Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
DTS talablari: Bolalarga ta’lim va tarbiyaning uyg`unligi mavzusiga bilim, kunikma va malaka hosil qildirish.
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: Darslik, doska va bur.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.
Mahalla ahliga qo'shila olmaydigan, uning quvonch-tashvishlariga befarq odam boshqa joyda o'zi haqida yaxshi taassurot qoldirishi murakinmi?
Hozirga qadar o'z mahallamga oz bo'lsa-da obro' olib keldim yoki uning obodligiga o'z ulushimni qo'shdim, deya olasizmi?
O'zbek mahallasining tarixini, tabiatini tushunmaydigan yoxud atay uning obro'sini to'kmoqchi bo'lgan kishilarga siz qanday javob bergan bo'lardingiz?
«Mahalla - ham ota, ham ona» degan hikmatli naqlni izohlashga harakat qiling.
Har bir mahallada bo'lgani singari siz yashayotgan joyda ham mahallaning barcha yumushiga hamisha tayyor bir kishi bor. Shu odamning yurish-turishi, tabiati to'g'risida sinfdoshlaringizga gapirib bering.
III. Yangi mavzuning bayoni.
TA'LIM VA TARBIYANING UYG'UNLIGI
Ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiy bundan qariyb yuz yil avval - 1914-yilda «Oyna» jurnali orqali «Muhtaram yoshlarga murojaat» e'lon qilib, unda, jumladan, shunday degandi: «Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib (maktab - tahr.) - taraqqiyning boshlang'ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir. Har bir millat eng avval, makotibi ibtidoiysini (eski maktabini - tahr.) zamoncha isloh etib ko'payturmaguncha taraqqiy yo'lig'a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan (zamonaviy madaniyatdan - tahr.) mahrum qolub, sanoye' va maorif salohi ila (san'at va ma'rifat quroli bilan - tahr.) qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko'rolmas», - degan edi. Uning zamondoshi va izdoshi Abdulla Avloniy esa o'zining «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida:
Bu zamonda fil ila jang aylamak erlik emas,
Er o'shaldurkim tutar ilm-u hunarning yoqasin.
Beshlab, o'nlab so'm topishsa, ilm ila ag'yorlar,
Biz bo'lib hammol, olodurmiz tiyinlab choqasin.
Boshqalar san'at, tijorat-la taraqqiy aylasa,
Bizni el tortar ayog'din o'lgan otning toqasin -
deya kuyinib yozgan. (Bu satrlardagi «ag'yor» - yovlar, raqobatchilar, «hammol» esa yuk tashuvchi mardikor, «toqa» - otning taqasi ma'nosini anglatadi.)
Aziz o'quvchilar, yuqoridagi tarixiy misollarni keltirishdan ko'zlagan maqsadimizni anglab turgan bo'lsangiz kerak. Balli, endi siz ham yaxshi bilasizki, u yoki bu mamlakatning hozirgi darajasi, kelajakdagi taqdiri o'sha yurtdagi maktablarning holiga, u yerda beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmuni hamda sifatiga chambarchas bog'liqdir. Zero, bugunning va ertaning egalari ayni shu ilm dargohlarida voyaga yetadi, inson bo'lib shakllanadi.
Buni yodda tuting!
«Ta'Iimni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi».
Xo'sh, nima uchun bu qarash va falsafa ko'proq Sharqqa xos ekanligiga urg'u berilyapti? Gap shundaki, biz mansub bo'lgan Sharq xalqlari maktabga, umuman ta'lim muassasasiga bolaga faqat ta'lim beruvchi, ilm-u hunar o'rgatuvchi maskan deb emas, balki inson shaxsini tarbiyalovchi, uni har tomonlama barkamol etib shakllantiruvchi qutlug' dargoh deb ham qaragan. Chunki aqlli, bilimli bo'lish insonning bir ziynati hisoblansa, mana shu bilim va aqlni ezgulik yo'lida ishlatish, eng muhimi - odob-axloqni, mehr-oqibatni, insoniylikni hayotiy e'tiqod deb bilish kishining ma'naviy ko'rki sanaladi.
Agar ayrim G'arb mamlakatlari ta'lim tizimiga razm solsak, ularda bolani muayyan bilimga, fan sohasiga oshno qilish, shu soha bo'yicha tobora chuqurlashish masalasiga ko'proq e'tibor qaratilishiga guvoh bo'lamiz. Ulardagi o'quvchilar o'z o'qituvchisiga ustoz, har jabhada ibrat namunasi, hurmat va ixlosga loyiq muallim sifatida emas, balki u yoki bu fanning mutaxassisi, o'sha fanlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni dars shaklida yetkazib berishi lozim bo'lgan kasb egasi sifatida munosabatda bo'lishadi. Darsini o'tib tugatgan o'qituvchi ham bolaning axloqi, dunyoqarashi, ma'naviy-ruhiy ehtiyojlari bilan ko'p ham qiziqmaydi, bu narsalarga o'zini javobgar - mas'ul, deb his qilmaydi. Balki shu tufayli ham ayrim G'arb mamlakatlari texnik-texnologik jihatdan nihoyatda ilgarilab ketgan, ulardagi hayot farovonligi sezilarli darajada yuksak bo'lsa-da, odamlar, ayniqsa, yoshlar o'rtasida axloq-odob bilan bog'liq juda ko'p muammolar kelib chiqmoqda. Otalar va bolalar o'rtasidagi jiddiy kelishmovchiliklar, o'zaro mehrsizlik, yoshlarning ichkilikbozlikka, kashandalikka, giyohvandlikka va turli tusdagi axloqsiz qiliqlarga ruju qo'yishi shular jumlasidandir. Televideniya va boshqa ommaviy axborot vositalarida ko'rib-eshitib guvohi bo'lamizki, hali u, hali bu mamlakatda yosh o'quvchi yoki talaba o'z o'qituvchisi yoxud sinfdoshlarini shafqatsizlarcha otib tashlaydi, ko'cha-ko'yda turli og'ir jinoyatlarni hech bir seskanmay sodir etaveradi. Misol tariqasida butun dunyo ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan quyidagi xabarni keltirish mumkin: «Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi maktablarning birida mudhish voqea ro'y berdi. Qurollangan kishi ta'lim dargohi zaliga kirib, to'planganlarga qarata o'q uzgan. O'sha paytda bu yerda 40 nafardan ziyod o'quvchi bor edi. Qo'poruvchilik natijasida ulardan 12 nafari qurbon bo'lgan, yana o'ttiz nafari yaralangan. Politsiya vakillarining aytishicha, qilgan qabihligidan so'ng jinoyatchi o'zini o'ldirgan. Keyinchalik shaxsi aniqlangan bu kimsa bir paytlar shu maktabda o'qigan ekan...» Bu singari xunuk holatlarning zamirida yosh avlod ta'lim oladigan ilm dargohlarida tarbiya masalasiga, navqiron inson qalbida ezgu tuyg'ularni parvarishlash ishiga yetarli e'tibor berilmasligi singari jiddiy muammolar turibdi, deb xulosa qilish mumkin.
Bizda esa bu masala boshqacharoq tushuniladi, uning yechimiga o'zgacharoq yondashiladi. Ma'rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat bu yondashuvni quyidagicha asoslaydi: «Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo'lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo'ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo'ladi. Kimki, badaxloq bolalarni tarbiya etsa, insoniyatga xizmat emas, balki dushmanlik qilgan bo'ladi. Jamiyat ularning farzandlaridan bezor bo'ladi. Xush va yaxshi axloqqa ega bo'lgan farzand imon sohibi bo'lgan ota-onadan bo'ladi, agarda ota-ona axloqsiz bo'lsalar, ularning tarbiyalari soyasida o'sgan farzand ham badaxloq bo'ladi».
IV darsni mustahkamlash.
Mahmudxo'ja Behbudiy va Abdulla Avloniyning darslikda keltirilgan fikrlari o'tgan asrning 10-yillarida qanchalik dolzarb ahamiyat kasb etgan edi?
Yurtboshimizning ta'lim va tarbiyani uyg'un olib borish lozimligi to'g'risidagi fikrlari qanday maqsadlarni ko'zlab aytilgan?
Xalqimizning «Aql boshqa, farosat boshqa» degan gapi nima ma'noni anglatadi? Shunga o'xshash yana boshqa maqol, matal, hikmatli so'zlarni bilasizmi?
V. Baholash
VI. Uyga vazifa berish.
O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.
Sana: _______________________ 201___ yil.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __9ABVGG__
Mavzu: Ta’lim va tarbiyaning uyg`unligi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: Bolalarga ta’lim va tarbiyaning uyg`unligi haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: Bolalarga mavzuning salbiy va ijobiy xislatlarini tushuntirib berish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
DTS talablari: Bolalarga ta’lim va tarbiyaning uyg`unligi mavzusiga bilim, kunikma va malaka hosil qildirish.
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: Darslik, doska va bur.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.
Mahmudxo'ja Behbudiy va Abdulla Avloniyning darslikda keltirilgan fikrlari o'tgan asrning 10-yillarida qanchalik dolzarb ahamiyat kasb etgan edi?
Yurtboshimizning ta'lim va tarbiyani uyg'un olib borish lozimligi to'g'risidagi fikrlari qanday maqsadlarni ko'zlab aytilgan?
Xalqimizning «Aql boshqa, farosat boshqa» degan gapi nima ma'noni anglatadi? Shunga o'xshash yana boshqa maqol, matal, hikmatli so'zlarni bilasizmi?
III. Yangi mavzuning bayoni.
TA'LIM VA TARBIYANING UYG'UNLIGI
Ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiy bundan qariyb yuz yil avval - 1914-yilda «Oyna» jurnali orqali «Muhtaram yoshlarga murojaat» e'lon qilib, unda, jumladan, shunday degandi: «Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib (maktab - tahr.) - taraqqiyning boshlang'ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir. Har bir millat eng avval, makotibi ibtidoiysini (eski maktabini - tahr.) zamoncha isloh etib ko'payturmaguncha taraqqiy yo'lig'a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan (zamonaviy madaniyatdan - tahr.) mahrum qolub, sanoye' va maorif salohi ila (san'at va ma'rifat quroli bilan - tahr.) qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko'rolmas», - degan edi.
Xalqimiz tomonidan «Ustoz otangdan ulug'» degan hikmat bejiz aytilmagan. Chunki bolaning chinakam inson bo'lib tarbiyalanishida, ma'naviy qusurlarsiz shaxs bo'lib oyoqqa turishida o'qituvchi - murabbiylar xizmati otaning xizmatidan kam bo'lmaydi. O'qituvchilar yoshlarga faqat bilim berish, ularning aqli to'liq, zehni o'tkir bo'lishi xususidagina emas, balki o'sib voyaga yetayotgan bolaning xulq-atvori insoniy qiyofa kasb etishi, uning qalbida mehr-oqibat, boshqalarga hurmat-e'tibor, o'zgalar quvonch va dardlariga daxldorlik tuyg'ulari kamolga yetishi to'g'risida ham jon kuydiradi. Bu borada avvalo o'qituvchi-murabbiylarimizning o'zi boshqalarga ibrat bo'ladi, har bir so'zi, harakati bilan atrofida sog'lom ma'naviy muhit qaror topishiga urinadi.
O'tgan sho'ro davri ta'lim tizimidagi qusurlar mohiyatini izohlar ekan, Prezidentimiz quyidagi holatlarga e'tibor qaratadi:
«Bizga sobiq tuzumdan meros bo'lib qolgan maorif tizimining eng noma'qul tomoni shundan iborat ediki, unda o'quv jarayonida o'quvchi va talabalarning mustaqil va erkin flkrlashiga yo'l qo'yilmas edi. Har qaysi o'quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, aksincha, ularning sobiq sovet tizimiga va soxta g'oyalarga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yo'llash tamoyili asosiy o'rinni egallar edi. Ko'p hollarda sifat o'rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi».
O'zbekistonda ko'plab sohalarda bo'lgani singari ta'lim-tarbiya tizimida ham qaror topgan mana shu o'ta salbiy holatga mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlaboq barham berishga kirishildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda 2004-2009-yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturining hayotga muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida yurtimizda mutlaqo yangi mazmun-mohiyatdagi ta'lim-tarbiya tizimi vujudga keldi. Avvalgi darslarimizda ta'kidlaganimizdek, endi bolaning to'qqiz yillik umumiy ta'lim jarayonida ma'lum bo'ladigan iqtidoriga qarab uning ilm yoki hunar yo'lidan ketish imkoniyati paydo bo'ldi. Mamlakatimizda qisqa muddat ichida minglab akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari qurilib, yoshlar va ularning murabbiylari ixtiyoriga berildi. Oliy o'quv yurtlari, boshqa ilm-fan dargohlari zamonaviy ta'lim berishning, ilmiy tadqiqot olib borishning eng ilg'or uskunalari va uslublari bilan ta'minlandi.
Bu borada amalga oshirilgan eng muhim yangilik, erishilgan eng katta muvaffaqiyat shunda bo`ldiki, O'zbekistonda ta'lim-tarbiyaning mazmun-mohiyati tubdan yangilandi. Bugungi o'quvchi-talabaning ongi, aql-u shuuri endi qotib qolgan sho'roviy aqidalar, sinfiy qarashlar bilan to'ldirilmaydi. U dunyoning eng ilg'or fikri bilan tanishish, uni tahlil etish va o'z qarashini emin-erkin shakllantirish imkoniyatiga erishdi. Bu degani - yoshlarimiz tafakkuri ozod bo'ldi, uning ufqlari kengaydi, qarashlari chuqurlashdi, deganidir. Biz bu masalaga alohida e'tiboringizni tortayot-ganimiz bejiz emas, albatta. Zero, Prezidentimiz bir necha bor ta'kidlaganidek:
Buni yodda tuting!
«Fikr qaramligi, tafakkur qulligi har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham ko'ra dahshatlidir».
Darhaqiqat, dunyo ishlariga, atrofda sodir bo'layotgan hodisalarga mustaqil va sergak qaray olmaydigan, buning uchun zarur bilim va tajribaga ega bo'lmagan, eng achinarlisi - har bir voqea-hodisaga o'z xalqi, mamlakati manfaatlaridan kelib chiqib yondashishdek muhim ko'nikmani egallamagan insonni yovuz niyatli kuchlar xohlagan tomonga boshlab ketishi mumkin. Undan yurtini, o'zini tanimaydigan, Vataniga xiyonat qiluvchi terrorchi-jinoyatchini yasash ham, el-u yurt boyligini talon-toroj qilib xorijga pullovchi nafs bandasini tarbiyalash ham mumkin. Yoki ota-onasi, xalqi bergan non-tuzga oyoq bosuvchi ko'rnamaklar ham, millati, xalqining azaliy ma'naviyatiga, yuksak axloqiy qarashlariga mutlaqo yot bo'lgan, mazmun-mohiyatida bezbetlik, uyatsizlik, behayolik singari illatlar yashirin «ommaviy madaniyat»ga farosatsizlarcha taqlid qiluvchi takasaltanglar ham aynan fikri qaram, tafakkuri qullikka mubtalo bo'lgan yoshlardan yetishib chiqadi. Aksincha, odam bolasi qachonki mustaqil, erkin va faol fikrlasa, uning qalbida yurtiga, ota-onasiga, oilasi va mahallasiga mehr-u muhabbat hislari to'liq boisa, bu insonni osonlikcha yengib ham, ezgu yo'ldan ozdirib ham bo'lmaydi. Bu ibratli holatga, yuksak aql-u tafakkur bilan yuksak ma'naviyatning bu mukammal uyg'unligiga faqat ta'lim va tarbiyaning uyg'un olib borilishi, inson takomilining har ikki jabhasiga birdek katta e'tibor berilishi orqaligina erishish mumkin.
IV darsni mustahkamlash.
Odamlar o'rtasidagi o'zaro muomala-muloqotni aks ettirishda G'arb va Sharq, juraladan, o'zbek kino ijodkorlari uslublari orasida qanday farqlarni ilg'agansiz?
Ta'lirn va tarbiya olish odamning butun umri davomida to'xtamasligi kerak, degan gapni qanday tushunasiz?
«Aqlli odam» bilan «dono odam» o'rtasidagi o'xshash va farqli jihatlarni izohlab bering.
O'qituvchingiz rahbarligida «Olim bo'lish oson, odam bo'lish qiyin» mavzusida sinfdoshlaringiz bilan bahs uyushtirish.
V. Baholash
VI. Uyga vazifa berish.
O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.
Sana: _______________________ 201___ yil.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __9ABVG__
Mavzu: Ma’naviyatga tahdid – o`zligimizga tahdid
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: Bolalarga ma’naviyatga tahdid – o`zligimizga tahdid haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: Bolalarga mavzuning salbiy va ijobiy xislatlarini tushuntirib berish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
DTS talablari: Bolalarga ma’naviyatga tahdid – o`zligimizga tahdid mavzusiga bilim, kunikma va malaka hosil qildirish.
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: Darslik, doska va bur.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.
Odamlar o'rtasidagi o'zaro muomala-muloqotni aks ettirishda G'arb va Sharq, juraladan, o'zbek kino ijodkorlari uslublari orasida qanday farqlarni ilg'agansiz?
Ta'lirn va tarbiya olish odamning butun umri davomida to'xtamasligi kerak, degan gapni qanday tushunasiz?
«Aqlli odam» bilan «dono odam» o'rtasidagi o'xshash va farqli jihatlarni izohlab bering.
O'qituvchingiz rahbarligida «Olim bo'lish oson, odam bo'lish qiyin» mavzusida sinfdoshlaringiz bilan bahs uyushtirish.
III. Yangi mavzuning bayoni.
MA'NAVIYATGA TAHDID -O'ZLIGIMIZGA TAHDID
Aziz o'quvchilar, mustaqil O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot modeli to'g'risidagi darsimizdan bilib oldingizki, bizning yurtimizda shunchaki bozor munosabatlari ustuvor bo'lgan jamiyat emas, balki fuqarolarimizning ezgu manfaatlariga, insoniy hayot talablariga javob beruvchi jamiyat barpo etilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, bu jamiyatda moddiy boylik ortidan quvish, qaysi yo'l bilan bo'lmasin nafsiy talablarni qondirish singari yovvoyi istaklarga emas, insonning ham moddiy, ham ma'naviy to'kisligini ta'minlashga asosiy e'tibor qaratiladi. Chunki odamning odob-axloqi, mehr-shafqati, vijdon va andishasi, poklik va halolligi, hayo va ibosi bozorga olib chiqiladigan, bozorga solinadigan narsalar emas. Xalqimiz ne-ne og'ir kunlarda - urush va qatag'on davrlarida ham, ochlik va yo'qchilik zamonlarida ham bu yuksak ma'naviy tushunchalami nafs istaklariga qurbon qilgan emas, odamiy qiyofasini yo'qotmagan.
O'zbekiston erkin va demokratik mamlakat sifatida bag'rini dunyoga keng ochar ekan, uning hududiga, fuqarolarining ong-u tafakkuriga jahondagi ko'plab ijobiy yangiliklar bilan birga, Yer yuzining u yoxud bu burchagida paydo bo'lib tarqalayotgan qator illatlar ham yopirilib kirishga muttasil harakat qilmoqda. Ana shunday illatlar sifatida odam savdosi, giyohvandlik, ichkilikbozlik singari inson zotini yemiruvchi jiddiy xavflarni sanash mumkin.
Tarix darslaridan bilasizki, miloddan avvalgi davrlarda dunyoni zir titratgan Rim imperiyasi hududida, Misr va yana boshqa qator o'lkalarda jang-u jadallar payti asir tushgan askarlar yoxud bosqin-chilar tomonidan fath etilgan hududlarda yashovchi aholi qul sifatida bozorlarga olib chiqilgan, ular xuddi hayvon singari sotilgan. Mana shunday qullar - gladiatorlar ishtirokida katta maydonlarda, minglab kishilar ko'z o'ngida shafqatsiz, qonli janglar tashkil etilgan. Odam bolalari xuddi xo'roz yoki qo'chqordek o'zaro urushishga, bir-birini mahv etishga majbur qilingan, yig'ilgan olomon mana shu tomoshalardan go'yo zavq-shavq olgan...
Albatta, insoniyatning madaniy yuksalishi bu sharmandali holatlarga allaqachon barham bergan, bundan keyin odamning qul qilib sotilishi aqlga sig'maydigan jinoyat hisoblanishi hamma tomonidan tan olingandek ham edi. Afsuski, bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida shunday «ishbilarmon» to'dalar, guruhlar, markazlar paydo bo'lganki, ular o'sha mash'um sav-doni boshqacharoq - «madaniylashgan» shakl-u shamoyilda qayta tashkil qilishga tushganlar. Bu kirdikor egalarining qarmog'i - to'riga esa ko'proq hali yaxshi-yomonning, do'st-u dushmanning farqiga bormaydigan yoshlar, hatto, sizning tengdoshlaringiz bo'lgan o'spirinlar ilinib qolmoqda. Dunyoning u yoki bu mamla-katida ozgina mehnat qilib mo'may daromad topish, bu daromad evaziga esa maza qilib hayot kechirish mumkinligi to'g'risidagi cho'pchaklarni turli maqomda takrorlaydigan bunday guruhlar bizning yurtimizga ham suqilib kirishga tun-u kun harakat qilishyapti. Eng xatarlisi - shunday kimsalar bilan osh-qatiq bo'lishga rozi bo'layotgan, ularning jinoyatkorona rejalarini amalga oshirishiga yordam berayotganlar ham, oz bo'lsa-da, topilib turibdi. Bu kimsalar hali mahallasidan, qishlog'idan boshqa joyni ko'rmagan, hayot tajribasi yo'q, g'o'r yoshlarni turli va'dalar bilan aldab xorijga olib chiqib ketish, o'sha yoqlarda boshqa bir tuban guruhlarga sotib yuborishdek yovuz jinoyatni amalga oshirmoqda.
Ular, masalan, o'g'il bolalarga «falon davlatda qurilish yoki savdo sohasida ish bor, joningni qiynamay oyiga falon dollardan daromad topasan», qiz bolalarga bo'lsa, «falon mamlakatda mehmonxona xodimlariga, restoranlarida ofitsiantlarga talab katta, maoshdan tashqari kunlik topgan choychaqangning o'zi uyga bir qop pul bilan qaytishingni kafolatlaydi» qabilidagi aldovlarni aytib, ularni o'zlariga ipsiz bog'lab olishga urinishadi. Bir amallab yoshlar ishonchiga kirgan bu firibgarlar ularning pasportini go'yo «samolyot yoxud poyezdga bilet olish, boradigan mamlakatida mehmonxona rasmiylashtirish uchun» olib qo'yishadi-da, bo'lg'usi qurbonlarini xorijga olib chiqib olishgach, pasportsiz endi hech qayoqqa bora olmasligini bilib, hujjatni qaytib bermaydi. Bunday aldovga uchgan aksariyat yoshlar esa o'sha jannat va'da qilingan xorijda - hech kimni tanimaydigan, yordam so'rab boradigan manzilni bilmaydigan notanish yurtda nopok kimsalarga sotib yuboriladi. Natijada, qaysi mamlakatdan ekanini tasdiqlaydigan hujjati - pasporti qoiida bo'lmagan yigitlar huquqsiz quldek turli qurilishlarda tun-u kun ishlatilib, o'lib qolmasligi uchungina kundalik osh-ovqat bilan ta'minlanadi-da, yillar davomida qilgan mehnati uchun sariq chaqa ham ololmay, agar boshqa biror kori hoi yuz bermasa, zo'rg'a uyiga qaytib keladi. Qizlar esa xorijdagi turli tungi klublar ixtiyoriga sotilib, u yerlarda pul, boylik quturtirgan jirkanch kimsalarning iflos panjasiga tushadi.
Holbuki, o'sha yoshlar dunyoning biror joyida tekinga bir burda non berilmasligini, xalq iborasi bilan aytganda, bepul pishloq faqat sichqon tutadigan taxtakachdagina bo'lishini, eng muhimi - inson hech qayerda o'z yurtidagidek emin-erkin ishlay va yashay olmasligini anglab yetishlari naqadar muhim. Ular yana bir narsani bilib qo'yishlari kerakki, hozirgi kunda dunyoda har yili o'rtacha 4,5 million odam qullikning turli ko'rinishlariga mahkum etilmoqda. Jahon miqyosida tarqalgan odam savdosidan boyagi kimsalar oladigan daromad miqdori esa 12 milliard dollarni tashkil etyapti.
Shukrki, bizning yurtimizda ishlayman, halol pul topib hayotimni izga solaman degan, qo'lidan ish keladigan har bir insonga, uquvli mutaxassisga, albatta, ish topiladi. Hamma gap odamning biror kasb-himarni astoydil egallab, o'sha sohaning ustasiga ay-lanishida, sabr-bardosh bilan halol va fidokorona mehnat qi-lishga bo'yni yor berishida qolgan. Bunday insonlar korxona va muassasalar tomonidan ishga sidqidildan taklif etiladi, meh-natiga yarasha ham moddiy, ham ma'naviy rag'batlantiriladi.
Odam savdosidek og'ir jinoyatning oldini olish, yurtimiz fuqarolari, birinchi navbatda yoshlarimiz hayoti va taqdirini bu xumjlardan muhofaza qilish borasida O'zbekistonda jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2008-yilning 8-iyulida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur masalaga bag'ishlangan Qarori, 2008-yil 17-aprelda «Odam savdosiga qarshi kurash to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Bugungi kunda mamlakatimiz hu-quqni muhofaza qiluvchi organlari, ta'lim-tarbiya muassasalari, ko'plab jamoat tashkilotlari kuchlarini o'zaro birlashtirib, bu o'ta xavfli xurujga qarshi samarali kurash olib bormoqda.
Hayotimiz ko'rkiga soya solayotgan illatlaming navbatdagisi - bu ichkilikbozlik va giyohvandlik sanaladi. Afsuski, hozirgi davrda, hatto o'smir-yoshlar, ayollar o'rtasida ham ichkilikbozlikka, kashandalikka, hatto, giyohvandlikka ruju qo'yish hollari uchramoqda. Albatta, inson onadan ichuvchi yoki kashanda bo'lib tug'ilmaydi. Bu xunuk odatlarni keltirib chiqaradigan bir qator sabablar mavjud. Jumladan, tug'ilgan kunlarni nishonlash, chaqaloq dunyoga kelishi munosabati bilan o'tkaziladigan turli tadbirlar, mahalla-ko'y, oshna-og'aynilar o'rtasida uyushtiriladigan gap-gashtaklar, bitiruv kechalari, nikoh to'ylari va boshqa marosimlarda spirtli ichimliklaming oshkora tanovul etilishi ham ichkilikbozlikning tomir otib ketishiga sabab bo'lmoqda.
To'y tantanalari, xursandchilik marosimlarida shu shodiyona «gunohkorlari» sha'niga maqtovlar aytilib, qadah ko'tariladi, yosh-u qariga, ayol-u erkakka shisha ichida «beozorgina» turgan og'uni ichish taklif etiladi. Bu holni tantanada ishtirok etayotgan yosh bolalar ko'rib-kuzatib turadilar. Kattalarning bunday qiliqlarini ko'rgan bolada asta-sekin undan tatib ko'rish ishtiyoqi uyg'onadi. Shunday qilib, oz-ozdan xursandchilik, kayf-safoni boshidan kechirgan bola ichishga o'rgana boradi.
Bolalar o'rtasida ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi tuzalishi qiyin bo'lgan illatlaming tarqalishiga ota-onalaming o'z yumushlari bilan o'ta band bo'lib, bolalarni nazoratsiz qoldirishi, oilaviy nizolar, ta'lim muassasalaridagi tarbiyachilarning o'z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashi, ayrim bolalarning keragidan ortiq ta'minlanib, erkalatib yuborilgani va boshqa omillar sabab bo'lyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |