III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o`quvchi, o`tgan darslarimizdan sizga yaxshi ma`lumki, оnа yurtimizni ulug` va mo`tabar etganyer osti, yer ustiboyliklari, qadriyat hamda an`analar benihoya ko`p. Lekin ularning barchasidan qadrliroq
yana bir buyuk boylik borki, u diyorimizda yashayotgan, o`z mehnati,bilim va tajribasi, iste`dodi va mahorati bilan tuprog`imizni oltinga aylantirib , shahar-qishloqlarimizni obod etayotgan, Vatanimiz shuh-
ratini dunyoga taratib kelayotgan insonlardir.
Buni yodda tuting. Yer yuzidagi har qaysi xalq yoki davlatni hech bir kuch uning mard va botir, noyob iste`dodli, yuksak Гnzilutli farzandlari kabi keng tanitib, sha`n-u shavkatga burkay
olmuydi.
Tarix fanidan yaxshi bilasiz, jahondagi qudratli davlatlarning harbiy qo`shini , armiyasi butun-butun o`lkalarni zabt etishi, o`ziga qaram etishi mumkin, ammo ular hech qachon xalqlarning qalbini egallab,
ruhini sindira olmaydi. Shuning uchun ham qadimiy Yunoniston haqida gap ketganda , ma`rifatli insonlar awalo bu ko`hna diyorning Suqrot, Aflotun , Arastu kabi donishmand faylasuflarini, Gomer, Esxil, Sofokl
singari shoir va dramaturglarini esga oladi. Chunki bu zotlar o`z asarlari I bilan insoniyatning ma`rif`iy yuksalishiga , dunyoda ezgulikning barqaror bo`lishiga beminnat xizmat qilgan. Bizning yurtimiz zaminidan yetishib chiqib, Vatanga muhabbat tuyg`usini hayotiy e`tiqod darajasiga ko`targan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Ahmad Farg`oniy,Mahmud Zamahshariy, Burhonuddin Marg`inoniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Zahiridin Muhammad Bobur kabi ko`pJab ajdodlarimiz o`zlarining yorqin islc`dodi, nodir asarJari bilan asrlar davomida olam ahlini hayratga solib, millionlab insonlarning qalbini ezgulik, ilm-ma`rifat nuri bilan nurafshon etgan. Aynan shunday ulug` zotlarning ma`naviy dahosini tufayli ona diyorimizning obro`-e`tibori, tarixning har qanday og`ir mashaqqatli sinovlariga qaramasdan, zamonlar osha zavol bilma.sd kelmoqda.Inson zotini OUohning o`zi aziz va mukarram qilib yaratgan. Har bir inson — buyuk bir mo`jiza. Shu bois dunyodagi har bir xalq millatni ham Yaratganning buyuk mo`jizasi sifatida ulug`lab, hurmat qilamiz. Lekin, afsuski, tarixning hamma davrlarida ham inson munofqadr-qimmat topmaydi. Ayniqsa, mamlakat bosqinchilar zulmi ostlyoki jaholat domiga tushib qolgan vaziyatda, 5-sinfdagi darslarimizjaytilganidek, Vatan tuyg`usi qayg`uga aylanadi, insonlar e`zozlanil o`rniga tazyiq va ta`qiblarga, ba`zan hatto ommaviy qirg`inlarga dochor etiladi.
Bizning ona diyorimiz ham necha bor yovuz bosqinchilar hujumifl boshidan kechirgan. Masalan, miloddan oldingi asrlarda Kir va Dot singari Eron shohlari, yunon qo`shini, XII asrda esa mo`g`ul bod
qinchilari yurtimizni istilo qilib, xalqimizni qullikka mahkum etishgl harakat qildi. Lekin xalqimiz o`z ozodligi, insoniy qadr-qimmati ucliun tinimsiz kurash ohb borib, mo`tabar tuprog`ini yov qo`shinlaridan xaloi etishga erishib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |