas, hunarlining o‘zi kerak. Zamon o‘zgarishi bilan bugun podshoh bo‘lgan kishi ertaga tilanchi bo‘lib qolishi mumkin. Podshohingizga borib ayting, menga hunarini ko‘rsatsin, undan so‘ng tegaman, — debdi. Sovchilar qaytib kelib, qizning javobini aytibdilar. Podshohning bu so‘zlarga achchig‘i kelib, qizni jazolamoqchi bo‘libdi-yu, biroq qizga bo‘lgan sevgisi bunga yo‘l bermabdi. Nima qilarini bilmay, o‘zini o‘qitgan muallim bilan kengashibdi. Muallim «Yetmishta yangi hunar» degan kitobni keltiribdi-da, uni tovush chiqarib o‘qibdi. Bir yerdan «hunarsiz kishi o‘limga yaqindir» degan so‘zlar chiqib qolibdi. Muallim ham shu yerda kitobni yopibdi-da:
— Qizning so‘zi to‘g‘ri, «hunarliga tegaman» desa, haqqi bor, — debdi. Podshohning ilgarigi dardiga yana ming dard qo‘shilibdi. Muallimga ruxsat beribdi-da, o‘zicha bir hunar o‘rganmoqqa ahd qilibdi. Ertasiga podshoh taxtiga o‘tirgan chog‘ida, bir kishi bir gilam olib kelibdi. Bu gilamni ko‘rishi bilanoq podshohning ko‘ngliga gilam to‘qishni o‘rganish havasi tushibdi. Gilamdo‘zdan kasbini o‘rgatishni o‘tinib so‘rabdi. U podshohga o’z hunarini yigirma besh kun davomida o‘rgatibdi. Kerakli narsalarni tayyorlab, podshoh o‘z qo‘li bilan gilam to‘qib, o‘tinchining qiziga sovchilardan berib yuboribdi. Sovchilar qizga podshohning o‘z qo‘li bilan to‘qigan gilamini ko‘rsatganlarida u: — Mana endi podshoh men istagan kishi bo‘libdi, borib aytinglar, to‘yni boshlayversin, — debdi.
Ertak matnini o`quvchilar ifodali o`qiydilar. Boshqa o`quvchilar do`stining o`qishini kuzatadilar.Ertakning davomini o’quvchilar mustaqil o’qiydilar. O’qiganlarini hikoya qilib beradilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar.
1. O‘tinchining qizi podshohga qanday shart qo‘ydi?
2. Qiz shartini sovchilar qanday tushunishdi? Podshohchi? O‘zingiz qanday tushunasiz?
Topshiriq: Siz qanday hunar haqida ma’lumotga egasiz?
Taqdimot: savoli asosida har bir o`quvchi matn yaratadi. Matinida o`quvchilar bittadan hunarga ta’rif beradilar
V. Baholash.
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: O’qib o’rganish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari ______
Do'stlaringiz bilan baham: |