III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o`quvchi , buyuk tarixga egabo`lganxalqning ma`naviyati ham Buyuk bo`ladi.Chunki buyuk ma`naviyatga ega bo`lmagan xalq buyuk Tarix yarata olmaydi. Lug`atlarda yozilishicha, ma`naviyat «ma`ni», «ma`no» So`zlarining ko`plik shaklidir. Lekin «ma`naviyat» tushunchasining mazMuni faqat shu so`zlar bilan chegaralanib qolmaydi: « insonni Inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarChas bog`langan tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va Xalq hayotida hech narsa bilan o`lchab bo`lmaydigan alohida o`rin tutadi. Odamzod moddiy va ma`naviy ehtiyojlar bilan tirik. Ularni bir-biridan ustun qo`yib bo`lmaydi. Moddiy intilishlar kuchayib ketsa,Odamlar ma`naviy qiyofasini, o`zaro hurmat, go`zallikni qadrlash, haqiqatga ishonch kabi fazilatlarini boy berishi mumkin. Aksincha,faqat ma`naviy intiUshlar bilan ham yashab bo`lmaydi.Chunki hayot odamlarning moddiy taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga , kutubxona, teatr, muzey singari ihn-ma`rifat maskanLari qurishga topolmay, oxir-oqibatda ruhiy qashshoq bo`lib qolishiga olib kclishi mumkin.Shu ma`noda Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlarini Yodda tutishimiz lozim: “insonga xos orzu-intilishlarni ro`yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma`naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o`ylaymanki ,o`rinli bo`ladi. Qachonki ana shu ikki muhim omil o`zaro uyg`unlashsa , tom ma`nodagi qo`sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida
o`sish-o`zgarish,yuksalish jarayonlari sodir bo`Iadi»1.Darhaqiqat, agar dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, moddiy va ma`naviy boyliklarni uyg`unlashtirib, taraqqiyol yo`lida ulardan keng foydalanish yaxshi natijalar berganini ko`ramiz Ma`naviyatni doimo yangilab, boyitib boradigan manbalar ko`p.Oila, mahalla, maktab, Vatan, ota-ona, ustoz, yor-do`st, umuman,hayotda ezgulik va yaxshilikka boshlaydigan har bir narsa ma`naviyat
manbayidir. Ular orasida, ayniqsa, xalqimizning mazmunli hayoti,bunyodkorlik faoliyati, beqiyos fazilatlari alohida o`rin tutadi.Biz ma`naviyatning ayrim qirralarinigina tilga olib o`tdik. Yurtimiz tup-
tog`i esa ma`naviyatga kon. Uning har qarich yerida ko`hna sivilizatsiyaga claxldor bo`lgan noyob buyumlarni topish mumkin. Vatanimiz hududidagi aksariyat me`moriy obidalar va yodgorliklar YUNESKOning maxsus
ro`yxatida turishi ham shundan dalolat beradi. Katta bo`Ub, dunyoning eng nufuzli muzeylarini tomosha qilsangiz, albatta, O`zbekistonga taalluqli bo`lgan nodir bir yodgorlikka duch kelasiz. Bularning barchasi bizning naqadar ulkan ma`naviy boylikka voris ekanimizni bildiradi. Bular-ku ko`zga ko`rinib turgan boylMarimiz, lekin bir qarashda ko`zga tashlan maydigan, odamlarimizga xos buyuk fazilatlar, ularning boy ruhiy dunyosi, go`zal va ma`noli so`z-iboralari, betakror his-tuyg`ulari-chi? Agar daryolarning qanday hosil bo`lishiga e`tibor bergan bo`lsangiz, tog`lardagi jilg`alar irmoqlarga, irmoqlar soylarga qo`shilib, daryoga aylanadi. Ular o`z yo`lida qanchadan qancha tosh-u giyohlarni, tuz va ma`danlarni o`ziga singdirib, yerning tomiriga hayot baxsh etib turadi. Ma`naviyatni ham ana shunday daryoga qiyoslash mumkin. U ham
asrlar qa`ridan ne-ne hayotiy tajribalarni, millionlab insonlarga xos bilim va hissiyotlarni o`zi bilan birga olib keladi. Xuddi daryo suvi yerning tomirlariga hayot bag`ishlab turganidek, u ham insonlar va
xalqlar turmushiga ma`no-mazmun beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |