Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf



Download 0,58 Mb.
bet66/85
Sana22.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#574800
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85
Bog'liq
7 sinf milliy istiqlol goyasi va mana

I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash
O’quvchilarga mavzuga oid krosvord tuzilgan bo’lib shu vazifani o’quvchilar bilan birgalikda bajariladi
III. Yangi mavzuning bayoni.
Bolalar, agar e'tibor bersangiz. odamlar doimo go'zallikka intiladi. Qip-qizil gilamdek bo'lib yoyilgan lolazorni yoki yuqoridan tinimsiz pastga sho'ng'iyotgan sharsharani ko'rganda, odamning yuragi g'alati hapriqib ketadi. Balki mana shunday holatlar qadim ajdodlarimizga ham ilhom bag'ishlab, ularni qoyatoshlarga surat ishlashga, ust-boshlarini turfa gul va ranglar bilan bezashga, uy-joylarini turli shakllarda qifislaga undagandir. Odamzod tabiatda ko'rganidek go'zalliklarni o'z qo'li bilan yaratish ishtiyoqida undan faqat nusxa ko'chirish bilan cheklanmadi. U o'zining badiiy idrokini tinimsiz rivojlantirish, tafakkur kuchi bilan benihoya nafis san'ai asarlarini yaratish yo'lidan borgan. Natijada asrlar o'tishiga qaramay o'z jozibasi, sir-sinoati, mukammalligini saqlab kelayotgan ko'plab san'at asarlari avlodlarga meros bo'lib qolgan. Arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik, musiqa va qo'shiqchilik, sahna san'ati va she'riyat singari o'nlab san'at yo'nalishlarida vujudga kelgan o'lmas obidalar inson badiiy tafakkuri qanday mo'jizalarga qouir ekanini isbotlab turibdi. Bunday san'at mo'jizalari bizning ona yurtimizda ham ko'plab topiladi.Ko'pchiligingiz Samarqandni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Balki Xiva yoki Buxoroga boigandirsiz. Endi ayting-chi: masalan, Samarqanddagi Bibixonim madrasasidek mahobatli inshootni qurish va bezash uchun millatning badiiy va ilmiy tafakkuri naqadar yuksaklikka ko'tarilgan bo'lishi kerak? Siz o'rgangan hazrat Navoiyning «Xamsa»si yoki Behzod mo'yqalamida chizilgan suratlar, Qodiriy romanlari yoxud poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi xalqimiz badiiy dahosi nihoyatda qudratli ekanidan dalolat bermaydimi?!Bunday mulohazani Siz tug'ilib o'sgan viloyat, tuman hudud'dagi san'at obidalari misolida ham bemalol aytish mumkin.Albatta, san'at asarlarini idrok etib anglash, boshqalarga anglatish ham odamdan alohida tayyoigarlikni, hatto iste'dodni talab qiladi. Chunki haqiqiy san'at asari, u qaysi san'at turida yaratilgan bo'lmasin, obrazli tafakkur mahsuli hisoblanadi. Obrazli tafakkur esa kundalik, oddiy fikrla^hdan jiddiy farq qiladi. Masalan, 5-sinfda o'qiganing bir asarni yodingga ol. Bu — fransuz adibi Sent-Ekzyuperining «Kichk na shahzoda» qissasi. Agar hayotga solishtirsak, bu qissadagi aksariyat voqealaming boiish umuman mumkin emas. Axir har bir odamning bittadan alohida planetada yashashini yoki ilonning odam bilan donishmandlardek suhbatlashishini tasawur qilib bo'ladimi? Agar san'at asariga yuzaki yondoshilsa, bu singari savollami ko'plab keltirish, yozuvchi — san'atkorni uyoirmachilikda ayblash ham mumkin. Aksincha, agar asar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlansa, qahramonlar mulohazalariga e'tibor berilsa. har bir personaj, tasvirlangan voqea ramziy xarakterda ekani hisobga olinsa, qissaning sir-u sinoati ko'z oldingda ochila boshlaydi. Mo' jazg: la bir qissada olam va odam to'g'risidagi haqiqatlar naqadar chuqur ifoda etilgani ma'lum bo'ladi... Xuddi shunday gapni eramizdan awal bitilgan Sofoklning «Shoh Edip» fojiasi-yu zamondosh shoirimiz Erkin Vohidov-ning «Rulilar isyoni» dostoni to'g'risida hamaytishmumkir.Demak, inson san'at asarini tushunishni. his qilishni istasa, awalo, o'z didi, ong-u shuurini tarbiyalamog'i talab o:'inar ekan. San'atni tushunish, his etish esa odamning har tomonlama yuksalishi, ma'naviy boyishiga sabab bo'ladi. Agar sak>on-to'qson yoshli buvi-buvalaringizga quloq tutsangiz, ular tirikchilik juda qiyin bo'lgan paytlari ham, hatto urush yillarida ham kechqurunlari qo'ni-qo'shnilar bir xonadonga yig'ilishib, qora chiroq yorug'ida xalq dostonlarini, qadimgi qissalarni, Mashrab va Navoiy kitoblarini o'qiganlarini eslab berishadi. O'ylab ko'r: san'atga, adabiyotga bu qadar tashnalikning siri nimada? Nega odamlar qorni ochligi, usti yupunligini unutib, san'at dunyosiga sayohatga chiqishgan?Gap shundaki, chinakam insonlar hayotni faqat yeb-ichish. o'yin- kulgi bilan o'tkazishni o'zlari uchun or deb biladilar. Chunki inson, birinchi navbatda, ma'naviy boy bo'lishga harakat qilmog'i, jisminigina emas, ruhini ham doimiy oziqlantirmog'i talab qilinadi. O'tmishda ibratli iz qoldirgan jamiki tarixiy shaxslar awalo ruhiy-ma'naviy jihatdan qudratli bo'lgani bilan boshqalardan ajralib turganlar.Sen ham jisman balog'at yoshiga qadam qo'ygan ekansan, endi ruhan ham balog'atga yetishmoqni jiddiy o'ylashing kerak bo'ladi. Buning uchun esa oltindan qimmat vaqtn' bekorga sovurmaslik, navqiron umringning har bir daqiqasini ma/mun va mohiyat bilan to'ldirishga harakat qilishing lozim. Agar inson ma'naviy kamolotini qurilisl: lo? m bo'lgan binoga qiyoslasak, har kuni unga kamida bir «g'isht qo'yish» talab qilinadi. U esa turli shaklda mutolaa qilingan qiziqarli kitob, tomosha qilingan spektakl yoki film, borib ko'rilgan muzey, ko'rgazma shaklida bo'nshi mumkin. Agar o'zingda qaysidir san'at yo'nalishiga ichki rag'bat sezib, biror asar yaratish bilan mashg'ul bo'lsang, undan-da quvonarli. Bu jarayonda Sening qalbingdan atrofga ko'z ilg'amas nur taraladi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Zero, tafakkur yolq'r.- dunyodagi jamiki nur manbaidan qudratliroqdir. Badiiy tatakkur quwat esa undan-da kuchlidi".San'at uni yaratgan xalq ma'naviy-ruhiy qiyofasining ko'zgusi hisoblanadi. Yodingda bo'lsa, sohibqiron bobomiz Amir Temur o'zi tavallud topgan yurt — Kesh (Shahrisabz)ga qurdirgan Oqsaroy devorlariga: «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo'lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» — deb yozdirib qo'ygandi. O'ylab ko'raylik: nima uchun buyuk sarkarda o'zining kuch-u qudratini lak-lak qo'shin, behisob qurol-yarog' bilan emas, xalq qurgan binolar bilan o'lchashga da'vat qilyapti? Gap shundaki, mamlakat va millat salohiyati aslo uning harbiy qudrati, millionlab askarga ega bo'lishi bilan belgilanmaydi. Yuzaki qaraganda. Cliingizxon yoki Gitler armiyasi chakana kuchga qudratga ega edimi? Xo'sh, ulardan nima qoldi? Vayron qilingan, kultepaga avlantirilgan shahar va qishloqlar, millionlab begunoh insonlarning murdalarimi? Ular barpo qilgan saltanatlar insoniyat taraqqiyotini bir joyda to'xtatish, hatto ortga tortishdan boshqa nimaga yaradi? Bu «janongir»lar minglab qatlgoh, yuzlab kontslagerlar qurgani, millionlab inson bolasini tiriklayin o'tga otganini jahon ahli biladi. Lekin ular odamzodning baxt-u saodati, ertangi kuni, ma'naviyati va ma'rifati uchun xizmat qiladigan biror narsa qoldirdilarmi?..
Xo'sh, chinakam kuch va qudrat nima bilan o'lchanar ekan?Akademik G'afur G'ulom o'z maqolalarida Amir Temur bobomiz bilan bog'liq bir tarixiy faktni keltiradi. Uning yozishicha, sohibqiron katta harbiy yurishlarga otlanar ekan, ko'p sonli otliq askarlari xurjuniga qurol-yarog' yoki oziq-ovqat solishga ruxsat bermas ekan. Balki minglab xurjunning bir ko'zini sifatli gil tuproqqa, ikkinchi ko'zini esa binolar peshtoqiga ishlatiladigan tayyor naqsh va bezaklarga to'ldirib yo'Iga chiqar ekan. Borgan joyida esa bu narsalarni maktab- madrasalar, sardobalar, karvonsaroy va go'zal imoratlar qurilishiga ishlatar ekan. Masalan, hoziiga qadar crz mahobati va chiroyi bilan kishilarni lol qoldirayotgan Turkiston shahridagi hazrat Yassaviy maqbarasi yoxud Dog'stonning togii hududida joylashgan Darband q^I'asi mana shu tarzda bunyod etilgandir. Bular va shunga o'xshash yuzlab arxitektura mo'jizalari xalqimiz badiiy dahosining, ma'naviy- ma'rifiy qudratining timsoli bo'lib qoldi.Mana shu xalq vakili ekanmiz, bizdan ham kelgusi avlodlarga ezgu ishlar meros bo'lib qolmog'i darkor. Jumladan, san'at, adabiyot sohasida ham.Badiiy san'at asarlari o'zining bir qancha fazilatlariga ko'ra umrboqiylikka erishadi. Shu sifatlarning eng muhimlari — asarning milliyligi, ijodkorning samimiy orzu-armonlarini ifoda etishi, xalq diliga yaqinligidir. Yurtimizga xorijdan kelayotgan sayyohlar nimalarga ko'proq qiziqishiga e'tibor ber. Ular milliy ruh ufurib turgan tarixiy inshootlarni, osori atiqalarni hayratlanib tomosha qilishadi. Nima uchun? Faqat O'zbekistondagina bunday san'at namunalari uchragani uchun! Osmono'par zamonaviy binolar dunyoning har yerida istagancha to- piladi, biroq go'dak maza qilib uxlaydigan, qo'llarini chiqarib mun- choqlarini o'ynab yotadigan chiroyli beshikni faqat O'zbekistondagina ko'rish mumkin. Misrliklar o'zining sirli va mahobatli piramidalari bilan g'ururlanishsa, o'zbeklar devori bir-biriga tutashib ketgan, movij) gumbazli madrasalari bilan faxrlar .shadi.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish