IV darsni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
Bunyodkor so'zining ma'nosi nima?
Bunyodkor g'oya deb qanday g'oyaga aytiladi?
Inson aql-idroki bilan bunyod etilgan, bunyodkor mehnat mahsuli bo'lgan qanday mo'jizalarni bilasan"'
Amir Temur bobomiz xalqimizning bunyodkorligidan faxrlanib nima degan?
Xalqimiz tarixidagi qanday bunyodkor g'oyalarni bilasan?
Sen rasm chizish. biron narsa yasash, gul yoki ko'chat o'tqazish va par- varishlashni bilasanmi?
Sen hayotda o'zing taniydigan insonlardan kimlarni haqiqiy bunyodkor deb atagan bo'larding?
«Bunyodkorlik — ezgu fazilat» mavzusida reterat tayyorlang
V. Baholash Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.Sen ushbu mavzuni o'rganayotgan paytda mamlakatimizda qaysi masalalarga ko'proq e'tibor berilmoqda? Shular haqida gazetadan o'qib, televizordan ko'rib-eshitib, daftaringga yozib qo'ying
Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __7 ABV__
Mavzu: “Ma’naviyatni anglash - insonni anglashdir”Amaliy mashg’ulot
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Vatanning buyuk boyliklari deganda sen nimalarni tushunishi, «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fani tayanadigan asos nima ekanligi,Sen maktab bilan bog'liq yana qanday tuyg'u va tushunchalarni bilishi, Daftaringga «istiqlol» so'zi bilan bog'liq tushunchalarni bir tartibda yozib, har birini sharhlashga harakat qilishi, Sen televizordan ko'proq qanday ko'rsatuvlarni ko'rasan, ularning foydasi yoki ziyoni haqida tushuntirish.
Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |